Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Polbop sopol plitkalar. Bunday plitkalar gil massasidan qo‘shilmalar va 
bo‘yovchi aralashmalar yoki ularsiz zichlash va keyinchalik qovushgunga qadar 
pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. 
16-3-rasm. Gilam nusxa-koshinkor quyma 
sopol plitkalar 
16-4-rasm.Pollar uchun 
mo‘ljallangan yirik o‘lchamli sopol 
plitkalar 


66 
Sopol plitkalardan yasalgan pollar suv o‘tkazmaydi, ishqalanishga chidamli, 
kislota va ishqor ta’siriga turg‘un bo‘ladi. Sopol plitkalardan yasalgan pollarning 
kamchiligi: issiqni o‘ziga ko‘p oladi, zarblarga qarshiligi past va ancha sermehnatlidir. 
Sopol plitkalar jamoat binolarining kirish zallarida, korxonalarning ishlab chiqarish 
xonalarida va boshqa joylarda ishlatiladi.
So‘nggi yillarda sopol plitkalarning yangi turi – rasm seriografik usulda 
qoliplangan yirik o‘lchamli plitkalar (200x200x11 mm) jamoat binolarida pol materiali 
sifatida keng qo‘llanilmoqda (3.6-rasm). 
Tomonlari 23 va 48 mm bo‘lgan kvadrat va to‘g‘ri burchakli mozaik 
plitkalarning qalinligi 6 va 8 mm bo‘ladi. Plitkalarning rangi oq, sariq, qizil, kul rang 
va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, suv shimuvchanligi 4% gacha. Korxonada 
mozaik plitkalar suvda eriydigan elimlar bilan kraft qog‘ozining kvadratli yuzalariga 
ma’lum rasmga ko‘ra taqsimlab yopishtiriladi.
Maxsus sopol materiallar va buyumlar. Bunday sopol materiallar va 
buyumlarga cherepitsalar, oqava va drenaj quvurlari, kislotalarga chidamli buyumlar, 
sanitariya-texnika buyumlari va shu kabilar kiradi. Cherepitsa tomga yopiladigan 
material bo‘lib, oson suyuqlanadigan gillardan xom ashyoni qoliplash, quritish va 
pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda sopol korxonalari cherepitsalarning 
bir necha turini: o‘yiqli qoliplangan, o‘yiqli tasmasimon, tasmasimon yassi va 
konkisimon turlarini ishlab chiqarmoqda .
Cherepitsa tomga yopiladigan mustahkam, chidamli va olov bardoshli 
materialdir. Undan yopilgan tom tez-tez ta’mir talab qilinmaydi. Ushbu cherepitsaning
kamchiligi massasining kattaligi, suv oqib tushish uchun ancha nishabli qilib qurish 
zarurligi, shuningdek, tom yopish uchun ko‘p mehnat sarflanishidir. Cherepitsa hozir 
qurilishning barcha sohalarida ishlatilmoqda. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling