Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

9-AMALIY MASHG‘ULOT 
 
Mavzu: Sopol buyumlar. 
Nazariy qism 


154 
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari 
Tayanch iboralar: Sopol, gilamnusxa, badiiy fasadbop ,magmatik jins, dala shpati, 
sienit, magniy, temir va giltuproq, diorite, labrodorit, basalt, diabaz. 
Binolarning fasad yuzalariga, ichki devorlariga va pollariga qoplash uchun 
ishlatiladigan sopol materiallarning old yuzasi turli ranglarga, bo‘yalgan, tabiiy rangli, 
silliq, bo‘rtma, sirlangan bo‘lishi mumkin. Sopol materiallar bilan qoplangan yuzalar 
manzarali xossalari bilan farqlanadi, ular puxta va nisbatan tejamlidir. 
Binolar fasadiga qoplanadigan materiallar. Binolarning fasadlarini qoplash 
uchun sirtqi g‘isht va toshlar, kichik o‘lchamli fasad plitkalari va gilam nusxa sopol 
ishlatiladi. 
Sirtqi g‘isht va toshlar to‘g‘ri shaklli, qirrali va bo‘yog‘i bir xil bo‘ladi. O‘ng 
tomoni silliq, bo‘rtma va fakturalangan bo‘lishi ham mumkin. Sirtqi g‘isht va
toshlarning rangi to‘q qizildan to oq sariq ranggacha bo‘ladi. Och sariq rangli 
materiallar oqish gillardan tayyorlanadi, hozirgi vaqtda ular eng ko‘p ishlatilmoqda. 
g‘isht va toshlar yaxlit va ichi kovak qilib yasaladi. Tayyorlash texnologiyasi yarim 
quruq yoki plastik usullarda-sopol g‘isht tayyorlash kabidir. 
Sirtqi g‘isht va toshlar shakli va ishlatish joyiga qarab oddiy va profilli g‘isht va 
toshlarga bo‘linadi. Oddiylaridan devorlarning tekis qismlarida, profillilaridan esa 
karnizlar, tortqilar, belbog‘lar va hokazolarda foydalaniladi. 
Sirtqi g‘isht va toshlar fasadlarning tashqi qatorlariga va kirish zallari, zina 
xonalari, o‘tish joylari va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi. 
Fasadbop sopol plitkalar yarim quruq zichlash usulida tayyorlanadi. Fasad 
plitkalarning asosiy o‘lchami 250x10, poypeshbop plitkalarniki 150x75,"kabanchik" 
larniki 125x60x7 mm. Bundan tashqari "romb", "gulbarg", "diagonal", "piramidali", 
"to‘lqin", "shar" turlardagi fasadbop me’moriy - badiiy plitkalar chiqariladi. 
Fasadbop plitkalarning o‘ng yuzasi silliq, sirlanmagan va sirlangan, turli ranglarga 
bo‘yalgan bo‘lishi mumkin. Sement qorishmasi bilan yaxshilab yopishishi uchun 
ularning orqa tomonida chuqurchalar o‘yilgan. Fasadbop plitkalarning suv shimib 
olishi 2-8%, sovuqqa chidamliligi kamida 8 bosqichga teng. Fasadbop plitkalardan 
devorlarning tashqi tekisliklarini qoplash, ichki yuzasini qoplash uchun va alohida 
me’morchilik elementlarini pardozlash uchun, shuningdek turar joy va jamoat binolari 
kirish zallari va zina xonalarida foydalaniladi. 
Me’moriy - badiiy fasadbop plitalar 
Ko‘p rangli qilib sirlangan sopol 
plitkalar 
 
Gilam nusxa sopolak har xil rangli, sirlangan va sirlanmagan kichik o‘lchamli 
plitkalardan iborat. Bitta yoki bir necha rangli plitkalar "gilam" ko‘rinishida teriladi, 
bunda o‘ng yuzasi bilan kraft kog‘ozga yopishtiriladi. qorishma bilan yaxshi 
yopishishi uchun plitkalarning orqa tomoni taram-taram qilinadi. Gilamnusxa 
koshinkor plitkalarning o‘lchamlari 48x48 va 22x22 mm, qalinligi 4 mm bo‘lib, 


155 
ulardan tayyorlangan gilamlar o‘lchami esa 724x464 va 672x424 mm ga teng bo‘ladi. 
Plitkalarning suv shimish darajasi 12%dan oshmasligi, sovuqqa chidamliligi esa 
kamida 25 bosqich bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda gilam nusxa – koshinkor plitkalar tashqi devor panellarini
transport va sport inshootlari, savdo va boshqa korxona binolari devorlarini qoplash 
uchun keng ishlatiladi. 
Ichki devorlar qoplanadigan materiallar. Turar joy, jamoat va sanoat binolarining 
ayrim xonalariga sanitariya-gigiena va badiiy manzara berish, shuningdek
qurilmalarni nam va alanga ta’siridan himoyalash uchun devorlarga sopol plitkalar 
qoplanadi . Devorlarga qoplash uchun sirlangan qoplama (fayans)shuningdek, 
gilamnusxa-koshinkor plitkalar ishlatiladi. 
Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar turli shaklda chiqariladi. Kvadrat 
plitkalarning o‘lchami 150x150 mm, to‘g‘ri to‘tburchakli plitkalarniki 150-100 va 
150x75 mm, qalinligi 4-6 mm ga teng bo‘ladi. 
Plitkalar turlari, navlari, o‘lchamlari, rangi bo‘yicha turlarga ajratiladi va yopiq 
xonalarda saqlanadi.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling