5-mavzu aniqlik haqida tushuncha. Kesib ishlash aniqligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar


Download 170.53 Kb.
bet1/6
Sana06.04.2023
Hajmi170.53 Kb.
#1330736
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-мавзу - латинь




5-mavzu

ANIQLIK HAQIDA TUSHUNCHA. KESIB ISHLASH ANIQLIGIGA TA’SIR QILUVCHI ASOSIY OMILLAR
5.5.Ishlov berish aniqligi to‘g‘risida tushuncha
Ishlov berish aniqligi deganda tayyorlanayotgan detalning chizmada qo‘yilgan talablarga va texnik shartlarga qanchalik javob berish darajasi tushuniladi.
Detallarga ishlov berishda har xil xatoliklar doim paydo bo‘lib turgani uchun detallarni absolyut aniqlik bilan tayyorlashning iloji yo‘q. Tayyorlash aniqligini ta’minlash–bu ishlov berilgan detallar geometrik parametrlarining berilgan dopusklar chegarasida bo‘lishini ta’minlashdir.
Detalning har xil yuzalariga aniqlik dopusklari konstruktor tomonidan detal chizmasida ko‘rsatiladi. Texnolog esa ishlov berishda yuzaga keladigan xatolar sabablarini bilishi va talab qilianyotgan aniqlikni ta’minlashi kerak.


Detalga ishlov berish xatoliklari tavsiflari
1.Detal yuzalarining geometrik jihatdan to‘g‘ri shakllardan og‘ishi. Masalan, silindrik yuzalar bir oz konus, oval shakliga ega bo‘lishi yoki o‘qlarning siljishi yuz berishi mumkin va h.z.; tekis yuzalar– bir oz qabariqlik yoki botiqlikka ega bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda yuza shakliiy og‘ishlari uning o‘lchamiga qo‘yilgan dopusk chegarasida belgilanadi. Masalan, val bo‘yinchasiga ishlov berishda ruxsat etilgan ovallik va konuslilik odatda diametr dopuski yarmi chegarsida bo‘ladi.
2.Yuzalarning o‘zaro to‘g‘ri joylashishidan og‘ishi. Bu xatolikka detal yuzalarining ekssentrikligi, parallellikdan va perpendikulyarlikdan og‘ish, teshiklarning bir -biriga nisbatan joylashishidagi og‘ishlar va h.z. kiradi.
3.Detal haqiqiy o‘lchamlarining ruxsat etilgan chegaradan og‘ishlari. Detal-larga ishlov berishdagi mehnat sig‘imi va uning narxi ko‘p jihatdan talab etilayotgan aniqlikka bog‘liq bo‘ladi va aniqlik oshgan sari orta boradi.
Biror yuzani olish uchun tanlanadigan ishlov berish usuli, eng avvalo aniqlik orqali tavsiflanadi. Texnologik jarayonni ishlab chiqishda talab etilgan aniqlikni ta’minlash uchun xatolikni keltirib chiqaruvchi sabablar hisobga olinishi kerak.
Aniqlikning erishish mumkin bo‘lgan va iqtisodiy turlari mavjud. Mexanik ishlov berishning erishish mumkin bo‘lgan aniqligi deb yuqori malakaga ega ishchi tomonidan sifatli asbob va a’lo darajadagi texnik xolatda bo‘lgan stanokda, chegaralanmagan vaqt va sarf xarajatlar evaziga olinadigan aniqlikka aytiladi. Real sharoitlarida esa sanoatning ko‘p yillik tajribasi asosida ishlab chiqilgan, vaqt, mehnat, material sarflashning maqsadga muvofiq chegarasiga ega biror usul tanlanadi.
Biror yuzaga mexanik ishlov berishning iqtisodiy aniqligi deb yuzani boshqa usullarga nisbatan kam sarf-xarajatlar bilan ishlov berish usulida olingan aniqligiga aytiladi. Iqtisodiy aniqlikka ishga to‘liq yaroqli bo‘lgan stanok yordamida, kerakli asbob va moslamalarni to‘g‘ri qo‘llagan holda hamda normal ish jadalligi sharoitida erishiladi. Iqtisodiy aniqlik darajasi ishlab chiqarish sharoitlariga qarab o‘zgarishi mumkin. Ishlov berishga sarf-xarajatlar va aniqligi o‘rtasidagi aloqadorlik 5.1-rasmdagi grafik orqali ko‘rsatilgan.

5.1-rasm. Detalga ishlov berish narxining uni tayyorlash aniqligiga bog‘liqligi: 1–val– yo‘nish, metall g‘o‘la sovuq usulda tayyorlangan; teshik– parmalash; 2– val– yo‘nish; teshik parmalash, razvertkalash; 3– val– yo‘nish; teshik parmalash, jilvirlash; 4– val– yo‘nish, jilvirlash, dovodka; teshik– parmalash, razvertkalash, dovodka



Download 170.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling