Referat mavzulari ro’yxati


Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar: 
1.Pol uchun materiallar necha guruhga bo’linadi? 
2. Linoleumlarning turlarini ayting? 
3. Issiqlik izolyatsiyalovchi polivinilxlorid linoleum qanday pardozbob material. 
 
Ma’ruza № 18
Mavzu: Pollar uchun ishlatiladigan pardozbob materiallar turlari. 
 
Reja: 
1.Plitka material turlari. 
2.Plitkalarning xom ashyolari. 
3. Laminatlangan parketning xususiyatlari. 
 


71 
Hozirgi kunda pollarni qoplash uchun polimer, plastifikator, to‘ldirgich va pigment 
asosida tayyorlangan plitka materiallar ishlatilmoqda. Bunday plitkali pollar kam 
ishqalanish, umrboqiylik va kimyoviy chidamlilik xossalarga ega. Plitkalar maxsus 
yelim yoki mastika yordamida yaxshilab tekislangan beton, asfalt yoki ksilolit asosga 
yopishtiriladi. 
Ishlatiladigan xomashyo turiga qarab plitka materiallar polivinilxloridli, 
kumaronpolivinilxloridli, kumaronli, bitumli, rezinali va fenolitli plitkalarga
yog‘ochtolali va yog‘och payrahali plitkalarga bo‘linadi, ularda bog‘lovchi sifatida 
karbamid va fenil polimerlari, to‘ldirgich sifatida esa yog‘och ishlatiladi. 
Pol uchun plitkalar shakli bo‘yicha kvadrat, to‘g‘ri to‘rt- burchak va figurali; 
konstruksiyasi bo‘yicha — bir va ko‘p qatlamli, to‘g‘ri burchakli, qirrali va shpunt va 
to‘lqinli; rangi bo‘yicha — bir va ko‘p rangli; yuzasining fakturasi bo‘yicha esa — 
silliq yoki qovurg‘ali bo‘ladi. Pol uchun plitkalarni ishlatib, turli rasm va rangdagi 
pollarni olish mumkin. Polning buzilgan qismlari oson ta’mirlanadi. 
Ammo plitkali pollar sanoatbop emas, chunki ko‘p miqdorda choki bor; ularning 
umrboqiyligi va gigiyenikligi linoleum pollarnikidan past. Pollar uchun plitka 
materiallar turaijoy, jamoat va sanoat binolarida ishlatiladi. 
Hozirgi kunda keng tarqalgan polivinilxloridli plitkalar foydalanish davrida 
og‘irlik ko‘p tushadigan xonalarda ishlatiladi. Ular turli xil rangda, silliq yoki naqsh 
yuzali bo‘lishi mumkin; suvga chidamli, kislota va mineral moylarning kuchsiz 
eritmalari ta’siriga chidamli; ishqalanishga, bosimga katta qarshiligi va tarangligi 
bilan xarakterlanadi. 
Polivinilxlorid plitkalari plastifikator sifatida dibutilftalat, to‘ldir- gich sifatida esa 
yog‘och uni yoki talk qo‘shilgan polivinilxlorid asosida tayyorlanadi. Kerakli rang 
berish uchun pigmentlar qo‘shiladi. Plitkalarni ishlab chiqarish xomashyoni 
tayyorlash va o‘lchash, yoyish, plitkalarni pressda kesish, tayyor plitkalarni qadoqlash 
kabi texnologik jarayonlardan iborat. Polivinilxlorid plitkalari quyidagi o‘lchamlarda 
chiqariladi: 150x150, 200x200, 300x300 mm, qalinligi 2 va 3 mm va turli ranglarda, 
shu jumladan, marmar ko‘rinishida ham. Polivinilxlorid plitkalari nafaqat pol uchun, 
balki devorlarni qoplashda ham ishlatiladi. Bu holatda plitkalar qalinligi 1,2 mm qilib 
chiqariladi.Laminatsiya qilingan parket (laminat) uzunligi 1—2 m, eni — 19-20 sm 
va qalinligi - 7-11 mm, yoki o‘lchamlari 396x396 mm bo‘lgan, bir-biri bilan ulash 
uchun chetida tishli va qovurg‘ali material. 
Laminat bir necha qatlamdan iborat. Birinchi ustki qatlam — melamin yoki akril 
smolali plyonka bilan qoplangan himoyaviy. Bu qoplama bir va ko‘p qatlamli bo‘lishi 
mumkin. Birinchi qatlamning ishqalanishga hamda yorug‘ga chidamliligi yuqori. 
Ikkinchi qatlam — manzarali, smolaga shimdirilgan qog‘ozga rasm tushirilgan 
bo‘ladi. Rasmni olish uchun daraxt qismi suratga olinadi, keyin melamin smolasi bilan 
shimdirilgan qog‘ozga o‘tkaziladi. Qog‘oz asosiy qatlam (to‘rtinchi) qatlam ustiga 
qo‘yiladi va ustidan matosiz sellyuloza materiali asosidagi himoyaviy plyonka 
yopiladi. 
Uchinchi qatlam — oraliq qog‘oz qatlamlari. 
To‘rtinchi qatlam (asosiy) — o‘rtacha zichlikdagi yog‘och tolali plitka. Bunday 
plitka yuk ko‘taruvchi hisoblanadi, buyumning yuklanishga qarshiligini ta’minlaydi 
va zarb, siqilish va cho‘zilish bosimi ta’siriga mustahkamligiga javob beradi. 
Beshinchi qatlam (pastki) — stabillashtiruvchi bo‘lib, parafinlangan yoki smola 
bilan shimdirilgan qog‘ozdan iborat. 
Qatlamlar 200°C haroratda bosim ostida presslanadi, shu sababli melamin smolasi, 
manzarali qog‘oz va yog‘och tolali plita elementlarining kimyoviy reaksiyasi sodir 
bo‘ladi. 
Laminatlangan parketni turli xonalarda ishlatish uning ishqalanishga chidamliligi 
sinfiga qarab aniqlanadi. Laminatlangan parketning ishqalanishga chidamliligi 
bo‘yicha oltita sinfi mavjud: 21, 22, 23, 31, 32 va 33: 
• 
21-sinf (yengil yuk) — yotoqxona va idoralarda ishlatiladi; 
• 
22-sinf (o‘rtacha yuk) — bolalar xonasi va mehmonxonalarda ishlatiladi


72 
• 
23-sinf (og‘ir yuk) — yo‘lak va oshxonalarda ishlatiladi. 
Laminat qoplamalarining 31, 32 va 33-sinflari jamoat xona- larining pollarini 
qoplashda ishlatiladi. Yengil yuk uchun — 31- sinf, o‘rtacha yuk uchun — 32, og‘ir 
yuk uchun — 33. Lekin bu 31—33-sinflarni turarjoy xonalarida ishlatib bo‘lmaydi 
degani emasKo‘pincha yo‘lak va mehmonxonaga 31 va 32-sinflardagi «savdo» 
laminati, oshxonaga esa 31-sinfning maxsus suvga chidamli qo‘shimchalar qo‘shilgan 
turi yotqiziladi. 
Hozirgi kunda Rossiya bozoridagi laminatlangan parket, asosan, 
cheteldan keltirildi: Quick Step (Belgiya), Tarkett (Ger- maniya). 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling