16-2-rasm. Ko’p rangli qilib
sirlangan sopol plitkalar
Gilamnusxa sopolak har xil rangli, sirlangan va sirlanmagan kichik o‘lchamli
plitkalardan iborat. Bitta yoki bir necha rangli plitkalar “gilam” ko‘rinishida teriladi,
bunda o‘ng yuzasi bilan kraft kog‘ozga yopishtiriladi. Qorishma bilan yaxshi
yopishishi uchun plitkalarning orqa tomoni taram-taram qilinadi. Gilamnusxa
koshinkor plitkalarning o‘lchamlari 48x48 va 22x22 mm, qalinligi 4 mm bo‘lib,
ulardan tayyorlangan gilamlar o‘lchami esa 724x464 va 672x424 mm ga teng bo‘ladi.
Plitkalarning suv shimish darajasi 12%dan oshmasligi, sovuqqa chidamliligi esa
kamida 25 bosqich bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda gilamnusxa – koshinkor plitkalar tashqi devor panellarini,
transport va sport inshootlari, savdo va boshqa korxona binolari devorlarini qoplash
uchun keng ishlatiladi.
Ichki devorlarga qoplanadigan materiallar. Turar joy, jamoat va sanoat
binolarining ayrim xonalariga sanitariya-gigiena va badiiy manzara berish,
shuningdek, qurilma-larni nam va alanga
ta’siridan himoyalash uchun devorlarga sopol
plitkalar qoplanadi . Devorlarga qoplash
uchun
sirlangan
qoplama
(fayans)
shuningdek, gilamnusxa-koshinkor plitkalar
ishlatiladi.
Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar
turli shaklda chiqariladi. Kvadrat plitkalarning
o‘lchami 150x150 mm, to‘g‘ri to‘tburchakli
plitkalarniki 150x100 va 150x75 mm,
qalinligi 4-6 mm ga teng bo‘ladi.
Gilam
nusxa-mozaika
quyma
plitkalarning 20 turdagi o‘lchamlari ishlab
chiqariladi: chekkalari 25, 35, 50, 75, 100 va
125 mm bo‘lgan kvadrat va 25x100 mm
to‘g‘ri burchakli plitkalar va h. Qalinligi 2,5 mm va old yuzasi turli rangli bo‘ladi .
Plitkalardan tayyorlangan qurama gilamlar panellar yuzalarini qoplash va
ko‘rinish joylarni pardozlash uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |