Referat mavzulari ro’yxati


-5-rasm.Cherepitsa turlari. a-o‘yiqli qoliplangan; b-o‘yiqli


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

 
16-5-rasm.Cherepitsa turlari. a-o‘yiqli qoliplangan; b-o‘yiqli 
tasmasimon; v-tasmasimon yassi; g-konkisimon 
 
Oqava va drenaj quvurlari. Oqava quvurlari olovbardosh yoki qiyin 
suyuqlanadigan gillardan tayyorlanadi. Quvurlar birikadigan joylari bilan birga 
presslarda qoliplanadi. Quritilgandan keyin quvurlarning tashqi va ichki yuzalari 
sirlanadi va pishiriladi.


67 
Yupqa sir qatlam quvurlarning suv o‘tkazmasligi va kislotalar hamda ishqorlar 
ta’siriga chidamli bo‘lishini ta’minlaydi. Oqava quvurlarining ichki diametri 150-600 
va uzunligi 800-1200 mm ga teng. Sopol quvurlar kimyoviy jixatdan juda barqaror 
bo‘lib, tarkibida ishqor va kislotalari bo‘lgan sanoat korxonalari suvlarini chiqarib 
yuborish uchun keng foydalaniladi. 
Drenaj quvurlari silliq yuzali va suv o‘tkazuvchanligini oshiruvchi ikki tomonida 
ochiq ariqcha yoki kesiklari bo‘lgan sirlanmagan sopol buyumdir. Uning uzunligi 500 
mm gacha, ichki diametri esa 25-250 mm ga teng bo‘ladi. Quvurlar to‘g‘ri silindrik 
shaklga ega, ichki yuzasi silliq mexanik jihatdan yetarli mustahkam bo‘lishi kerak. 
Ular oson suyuqlanadigan gil va qumoq tuproqlardan yasaladi. Drenaj quvurlaridan 
botqoqlangan yerlarning suvini quritish uchun, shuningdek, yer osti suvlari satxini 
pasaytirish uchun foydalaniladi. 
Kislotabardosh buyumlar. Bunday buyumlar odatdagi sopol buyumlardan farq 
qiladi, ular zich, shuningdek, mexanik jihatdan mustahkam, issiqqa chidamli sopol 
qatlamlidir. Ular kislota va ishqorlarning uzoq davom etadigan ta’siriga turg‘unligi 
bilan ajralib turadi. Sopol buyumlarning bu guruhiga kislotabardosh g‘isht, issiqqa va 
kislotaga chidamli plita hamda quvurlar kiradi. 
Kislotaga chidamli g‘isht 230x113x65 mm o‘lchamli to‘g‘ri burchakli
parallepiped va ponasimon ko‘rinishda tayyorlanadi. Ular kimyoviy uskunalarning 
poydevorlarini terish, uskunalar ichiga va gaz yo‘llarini qoplash, kimik va sellyuloza-
qog‘oz sanoati korxonalarining pol va tarnovlariga yotqizish uchun ishlatiladi. 
Issiqlik-kislotaga chidamli plitkalar kvadrat, to‘g‘ri burchakli va ponasimon 
bo‘lishi mumkin, tomonlarining o‘lchami 50 dan 200 mm gacha qalinligi 10 dan 50 
mm gacha bo‘ladi. Kislotaga chidamli plitkalar, uskunalar, gaz yo‘llari va tarnovlar 
ichki yuzasini qoplash, zararli mo‘hitli sexlarda pol materiali sifatida, issiqlik va 
kislotaga chidamli plitkalar esa, bundan tashqari, pishirish qozonlarining ichki 
yuzalarini qoplash uchun ishlatiladi. 
Kislotaga chidamli quvurlar qovushgan zich qatlamga ega bo‘lib, ularning tashqi 
va ichki tomonlari kislotaga chidamli sir bilan qoplanadi. Ular asosan kimiyo sanoati 
korxonalarida ishlatiladi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling