Referat mavzulari ro’yxati
G‘ishtli panellar ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
G‘ishtli panellar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Sopol g‘isht juda qadim zamonlardan (5000 yil oldin) beri ishlatilib keladigan va hozirgi paytda xam eng yaxshi devorbop material hisoblanadi. Buning bir qator sabablari bor: Giltuproq zapaslarining ko’pligi (hamda joyda tarqalganligi) har xil yoqilg‘i ishlatish mumkin, kichkina va katta korxonalar qurib g‘isht chiqarish mumkin va x. k. Lekin g‘ishtning asosiy kamchiligi uning og‘irligi (o’rtacha zichligi katta) va o‘lchamlarining kichikligi. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ichi kovakli effektiv buyumlar chiqariladi. Devorbop sopol toshlarning bo‘shligi 55 % gacha bo‘lib o‘rtacha zichligi 1000-1050 kg/m 3 ni tashkil qiladi. Ikkinchi kamchiligi bartaraf qilish uchun zavodlarda g‘isht vap sopol toshlardan panellar tayyorlanadi va ular qurilishda beton panellar kabi montaj qilinadi. Shunday qilib g‘isht va toshlarni industrial qurilishda ishlatilish effektivligini oshirish mumkin. Devorbop g‘ishtli panellarda g‘isht tva toshlar sementli qorishma bilan yaxlit qilib teriladi. Ishlatilishiga ko‘ra panellar tashqi devor uchun va ichki devor uchun ishlatiladigan to‘rlarga bo‘linadi. Tuzilishiga ko‘ra bir qavatli, ikki va uch qavatli bo‘ladi. Sopol g‘isht va toshlardan tayyorlanadigan panellar quydagi asosiy shartlarga javob berish kerak. - tashqi devor panelining qalinligi 300 mm dan oshmasligi kerak . - o‘rtacha zichligi (panelning) 1200 kg/m 3 dan oshmasligi kerak. - mustaxkamligi 7,5 MPa (eng kamida). - issiqlik o‘tkazuvchanligi talab doirasida bo‘lishi kerak. Panellarni ishlab chiqarish texnologiyasi qo‘ydagi bosqichdan iborat: 1. Qorishmani tayyorlash. 2. Armaturani tayyorlash. 3. Panelni qoliplash. 4. Issiq nam ishlar berish va yuzasini pardozlash. Takrorlash uchun savollar. 1. Plastik qoliplash usulida qoliplash namligi qancha bo‘lishi kerak? 2. Lentali pressning ishlash sxemasini tushintiring? 3. Sopol g‘ishtni qanday xossalarini bilasiz? 4. Samarador g‘isht va toshlar deb nimaga aytiladi? 5. Yarim quruq usulda g‘isht ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy bosqichlari qaysilar? 6. Shliker usuli nima? 7. Yarim quruq presslash usulining afzalliklari va kamchiliklarini ayting? 8. G‘ishtli panellaning kanaka kulayliklarini bilasiz? 9. G‘ishtli panellar ishlab chikarishda kaysi shartlarga rioya kilish kerak? 10. G‘ishtli panel ishlab chiqarish texnalogiyasining asosiy bosqichlarini to‘shintiring? Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling