5-mavzu aniqlik haqida tushuncha. Kesib ishlash aniqligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar


Detal materiali ichki kuchlanishlari ta’sirida yuzaga keladigan deformatsiyalar


Download 170.53 Kb.
bet4/6
Sana06.04.2023
Hajmi170.53 Kb.
#1330736
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-мавзу - латинь

Detal materiali ichki kuchlanishlari ta’sirida yuzaga keladigan deformatsiyalar

Katta hajmli quymalar, pokovka yoki shtamplab olingan zagotovkalar, payvandlab tayyorlangan zagotovkalarda hamda termik ishlov berilgan detallarda muvozanatlanmagan katta ichki kuchlanishlar yuzaga kelib va zagotovka yoki tayyor detal ma’lum darajada deformatsiyalanadi. Ichki kuchlanishlarning muvoza-natlashuv davri bir yilga yaqin davom etishi mumkin. Yirik zagotovkalarga mexanik ishlov berilganda ichki kuchlanishlar muvozanati buziladi va zagotovkada qo‘shimcha deformatsiya yuzaga keladi. Cho‘yandan quyib tayyorlanadigan yirik detallarda hosil bo‘ladigan ichki kuchlanishlarni bartaraf etish uchun tabiiy eskirtirish yoki termik ishlov berishdan foydalaniladi. Eskirtirish zagotovkaga dastlabki ishlov berishdan keyin amalga oshiriladi. Tabiiy eskirtirish zagotovkani 6 ... 12 oy ochiq havoga tashlab qo‘yish bilan amalga oshiriladi.


Cho‘yan zagotovkalarga termik ishlov berib eskirtirishda (sun’iy eskirtirish) zagotovka 500 .. 600 0S gacha qizdiriladi, shu temperaturada 1...6 soat ushlab turiladi, 150 ... 200 0S gacha sekin sovutiladi, keyin esa sovish ochiq havoda davom ettiriladi. Bu usul tabiiy sovutishga qaraganda ancha kam vaqt talab qiladi va yaxshi natijalar beradi.


Ijrochining xatolari
Ishlab chiqarishda yuqorida ko‘rib o‘tilgan xatolardan tashqari opreator tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatolar ham bo‘ladi. Ma’lumki ishlab chiqarish xatolari tabiiy va bunga operatorning uquvsizligi deb qaralmasligi kerak. Operator xatolarini bartaraf qilish ancha qiyin ish.
Amalda nazorat qilinayotgan o‘lcham 5 ... 8 kvalitet chegarsida bo‘lsa, o‘lchov asbobining xatoligi dopusk maydonining 1/3 ...1/4 qismi chegarasida, 9 ... 16 kvalitetda esa 1/4 ... 1/6 qismi chegarasida yotishi kerak.


Ishlov berishdagi summar xatolik
Texnologik jarayonlarni loyihalashda ko‘pincha ishlab chiqarish usullarining o‘rtacha iqtisodiy aniqliklari (spravochniklardan) yoki muayyan korxonada qabul qilingan iqtisodiy aniqlik jadvallari qo‘llanma sifatida qabul qilinadi. Ishlov berish bosqichlarida zagotovka o‘lchamlarining operatsiyalararo dopusklari shu ma’lumotlar bo‘yicha belgilanadi. Alohida muhimlikka ega detallar uchun kutilayotgan aniqlik hisoblari amalaga oshirilishi mumkin. Bu hisoblar detal va asbobning egiluvchanlik va issiqlik deformatsiyalarini, asbobning yeyilishini, o‘rnatish va mahkamlash xatoliklarini, o‘lchash xatoliklari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy aniqlik jadvallarida har xil ishlov berish usullari uchun chamaviy ma’lumotlar keltirilgan bo‘ladi.
Texnologik dopusklarni belgilash va ularni tayyorlash texnologiyasi bilan asoslangan holda bog‘lash uchun mexanik ishlov berishda yuzaga keladigan xatoliklar xususiyatlari va miqdorini bilish talab etiladi.
Ishlov berish aniqlik hisobini olib borishda quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
–elementar xatoliklar miqdorini aniqlash;
–berilgan parametrning mumkin bo‘lgan tarqalish kengligini baholash;
–zagotovkaga ishlov berishda majburiy rostlash yoki asbob va moslamaning tez yeyiladigan detallarini almashtirishgacha bo‘lgan ishlov berish davomiyligini reglamentlash, ishlov berishda asosiy xatoliklarning aniqlikka ta’sirini kamaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish.
Ishlov berish summar xatoligini hisoblash uchta bosqichdan iborat bo‘ladi:
1.Ishlov berish aniqligiga sezilarli ta’sir o‘tkaza olmaydigan barcha omillarni chiqarib tashlagan holda real operatsiyani sxemalashtirish.
2.Elementar va summar xatoliklarni hisoblash ifodalarini aniqlash uchun operatsiyalarni nazariy tahlil qilish.
3.Olingan ifodalarni eksperimental tekshirish.
Xatoliklar yig‘indisi ularning turiga qarab (tizimli yoki tasoddifiy), algebraik (ishoralarni hisobga olib), arifmetik (ishoralarni hisobga olmasdan) va kvadrat ildiz qoidalari asosida hisoblanadi.
Tizimli xatolar miqdori va yo‘nalish jihatdan aniq bo‘lgani uchun algebraik usulda qo‘shib boriladi. Ayrim hollarda tizimli xatolar bir-birini qoplab ketishi mumkin. Masalan, qirqqichning temperaturaviy deformatsiyalanishi uning o‘lcham bo‘yicha yeyilib borishi (radial yo‘nalishda) bilan qoplanib ketishi mumkin.
Tizimli va tasoddifiy hatolar arifmetik qo‘shiladi, ya’ni bu xatoliklar bir xil ishoraga ega deb qaraladi.
Simmetrik tarqalish qonunida mustaqil tasodifiy xatolar kvadrat ildiz qoidasi bo‘yicha aniqlanadi:


(5.5)

bu yerda –summar xatolik; , , ... –xatolikni tashkil etuvchisi; –alohida xatoliklar tarqalish egri chizig‘ining turiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient.



Agar alohida xatoliklar bir xil tarqalish qonuniga bo‘ysunsa,
(5.6)
bo‘ladi.
Umumiy holda k kattalik 1,0 ... 1,73 olinadi.

Xatoliklar tarqalishi nominal qonunga bo‘ysunsa (Gauss egri chizig‘i) k=1 qabul qilinadi. Sozlangan stanoklarda ishlov berish aniqlikni tahlil qilishda k=1, 2 olish tavsiya etiladi. U holda summar xatolik uchun quyidagi o‘rinli bo‘ladi:


(5.7)



Download 170.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling