5-mavzu aniqlik haqida tushuncha. Kesib ishlash aniqligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar


Ishlov berish aniqligiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 170.53 Kb.
bet2/6
Sana06.04.2023
Hajmi170.53 Kb.
#1330736
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-мавзу - латинь

5.2. Ishlov berish aniqligiga ta’sir qiluvchi omillar
1)stanoklarning geometrik noaniqliklari. Bu noaniqliklar stanoklarni tayyorlashdagi xatoliklar, ekspluatatsiyada detallarning yeyilishi, o‘qlararo parallellik va perpendikulyarlik buzilishi, yo‘naltirgichlar, yuritish vintlari-ning noaniqligi yoki nozozligi kabilar natijasida yuzaga keladi;
2)qirqish va yordamchi asboblar o‘lchamlari noaniqligi va ularning yeyilishi;
3)asbobning o‘rnatish xatoligi va stanokning shu o‘lcham uchun sozlanmaganligi;
4) detalni stanokka yoki moslamaga o‘rnatishdagi xatolik;
5) ishlov berishda stanok detallari, zagotovka va qirqish asbobi (stanok–moslama–asbob–zagotovka (SMAZ) tizimining deformatsiyalanishi (bikirlik yetarli emasligi;
6)ishlov berilayotgan zagotovka, stanok detallari va asbobning qirqish jarayo-nida qizishidan hosil deformatsiyalar;
7)detal materialing ichki kuchlanishlar ta’sirida deformatsiyalanishi;
8)o‘lchov asbobining nosozligi, ulardan noto‘g‘ri foydalanish va detal yuzasi sifatining pastligi natijasida yuzaga keladigan xatoliklar;
9)ish bajaruvchining xatoliklari.


Stanoklarning geometrik noaniqliklari
Stanokning hali yuklanmagan holatdagi aniqligi uning geometrik aniqligi deyiladi. Bu aniqlik stanok detallari va uzellarining qay darajada aniq tayyorlanishi va ularni yig‘ish aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu detallar o‘lchamlari va shakllaridagi hamda detallarning o‘zaro joylashishidagi xatoliklar stanokning geometrik xatoliklari deyiladi.
Bu xatoliklar miqdori stanokni yuklanmagan holda qo‘lda harakatlantirib tekshiriladi. Tekshiruvlar indikatorli moslamalar, aniq lineykalar kabi o‘lchov asboblari yordamida amalga oshiriladi.
Metall qirqish stanoklarining avvalo bir biriga nisbatan harakatda eng katta solishtirma yuklama ostida bo‘ladigan detallari yediriladi.
Ish joyida tozalik bo‘lmaganda abraziv changlar detallarning ishqalanib yeyilishini tezlashtiradi.
Tokarlik stanoklarining shpindel, podshipniklar hamda yo‘naltirgichlarning yeyilishi stanok old va orqa babkalar markazlari o‘qdoshligining buzilishiga olib keladi. Bu esa detal geometrik va shakl xatoligi oshishiga sabab bo‘ladi.
Moslama aniqligi ham ishlov berilayotgan detal aniqligiga ta’sir qiladi. Moslama o‘lchamlariga dopusklar detal o‘lchamlari dopusklarining 1/5...1/10 qismi-ni tashkil qilishi kerak.
Qirqqich va yordamchi asboblarni tayyorlash noaniqligi va ularning yeyilishi
Qirqqich va yordamchi asboblarni tayyorlash aniqligi ishlov berish aniqligiga katta ta’sir qiladi.
Ishlov berish xatoliklari aniq o‘lchamli asboblar (parma, zenker razvertka freza va b.) qo‘llanilganda ham paydo bo‘lishi mumkin. O‘lchami asboblar xatoligi zagotovkaga ham o‘tadi. Asboblar aniqligi oshishi bilan detallarni tayyorlash aniqligi ham oshib boradi.
Ishlov berish aniqligiga asbobning yeyilishi ham ta’sir qiladi. Asbobning old qirrasi (qirindi bilan ishqalanib) va orqa qirrasi (zagotovka bilan ishqalanib) yeyilishi mumkin. Ishlov berish sharoiti va ishlov berilayotgan material turiga qarab, old qirra bilan yeyilish ta’siri kuchliroq bo‘lishi yoki ikkala xil yeyilish ta’siri bir xil bo‘lishi mumkin.
Qirquvchi qirraning o‘tmaslashishidan qirqish kuchining radial tashkil etuvchisi oshadi. Bu esa butun texnologik tizim deformatsiyasiga olib keladi.
Moslamani ekspluatatsiya qilishda o‘rnatish elementlarining jadal yeyilishi yuz beradi. O‘rnatish elementlari yeyilishi moslamani 1 mkm ga yeyilishiga sabab bo‘luvchi o‘rnatishlar soni bilan tavsiflanadi.
Asbob almashtirilganda uni qayta o‘rnatish ham ishlov berish noaniqligini keltirib chiqaradi.


Ishlov beriladigan zagotovkani o‘rnatish xatoligi
O‘rnatish xatoligi umumiy xatolikning tarkibiy qismlaridan biridir. Umumiy holda bu xatolik bazalash va mahkamlash xatoliklarining vektor yig‘indisidan iborat bo‘ladi:


. (5.1)


Bazalash xatoligi o‘lchov va o‘rnatish bazalari mos kelmaganda yuzaga keladi. Bu xatolik o‘lchamga o‘rnatilgan qirqish asbobi qirrasidan o‘lchov bazasigacha bo‘lgan chegaraviy masofalar (max va min) farqi bilan aniqlanadi. O‘lchov va o‘rnatish bazalari mos tushganda bazalashtirish xatoligi nolga teng bo‘ladi.
Mahkamlash xatoligi
Mahkamlash xatoligi zagotovkani mahkamlash uchun zarur bo‘lgan siqish kuchi ta’sirida siljishidan paydo bo‘ladi. Bu siljish siqish kuchi ta’sirida zanjirning alohida elementlari deformatsiyalanishidan yuz beradi. Siljishlar o‘q bo‘ylab, radial yo‘nalishda va burchak ostida ro‘y berishi mumkin.
Tekis yuzalarga ishlov berishda bazalash va mahkamlash xatoliklari vektor-lari bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi va o‘rnatish xatoligi quyidagi formuladan aniqlanadi,


. (5.2)

Doiraviy kesimlarga ishlov berishda xatolik vektorlari har xil burchaklar ostida yo‘nalgan bo‘ladi va o‘rnatish xatoligini eng katta ehtimollik bilan




. (5.3)

formuladan aniqlash mumkin.


Mahkamlash xatoliklariga yupqa devorli vtulkalar, halqalar, gilzalar da teshik ochish uchun ularni mahkamlashda yuzaga keladigan xatoliklar kiradi. Masalan, uch kulochokli patronda yupqa devorli halqani o‘rnatishda (5.3-rasm, a) siqish kuchlari ta’sirida u deformatsiyalanib, 3-rasm, b da ko‘rsatilgan shaklga

5.3-rasm. Zagotovka (po‘lat halqa) stanokka o‘rnatilguncha (a), stanokka o‘rnatilgandan keyin (b), ishlov berilgandan keyin (s) va stanokdan yechib olingandan keyin (d)

keladi. Ishlovdan keyin teshik to‘g‘ri aylana shaklini oladi (5.3-rasm, s). Ammo detal patrondan yechib olingandan keyin uning tashqi yuzasi o‘zining ilk shakliga qaytadi, kengaytirilgan teshik shakli esa buziladi (3-rasm, d). Bu xatolik sirtqi va ichki chizilgan aylanalar diametrlari farqiga teng bo‘ladi.





Download 170.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling