Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

linoleumi paydo bo‘ldi. Uning ishlatilish sohasi o‘z nomi bilan aytilib turibdi. Ular, 
asosan, polbop qoplamaga yuklanish yetarli darajada ko‘p tushadigan jamoat 
binolarida ishlatiladi. Savdo Linoleumini savdo zallari, shifoxona, idora, maktab va 
hatto aeroportlarda ishlatsa bo‘ladi. Bunday qoplamaning asosi poliuretan. 
Savdo vinil qoplamalari ko‘p va bir tarkibli bo‘lishi mumkin. 
Ko‘p tarkibli linoleumning matosi bir necha qatlamdan iborat. Bunday 
linoleumning asosi sifatida ishlab chiqarish jarayoni boshida PVX-pastasi bilan 
shimdirilgan shisha mato xizmat qiladi. Bundan keyin PVX bo’tqasi qatlami yoyiladi 
va qoplamaga rasm tushiriladi. Ko‘p tarkibli linoleumni ishlab chiqarishning so‘nggi 
bosqichida himoya plyonkasi surtiladi, uning qalinligi buyumning ishqalanishga 
chidamliligiga bog‘liq. 
Bir tarkibli linoleum bir tarkibli matoni pressning gorizontal joylashgan valida 
dumalatib yoyib tayyorlanadi. Linoleumning bu turi ko‘p tarkibliga nisbatan 
ishqalanishga chidamliroq, chunki undagi rasm qoplamaning butun qalinligi bo‘yicha 
(1,5—2,5 mm) o‘tadi, ammo ko‘p tarkiblidan farqli ravishda u turli xil rasm va 
ranglarga ega emas. 
Savdo linoleumining xizmat muddati kafel va marmar plitkalari xizmat muddatiga 
yaqin. 
Yevropa tasnifi bo‘yicha ishqalanishga bunday chidamlilik, shuni bildiradiki, 10 
yil davomida har kuni 1 m
2
maydonga tushadigan og‘ irlik 5 tonnaga yetishi kerak, 
bunda polning tashqi ko‘rinishi sezilarli yomonlashmasligi kerak. 
Foydalanishning haqiqiy muddati ko‘pgina savdo linoleumlarida kamida 15 yilni 
tashkil etadi. 
Bunday qoplamalardagi rasm odatiy linoleumlardan farqli ravishda, ko‘pgina 
holatlarda tabiiy ashyolami eslatmaydi (parket, yog‘och, marmar va h.k). Standart 
variant — mayda zarrali yoki bitta rangli nimadir (uch-to‘rt xildan ko‘p ishlatilmaydi. 
Savdo linoleumining barcha turlari uzoq vaqt mobaynida kimyoviy agressiv 
muhitga chidamli. Yonuvchanligi bo‘yicha bu material olovni sekin tarqatuvchi 
ashyolar guruhiga kiradi. Ochiq olov manbayidan tashqarida savdo linoleumi tezda 
dthadi, yonganda esa yuqori zaharli birikmalar ajratmaydi. 
Savdo linoleumi o‘ramidan maxsus asboblar yordamida turli shakllar kesib olish 
va o‘zaro kombinatsiya qilish mumkin. 
Savdo qoplamalari orasida o‘zgacha xossalarga ega materiallar uchraydi. Masalan, 
strukturasiga uglerod iplari o‘tkazilgan antistatik linoleumlar. Ular bir joyda ko‘p 
elektr qurilmalar ishlaydigan bank, hisoblash markazlari va boshqa xonalardagi pol 
yuzasidan statik energiyani olish uchun ishlatiladi. 
Rossiya bozorida FORBO FORSHAGA (Shvetsiya), FORBO KROMMENIE 
(Gollandiya), POLYFLOR va ARMSTRONG (Buyuk Britaniya), SOMMER va 


70 
GERFLOR (Fransiya) firmala- rining mahsulotlari keng taqdim etilgan. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling