Stanokning berilgan o‘lchamga sozlanish xatoligi
ning chamaviy qiymatini o‘rnatish o‘lchamlari chegaraviy qiymatlari farqiga teng deb qabul qilish mumkin (maxsus jadvaldan).
Kesish asbobining o‘lchamli yeyilishidan kelib chiqadigan xatoliklar
Bu xatolik kesish asbobi va ishlov berilayotgan
zagotovka materiali, texnologik tizimning qattiqligi va boshqa faktorlarga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘pincha kesish abobining o‘lchamli
yeyilishi aniqlanmaydi, balki ishlab chiqarish sharoitiga qarab maxsus jadvaldan tanlanadi.
Texnologik tizimning temperaturaviy deformatsiyalanishidan paydo bo‘ldaigan xatolik
Bu xatolik ko‘plab texnologik va konstruktiv omillarga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida bu omillar ham muayyan texnologik tizim uchun alohida aniqlanadi. Shu sabali bu xatolik ham ishlov berish jarayonida vujudga kelgan issiqlik rejimiga qarab tanlanadi: tig‘li asbob yordamida ishlov berishdagi summar xatolikning 10 ...15 %, jilvirlashda esa summar xatolikning 30 ... 40 % olinadi.