Referat mavzulari ro’yxati
Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar
1. Yengil qurilish g‘ishtining xossalarini tavsiflab bering? 87 2. Qurilish g‘ishtining o‘lchamlarini ayting va GOST talabi bo‘yicha o‘lchamlarini tushuntiring. 3. Qanday pardozbop tosh materiallar sifatida ishlatilayapti? 4. Toshlarga jilo berish jarayonini tushuntiring. Ma’ruza №3 Mavzu: Plastik usulda ishlab chiqarish texnologiyasi. Pardozbop g‘isht va toshlar ishlatish sohalari. Reja: 1. Sopol ashyolar va buyumlar. 2. Gillar turlari va xossalari 3. Sopol materiallar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar, sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish. 4. Devorbop, qoplama, g‘ovakli va maxsus sopol materiallar va buyumlar 5. O‘zbekiston sopol materiallari Tayanch iboralar: Giltuproq, qoliplash, presslash, quritish, pishirish. Sopol materiallar va buyumlar haqida asosiy ma’lumotlar, ularning sinflari Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo‘shilmalar qo‘shib, qoliplash va kuydirish yo‘li bilan olinadigan buyumlar va materiallar sopol material (ashyo) lar deb ataladi. Sopol buyumlar (asosan turmushda ishlatiladigan idish-tovoqlar, vaza va shu kabilar) ishlab chiqarish miloddan bir necha ming yil avval, juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Ancha keyin cherepitsa, qoplama plitalar va g‘isht kabi sopol qurilish materiallari tayyorlay boshlandi. Hozirgi kun qurilishida sopol materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, o‘choq va tutun quvurlarini terish, oqava va drenaj quvurlari qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Sopol buyumlar yasaladigan material sopol texnologiyasida sopolak deb ataladi. Qurilishbop sopol buyumlar sopolakning tuzilishi, konstruktiv jixatdan tuzilishi, sirtining holati va hokazolar bo‘yicha turlanadi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling