Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rama materiallar.
Sanitariya-texnikasi
buyumlari–(qo‘l yuvgich, unitaz, vanna yuvish idishchalari va h.) asosan oq gildan, fayans yoki yarim chinni esa turli qorishmalardan tayyorlanadi. Qorishma massasi tarkibiga kaolin, olovbardoshli gil, kvars, shamot(pishirilgan loy) kiradi. Buyumlar gips qoliplarda quyish usulida qoliplanadi. Qolipdan chiqarib olingandan keyin buyumlar quritiladi. 1.Polbop sopol plitkalarning o‘lchamlarini aytib beriining. 2.Maxsus sopol materiallar va buyumlar qanday maqsadlarda ishlatiladi. 3.Olovga drenaj quvurlari qanday o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. 4.Kislotabardosh sopol buyumlarga qanday ishlov berish orqali chidamligi oshiriladi. 5. Olovbardosh sopol materiallar qanday olinadi. 6. Sopol material va buyumlarni qurilishda ishlatilishning samaradorligini tushintirib bering. 68 Ma’ruza № 17 Mavzu: Pollar uchun ishlatiladigan pardozbob materiallar turlari. Reja: 1. Pol uchun materiallarning turlari. 2. Issiqlikdan izolyatsiyalovchi pardozbop materiallar. Polimer materiallar pollarni qoplash uchun keng qo‘llaniladi. Ular ishqalanishga chidamli, issiqlik o‘tkazuvchanligi past, kichik suv shimuvchanlikka ega, namlanganda shishib ketmaydi, yetarlicha qattiq va mustahkam, yuqori manzarali xossalari bilan farqlanadi, ya’ni pollarga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradi. Pol uchun materiallar uch guruhga bo‘linadi: o‘rama (linoleum), plitali va choksiz pollarni o‘rnatish uchun ashyolar. O‘rama materiallar. Linoleum mato, gilam va sholcha ko‘rinishida tayyorlanadi; turarjoy, jamoat va sanoat binolari pollarini qoplashda ishlatiladi. Linoleum quyidagilarga bo‘linadi: • xomashyo turi bo‘yicha — alkidli, polivinilxloridli, rezinali; • tashqi ko‘rinishi bo‘yicha — bir va ko‘p rangli, silliq, ariqli, naqshli; • strukturasi bo‘yicha — asossiz (bir va ko‘p qatlamli) va tagi asosli (matoli, karton va issiqlikdan izolyatsiyalovchi — tolali va g'ovak). Keng tarqalgani asosi matoli yoki asossiz polivinilxlorid linoleum. U mato ko‘rinishida uzunligi kamida 12 m va eni 1000—4000 mm ishlab chiqariladi va o‘ramga o‘raladi. Asossiz linoleum bir, ikki yoki ko‘p qatlamli bo‘lishi mumkin. Ko‘p qatlamli linoleum yuz tomonidan shaffof polivinilxlorid plyonkada bir xil rangli yoki marmar ko‘rinishidagi rasm bilan, bir qatlamli yoki marmar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Undan tashqari tovush va issiqlikdan izolyatsiyalovchi linoleum namat yoki g‘ovak asosda ishlab chiqariladi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling