Referat mavzulari ro’yxati


Polivinilxlorid linoleumini


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Polivinilxlorid linoleumini tayyorlash uchun bog‘lovchi sifatida polivinilxlorid 
ishlatiladi. Plastifikator sifatida dibutilftalat, to‘ldirgich talk, barit (og‘ir shpat), kaolin, 
asbest bo‘lishi mumkin; linoleumga rang berish uchun mineral bo‘yoqlar mo‘miyo, 
temir surigi, oxra, qo‘rg‘oshin krooni, rux krooni, ultramarin, gaz kuli, rux va litopon 
belilasi ishlatiladi. Kompozitsiya tarkibiga yana stabilizator, kompozitsiya bo‘tqasini 
suyiltiruvchi sifatida transformator moyi va xomashyo bo‘tqasining valtsga 
yopishishini kamaytirish uchun kalsiy stearati kiritiladi. 
Asos sifatida kordel, yarimkordel, jut va jut-kenay matolari ishlatiladi. Issiqlik va 
tovush izolyatsiyalovchi linoleumlar maxsus namat yoki g‘ovak asosda chiqariladi. 
Namat asosli issiqlikdan izolyatsiyalovchi polivinilxlorid linoleumi ikki qatlamli 
pardozbop material: ustki qatlami — polivinilxlorid plyonkasi, tagi — 
antiseptiklangan mato tolasiz to‘shama. Ular turarjoy binolari, kasalxona va bolalar 
muassasalari hamda issiq pol talab etiladigan sanoat muassasalarida pollarni qoplash 
uchun ishlatiladi. Xonadagi qavatlararo yopma ustiga bevosita yotqiziladi, 
yopishtirilmaydi, perimetri bo‘yicha plintus bilan mahkamlanadi. 
Polivinilxlorid plyonkasi polivinilxlorid smolasi, plastifikator va texnologik 
qo‘shimcha asosida tayyorlanadi. Tola asosidagi linoleum o‘ramlarda uzunligi 25—30 
m, eni 1600—1700 mm, qalinligi 3,0-3,5 mm, zichligi 800-900 kg/m
3

ishqalanuvchanligi 0,03 g/sm
2
, cho‘zilishga mustahkamlik chegarasi 13—15 MPa, 
zarbli tovushdan izolyatsiyasi 2 dB gacha ishlab chiqariladi. 
Ko‘p qatlamli (turli jinsli) qoplamalar ko'proq universal. Material asosi — shisha 
tola. Yuz tomonidan PVX pastasi shimdirirladi, keyin unga boshqa tarkibli PVX 
qatlami qo‘yiladi. Shu yuzaga katta bosma naqsh soladigan silindr yordamida rasm 
tushiriladi. Oltitagacha bo‘yoq ishlatiladi. Rasm batamom yuqori mustahkam shaffof 
PVX (qalinligi 0,15 mm gacha) qatlami bilan mustahkamlanadi. Orqa tomonidan 
shisha tolali asosga to‘shama yopishtiriladi. U jut, mato, poliefir yoki ko‘pchitilgan 


69 
PVX bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, mukammali ko‘pchitilgan to‘shama, 
sababi uning ham kengayish harorati yuza qatlami bilan bir xil. Bu isitilganda 
deformatsiya bo‘lishining oldini oladi. 
Polivinilxlorid linoleum yuqori mustahkamlik, yaxshi qarshilik ko‘rsatish, 
chirimasligi, past issiqlik o‘tkazuvchanlik va gigiyenik xossalarga ega. 
Linoleum asosga KN-2, KN-3 yelimlari, bitum-rezinali, kumaron kauchukli va 
boshqa turdagi mastikalar bilan yopish- tiriladi. Ustki qatlamni yaxshi yopishishi va 
germetik chok bilan ta’minlash uchun uning chetlari eritib yopishtiriladi. 
PVX linoleum Rossiya bozorida eng keng tarqalgani, chunki nisbatan arzon. 
Rossiyada ARMSTRONG (Buyuk Britaniya), GERFLOR (Fransiya), TARKETT 
(Finlyandiya), FORBO (Gollandiya), LENTEX (Polsha), JUTEX (Sloveniya) 
firmalari hamda uchta rus «Sinteros», «Polimerstroymaterial», «Story-plast- massa» 
firmalarining yuqori sifatli polimer qoplamalariga talab katta. Bu ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan chiqariladigan PVX- linoleum tarkibiga polivinilxlorid kirishiga qaramay 
ishlatishda zararsiz hisoblanadi. 
Nisbatan yaqinda bizning bozorda alohida mustahkam o‘rama qoplama — savdo 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling