Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Qo‘shilmalar. Plastik sergil xom ashyo sopol materiallar ishlab chiqarishda kam 
ishlatiladi, chunki quritish va pishirish jarayonida ular ko‘p kichrayadi, buning 
natijasida buyumlar qiyshayadi va yoriqlar bilan qoplanadi. Kichrayishni kamaytirish 
uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga gilni kamaytiruvchi materiallar (qum, 
shlak, qattiq yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan kul, maydalangan sopol sinig‘i, 
shamot va boshqalar) kiritiladi. 
g‘ovakligi yuqori va issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan engil sopol materiallar 
olish uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga kukun hosil qiluvchi qo‘shilmalar 
kiritiladi, ular pishirish jarayonida yonib bitadi (qipiq, ko‘mir kukuni, torf va 
boshqalar). 
Boyituvchi va plastiklovchi qo‘shimchalar (yuqori plastik va bentonitli gillar, 
ko‘mir qazib chiqarishdagi chiqindilar, sulfit-spirtli barda(qog‘oz ishlab chiqarish 
chiqindisi) va boshqalar) gil aralashmasiga tuproq gil xom ashyosini boyitish, uning 
plastikligini oshirish, gillarning qoliplanish va qurilish xossalarini yaxshilash uchun 
qo‘shiladi. 
Sopol materiallar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar, sopol materiallar va 
buyumlar ishlab chiqarish 
Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xom ashyodir. 
Gilning texnologik xossalarini yaxshilash uchun, shuningdek, tayyor buyumlar 
ma’lum fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lishi uchun yog‘sizlantiruvchi, kuyib 
ketadigan va plastik qiladigan qo‘shimchalar ishlatiladi. 
Sopol materiallar va buyumlar turli-tuman o‘lcham, shakl, fizik-mexanik 
xossalarga ega bo‘ladi va turli maqsadlarda foydalaniladi, lekin ularni ishlab chiqarish 
texnologik jarayonini asosiy bosqichlari taxminan bir xil bo‘ladi va xom ashyo 


90 
materiallarni qazib olish, xom ashyo massani tayyorlash, xom ashyoni qoliplash, 
quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish va omborda saqlashni o‘z 
ichiga oladi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling