Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Choksiz quymapollar. Choksiz quymapollar polimer material asosida 
tayyorlanadi, gigiyenik va foydalanishda qulay hisoblanadi, ishqalanishga yuqori 
mustahkamlikka ega. 
Choksiz pollar uchun tarkiblar polimer, to‘ldirgich va sement (polimersement 
tarkiblar uchun) asosida tayyorlanadi. Xomashyoga qarab choksiz pollar uch turga 
bo‘linadi: polivinilatsetatli, poli- mersementli va polimerbeton. Quyuqligi bo‘yicha 
tarkiblar plastik, ya’ni qoliplovchi mashinalar yoki vibroqurilmada quyiladigan, 
quyma, ya’ni purkab yoki to‘kib surtiladigan; ishlatilishi bo‘yicha — yuza qatlami
pol suvoq va shpatlyovka qatlami uchun. Barcha turdagi quyma pollar tarkibi tekis, 
choksiz, do‘ngalak, kovak va butun maydon bo‘yicha g‘adir-budir bo‘lmasligi va bir 
xil rangda boiishi kerak. Qoplama asosdan ajralmasligi, yorilmasligi va foydalanishda 
ustki qatlami ko‘chmasligi kerak. 
Polivinilatsetatli mastika va polimersementli pol uchun choksiz qoplamalar 
turarjoy, jamoat va sanoat bino va inshootlarida qo‘llaniladi. 
Namlik yuqori bo‘lgan xonalarda hamda polga zarb kuchi yuqori bo‘lgan yoki qattiq 
g‘ildirakli transport vositalari harakatlanadigan sanoat binolarida polivinilatsetatli 
tarkiblar ishlatilmaydi. Qurilish amaliyotida polivinilatsetat mastikalari va 
polimersement tarkiblari keng qo‘llaniladi. Polivinilatsetatli choksiz pollar bir va ikki 
qatlamli bo‘lishi mumkin. Bir qatlamli quyma qoplam yaxshilab tayyorlangan tekis 
yuzaga qalinligi 1,5—2 mm qilib quyiladi. Harakat jadalligi va foydalanish shartiga 
qarab yuza qatlami qalinligi 

mm gacha bo‘lishi mumkin. Asos holati qoniqarsiz boiganda qalinligi 3—4 mm li 
ikki qatlamli qoplama qo‘llaniladi. 
Polivinilatsetat aralashmalar bog‘lovchi, to‘ldirgich, rang beruvchi va suvdan 
tayyorlanadi. Bog‘lovchi sifatida tarkibida 50% quruq polivinilatsetat va 7,5% 
plastifikator — dibutilftalat bo‘lgan, zavodda tayyorlangan polivinilatsetat emulsiyasi 
ishlatiladi. Mastikaning toMdirgichlari mayda zarrali kvarts qumi va yirikligi 0,2— 
0,04 mm li marshallit bo‘ladi, och rangdagi pollar uchun tuyilgan ohaktosh va mayda 
marmar ishlatiladi. Mastikaga turli rang berish uchun kislota va yorug‘ga chidamli 
mineral pigmentlar ishlatiladi: mumiyo, oxra, ultramarin, temir surigi va boshqalar. 
Mastika tarkiblarining suvga chidamliligini oshirish maqsadida polivinilatsetat 
emulsiyasiga 50°C haroratda 1 kun davomida formalin va xlorid kislotalari bilan 
ishlov beriladi. Plyonkaning qotish muddatini qisqartirish va mustahkamligini oshirish 
uchun mastika tarkibiga qotiruvchi ftorfosfor bilan birga karbamid polimerlari 
kiritiladi. 
Choksiz pollar quyish uchun polimersement tarkiblari polivinilatsetat yoki 
divinilstirol kauchuk (lateks) emulsiyasi, portlandsement, qum, marmar yoki granit 
uvog‘i va mineral pigmentlarda tayyorlanadi. Polimersement mastikalarining taxminiy 
tarkibi bitta rangli hajmiy qoplama uchun: portlandsement M400 — 17,5%, 50% li 
polivinilatsetat emulsiyasi — 7,3%, to‘ldirgich — 70% va pigment — 5,2%; 
polimersement polsuvoq uchun: portlandsement M400 — 13,5%, 50% li 
polivinilatsetat emulsiyasi — 5,5% va to‘ldirgich — 80% (massa bo‘yicha). 
Mastikaning joylashuvchan- ligini oshirish uchun sement massasidan 45—55% suv 
qo‘shiladi. Polimersement pollari bir va ikki qatlamli bir va ko‘p rangli bo‘ladi. 
Polimersement tarkiblari yuqori adgeziya xossalariga ega. Ular asos bilan mustahkam 


73 
yopishishni ta’minlaydi va yuqori mexanik mustahkamlikka ega. 
Pol pardozi uchun gilam qoplamalar ham qo‘llaniladi, masalan, chetlariga ishlov 
berilmagan o‘rama material kovrolin. 
Bunday polbop qoplamani olish uchun tabiiy va sintetik iplar ishlatiladi. Tabiiy 
ashyo jun, u past issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega, lekin jun iplari asosidagi 
kovrolinning umrboqiyligi ko‘p emas. 
Sintetik ip (tola) larga poliamid, poliester, polipropilen va poliakril kiradi 
Poliamidli qoplama yumshoqligi, og‘ir materiallar ta’siriga chidamliligi (mebel, 
qurilmalardan iz qolmaydi) va yorug‘gachidamliligi bilan farqlanadi. Poliamidli 
kovrolanning xizmat davri — 10—12 yil, boshqa sintetik materiallamiki esa — 6—8 
yildan oshmaydi. 
Gilam qoplamalami ishlab chiqarishning bir qancha usullari mavjud: matoli, 
tafting, igna bilan teshib va to‘qib. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling