Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

2
0
3
) miqdori 
ko‘p. Respublikamizda sog‘ tuproq juda ko‘p. Ayniqsa, Toshkent, Farg‘ona, 
Namangan, Andijon, Samarqand, qo‘qon kabi hududlarda sog‘ tuproq zahiralari ko‘p 
tarqalgan. Sog‘ tuproqdan ishlangan xom g‘ishtning kam qavatli bino devorlarini 
qurishda ishlatilishi uning yuqori mexanik xususiyatga ega ekanligidan darak beradi. 
Sog‘ tuproq g‘isht ishlab chiqarishda, sopol buyumlar tayyorlashda asosiy xom 
ashyodir. Shuningdek, suvoqchilikda, sement ishlab chiqarishda va ko‘p g‘ovakli 
beton va qurilmalar tayyorlashda ham u ko‘plab ishlatiladi. 
Betonlar sun’iy tosh konglomerat (ko‘p jinsli tabiiy tosh) turqumiga 
kiradi.Bu turqum kompozitsion materiallar turiga mansub bo‘lganligi 
sababli turli betonlar uchun tegishli bo‘lgan xususiy qonuniyatlar bilan bir 
qatorda umumiy qonuniyatlarga ham bo‘ysunadi. Beton sohasida olib 
borilayotgan zamonaviy texnologik va texnik -iqtisodiy hisoblashlar 
betonning tarkibi va tuzilishini uning xususiyatlari bilan o‘zaro 
bog‘liqligiga asoslanadi. Bu bog‘liqliklar betonning fizikaviy-kimyoviy 
tabiatini, aksariyat ko‘proq tajribaviy usulda olingan tabiatini hisobga 
oladi. Ular albatta ishlab chiqarish sharoitida sinab ko‘riladi va zarurat 
bo‘lganda aniq hisob ishlari yuritiladi. Beton murakkab material, ma’lum 
vaqt o‘tishi va ekspluatatsiya jarayonida uning xususiyati s ezilarli darajada 
o‘zgarishi mumkin. Faqat bu materialning xususiyatlari va tuzilishi 
qoliplashini boshqaruvchi qonuniyatlar tabiatini chuqur o‘rganish uni turli 
maqsadlardagi qurilish konstruksiyalaridan samarali hamda unumli 


76 
foydalanishni ta’minlashi mumkin.Lyuksemburg po‘latining (markasi ES3) 
o‘ta egiluvchanlik xususiyatlari qalinligi 0,3; 0,6 va 0,9 mm bo‘lgan 
listlarni yuqori sifat ko‘rsatkichlari bilan tayyorlash imkoniyatini beradi. 
Bunday listlardan ajoyib tom qoplama materiali –Metrobond ishlab 
chiqariladi. Metrobond – tabiiy tosh bilan qoplangan tom qoplama listli 
materiali hisoblanib u tabiiy cherepitsali tom qo plamasi manzarasini 
yaratadi (1.1-rasm). Oddiy ruxlangan po‘lat listdan farqli alyumo -ruxli 
qoplama bilan qoplangan po‘lat list tashqi muhit bilan aloqa qiluvchi 
joylarda korroziga uchramaydi. 


77 
Metrobond - chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan material bo‘lib u 
binoning har qanday me’moriy an’anasiga juda ham mos keladi. Tabiiy 
toshli granulalar bilan qoplangani uchun ushbu tom qoplama listlari oddiy 
metallocherepitsaga xos bo‘lgan yaltiroqlikka ega emas. Tabiiy tosh 
yomg‘irning Shovqinini ancha kamaytirish bilan birga materialni mexanik 
shikastlanishlardan himoyalaydi. Metrobond montaj qilishda sodda va 
yengil material (7 kg/m 2) hisoblanadi. Undan nishabligi 120dan yuqori 
bo‘lgan tomlarda foydalanish mumkin. Tabiiy tosh bilan qoplangan tom 
qoplama material issiq va sovuqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Tom 
qoplamasining xizmat qilish muddati – 50 yil. Material xalqaro s ifat 
standarti ISO 9001 ga muvofiq keladi. Metrobond eski tom qoplamasi 
ustidan tez va samarali o‘rnatilishi mumkin.Bundan tashqari u binoning har 
qanday me’moriy usuliga monand keladi (10.2-rasm). 
1-2-rasm. Metrobond bilan qoplangan tom
Sun’iy tosh titratma-quyma usul bilan tayyorlanadi, ishlab chiqarish 
jarayonida bo‘yaladi, bu esa foydalanishning butun davrida rangining
turg‘unligini ta’minlaydi. Sun’iy toshdan tayyorlangan qoplama 
mahsulotlar turli o‘lchamlarda tayyorlanadi, yuzasi 0,5 m
2
gacha va 
qalinligi 10 sm gacha. Zamonaviy texnologiyalar dekorativ toshga deyarli 
har qanday shakl bera oladi, hamda buyurtmachining istaklarini e’tiborga 
olgan holda yuqori aniqlikda bazaltning, qumtoshning va boshqa 
toshlarning strukturasini yuqori aniqlik bil an nusxa qila oladi. 
Sun’iy tosh tabiiy toshdan vaznining kichikligi va mahkamlanishining 
osonligi bilan ajralib turadi. Bu esa uning qo‘llanish sohasini sezilarli 
kengaytiradi: masalan, devor, ustunlarning tashqi va ichki pardozlanishi 
uchun (1.3-rasm).


78 
1-3-rasm.Sun’iy tosh bilan qoplangan bino.
Tabiiy toshning barcha afzalliklarini saqlab qolgan holda uni 
kamchiliklardan xolis qilish maqsadlarida tabiiy toshning analogi –
Rosser sun’iy toshi yaratilgan (10.4-rasm). Ushbu sun’iy toshning yangi 
turi o‘zining o‘lchamlari va shakllarining xilma -xilligi tufayli mayda 
donador qurilish materiallarining barchasi bilan, temirbeton buyumlar 
bilan, metallokonstruksiyalar va yog’och buyumlar bilan yaxshi 
uyg‘unlashadi. 
Blokli terim g‘isht terimiga nisbatan samaraliroq bo‘lib butun devor 
sun’iy toshdan barpo qilingandek ta’asurot qoldiradi. Sun’iy toshni ishlab 
chiqarish uchun yuqori mustahkam sement, yirik to‘ldirgich, kvarsli qum 
va ―Bayer‖ firmasining bo‘yovchi moddasi ishlatiladi. Rosser buyumlari 
rangining turg‘unligi – 25 yilga teng. Firma turli rangli va o‘lchamli 
toshlarni ishlab chiqaradi.Ularning barchasi tabiiy materialning rangini 
imitatsiya qiladi, shular jumlasidan eng noyob rangli toshlarni ham.
1-4-rasm. Rosser sun’iy tosh buyumlari turlari
Rosser qurilish materiallarini fasadlar, sokollar, to‘siqlarning tashqi 
pardozlanishi 
hamda 
yuk 
ko‘taruvchi 
devor 
va 
pardadevor 
konstruksiyalarini barpo qilishda ham qo‘llash mumkin. Rosser toshlari 
yuqori ekspluatatsion tavsiflari, mutlaq ravon struktura si, yoriqlar va 
bo‘shliqlarning mavjud bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. Ular haroratning 


79 
keskin o‘zgarishiga turg‘un, deyarli eskirmaydi va muzlashga o‘ta 
chidamli. Fasadlarni, pollarni, zinalarni, ochiq maydonlarni va ichki 
xonadonlarni pardozlashda doimo yaxshi natija beruvchi universal material
– sopol granit (keramogranit) hisoblanadi. Ko‘pincha keramogranit osma 
fasadlarni qoplashda ishlatiladi. «Stena» dekorativ materiallar markazi 
(Rossiya) fasadbop qoplamalarning bir necha tarkiblarini ishlab chiqdi. 
Shulardan dekorativ suvoq Pelyur – yuqori mustahkam qoplama bo‘lib 
yaxshi dekorativ va himoyalovchi xossalarga ega. U suv o‘tkazmaydi, 
yong‘indan havfsiz va haroratning keskin o‘zgarishlariga turg‘un. Pelyur –
katta hajmli xonadonlarni pardozlas hda ishlatish uchun ideal material 
hisoblanadi (10.5-rasm, a). Pelyur agressiv muhitda turg‘un, uning sirtini 
namlab tozalash, devorlarni tekislamasdan turib qotib qolgan suvoq 
qatlamiga surtish mumkin. 
a b 
1-5-rasm. «Stena» dekorativ materiallar markazi mahsulotlari a – Pelyur;b 
– Superfasad 
Dekorativ bo‘yoq Superfasad – surtilishi oson bo‘lgan qoplama bo‘lib, u 
yuqori darajada yopish qobiliyatiga ega, ishqalanish va mexanik 
shikastlanishlarga qarshi mu stahkam va agressiv muhitga chidamlidir 
(10.5-rasm, b). 
Rustika qoplamasi (10.6-rasm, a) «eski devor» ko‘rinishini imitatsiya 
qilinuvchi original dekorativ samara berish imkoniyatiga ega. Uning 
tarkibida o‘ziga xos o‘yiqlar qoldiruvchi maxsus mikroto‘ldirgichlar 
mavjud. Rustikani har qanday turdagi yuzalarga – g‘ishtga, betonga, 
gipsokardonga, toshga, sementga surtish mumkin. Ishlatish uchun 
tayyorlangan 
va 
aralashtirishni 
talab 
qilmaydigan 
qoplamani 
zanglamaydigan shpatel bilan bir qatlamda surtiladi va tekislanadi. 
Oynasimon-sayqallangan marmar yoki Venetoni imitatsiya qiluvchi
Yuqori sifatli qoplamani olish uchun «lyuks» sinfli venetsian suvog‘ini 
ishlatish mumkin(10.6-rasm, b). 


80 
a b 
1-6-rasm.«Stena» markazining Durakoat fasadbop qoplamalari: a – 
Rustika; b –Veneto. 
Turli materiallardan bajarilgan uylar fasadining uzoqqa chidamliligini 
oshirish yo‘llaridan biri ularni bo‘yash hisoblanadi. Bunda yuzalarni 
tayyorlash va bo‘yoqlarni tanlash masalasi muhim ahamiyatga ega.
Binoning tashqi ko‘rinishini yangilash uchun g‘ishtni, boshqa ko‘pchilik 
tashqi 
qurilish 
materiallari 
singari 
yorilishidan, 
ko‘chishidan 
havfsiramasdan bo‘yash mumkin. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling