Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Nazorat savollar:
1. Betonga bo‘lgan vaqt ta’siri. 2. Rosser qurilish materiallarini qo‘llanilishi. 3.Metrobond nimadan tashkil topgan. Ma’ruza №2 Mavzu: Pardozbop g‘isht va toshlar uchun xom ashyo.Pardozbop g‘isht va toshlar ishlatish sohalari. Reja: 5. Oddiy va ko‘p teshikli devorbop g‘ishtlar. 6. Yengil vaznli qurilish g‘ishti. 7. Pardoz uchun ishlatiladigan tog’ jinslarining harakteristikasi 8. Pardozbop tosh buyumlarning turlari, ishlab chiqarish usullari. 9. Yirik kovakli devorbop toshlar Tayanch iboralar: G‘isht, ko‘p teshikli g‘isht, yengil vaznli qurilish g‘ishti, marka, qattiqlik, Maos shkalasi, mustahkamlik, suv shimuvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, muzlashga chidamlilik. Qurilish g‘ishti. Qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan oddiy va ko‘p teshikli devorbop g‘ishtlar oson eruvchan tuproqqa qo‘shilmalar qo‘shib yoki qo‘shilmasiz 81 loydan tayyorlanadi. Bunday g‘ishtlar asosan binolarning tashqi, ichki devorlarini, g‘ishtli bloklar va panellar qurishda ishlatiladi. Oddiy loy g‘ishti 250x120x65 mm va 250x120x88 mm li o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Devor qurayotganda g‘ishtlararo chok o‘lchami 12 mm dan ortmasligi lozim. Zavodlarning ish unumini rejalashtirilganda g‘isht hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, hajmi 1 m 3 ga teng devor qurish uchun 400 ta g‘isht ishlatiladi. G‘ishtning og‘irligi 4 kg dan oshmasligi lozim. Oddiy g‘ishtning xossalari quyidagicha: o‘rtacha zichligi 1600-1800 kg/m 3 ; suv shimuvchanligi kamida 6%; issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,7-0,85 Vt/(m· 0 S); siqilishga mustahkamligi 7,5- 30 MPa; egilishga esa 1,8-4,5 MPa; ayrim hollarda mustahkamligi 20-50% gacha kichik bo‘ladi. Siqilishdagi mustahkamligiga qarab g‘ishtlar 7 markada ishlab chiqariladi: 75, 100, 125, 150, 200, 250 va 300. Muzlashga chidamliligi 15, 25, 35 va 50. Nim quruq usul bilan tayyorlangan g‘ishtlarni poydevor yoki nam, suv ta’sirida bo‘ladigan bino qismlarini qurishda ishlatish tavsiya etilmaydi. 2-1- rasm. Devorbop sopol ashyolarning asosiy turlari: a, b – oddiy va samarali g‘ishtlar; v – fasadbop kalibrlangan g‘isht; g – bo‘shliqli sopol g‘isht va tosh; d – ikki qatlamli tashqi devorbop panel Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling