5-mavzu aniqlik haqida tushuncha. Kesib ishlash aniqligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar
Ishlov berish jarayonida texnologik tizimning kesish kuchlari ta’sirida deformatsiyalanishi
Download 170,53 Kb.
|
5-мавзу - латинь
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik tizimning issiqlik deformatsiyalari
Ishlov berish jarayonida texnologik tizimning kesish kuchlari ta’sirida deformatsiyalanishi
Ishlov berish jarayonida SMAZ texnologik tizimi kesish kuchlari ta’sirida deformatsiyalanadi (5.4-rasm). Masalan, kesish kuchlari ta’sirida yuklangan stanok-ning old markazi OO o‘qqa nisbatan h1, orqa markazi esa h2 kattalikka siljishi mumkin. Bu holda zagotovka h3 kattalikka egiladi qirqqich supporti h4 masofaga 5.4-rasm. Texnologik tizimning kesish kuchlari ta’sirida deformatsiyalanishi suriladi. Amalda bu deformatsiyalar birgalikda yoki alohida yuzaga kelishi va zagotovka shaklining silindriklikdan og‘ishiga olib kelishi mumkin (5.5-rasm). 5-rasm. Zagotovkaga ishlov berishda xatolik paydo bo‘lishi; a va s -past bikirlikka ega zagotovka; b-markaz bikir bo‘lmagan holat Yuzaga kelayotgan deformatsiyalarni baholash uchun bikirlik tushunchasidan foydalaniladi. j bikrlik- tizimning kuchlarga qarshiligi demakdir. U deformatsiya yo‘nalishida ta’sir qilayotgan kuchning yuzaga kelgan deformatsiyaga nisbati bilan ifodalanadi. Yo‘nib ishlov berishda katta deformatsiyaga olib keluvchi eng katta kuch kesish kuchining radial tashkil (N) etuvchisi bo‘lgani uchun (5.4) bu yerda -tizimning kuch ta’sirida deformatsiyalanishi, mm. Asbobning deformatsiyalanishi katta ishlov berish xatoliklarini keltirib chiqaradi. Masalan, parmalashda ishlov berilayotgan teshik chuqurligi va diametri orasidagi nisbat l/d>5 bo‘lganda parma asosiy kesish yo‘nalishidan chetlana boshlaydi. Teshikni yo‘nib kengaytirishda qirqqich ushlagichning deformatsiyasi teshik diametrining kichikroq bo‘lib qolishiga olib keladi. Texnologik tizimning issiqlik deformatsiyalari Ishlov berishda kesish ishi asosan issiqlik hosil bo‘lishiga sarflanadi (85 ... 90% gacha). Hosil bo‘layotgan issiqlik qirindi (50 ... 86%), qirqqich (40 ... 10 %) va zagotovka (9 ... 3%) o‘rtasida taqsimlanadi. 1% ga yaqin issiqlik atrof muhitga tarqaladi. Kesish zonasida ajralib chiqayotgan issiqlik va undan hosil bo‘ladigan deformatsiyalar stanok qismlari, asbob va zagotovka o‘rtasida notekis taqsimla-nadi. Tokarlik qirqqichining qizishi temperaturaviy deformatsiyalarni keltirib chiqaradi. Bu deformatsiyalar ichida uzayish muhim ahamiyat kasb etadi. Qirqqichning uzayishi kezish chuqurligining oshishiga va ishlov berilgan detalning diametri kichrayishiga olib keladi. Ishlar sovutishlarsiz olib borilganda qirqqichning uzayishi 30 ... 40 mkm ga yetadi. Doiraviy kesimli zagotovkaga yo‘nib ishlov berishda qizish deformatsiyasi detal o‘lchamiga qo‘yilgan dopusk bilan tenglashib qolishi ham mumkin. Download 170,53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling