Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘OVAKLIKNI ANIQLASH
Ishlatilishi:
Qurilish montaj ishlarida, akustik material sifatida, truboprovodlarda. Shisha paxta mineral paxtaga nisbatan yaxshiroq xossalarga ega, lekin u qimmatroq bo’lgani uchun kamroq ishlatiladi. Shisha kristall ham, amorf ham, suyuqlik ham emas. Shisha – bu qattiq agregat holatning alohida shakli bo‘lib, uni shisha ko‘rinishli yoki shisha sifatli deb nomlash qabul qilingan. Ko‘pgina silikat tizimlar suyuq, kristal yoki shishavand holatda olinishi mumkin. Ammo shishavand holat uchun xarakterli tomoni shundaki, suyuq holatdagi modda shishavandga o‘tish jarayoni qaytariluvchi bo‘lib, shishavand holatdagi modda kristallga aylanish jarayoni qaytarilmasdir, ya’ni kristall moddalardan shishani uni eritmasdan olish mumkin emas. Moddalarning aylanish sxemasi 4-rasmda ko‘rsatilgan. Moddaning kristall va shishavand tuzilishlarni o‘zaro taqqoslab, shuni ko‘rish mumkinki, kristallar: tartib, aniqlik, uzluklilik tushunchalari bilan (oxirgisi yarim Suyq Kristal Shishavand 6-1--rasm. Modda aylanish sxemasi 150 kristallarga tegishli), shisha esa – tartibsizlik, noaniqlik, uzluksizlik tushunchalari bilan xarakterlanadi. Kristallanishga moyil mineral tola haroratga kam chidamlidir. Mineral tolaning kristallanishga moyilligi uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq va tolaning oksid tarkibidan asosiy tarkibga o‘tishiga ko‘ra kuchayadi. G‘OVAKLIKNI ANIQLASH G‘ovaklik material hajmining havo bo‘shliqlari bilan to‘lganlik darajasini belgilaydi. G‘ovakli qurilish materiallarining sifatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. G‘ovaklik orqali materiallarning mustahkamligini, suv shimuvchanligini, suv o‘tkazuvchanligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini, tovush o‘tkazuvchanligini, kislotaga chidamligini va boshqa xossalarini aniqlash mumkin. G‘ovaklik quyidagi formula bilan aniqlanadi: % 100 1 F . z . h z '. o bu yerda h.z. – materialning haqiqiy zichligi, g/sm 3 . o'.z. – materialning o‘rtacha zichligi, g/sm 3 . Ba’zi qurilish materiallarining g‘ovakligi quyida keltirilgan: (protsent hisobida). po‘lat, shisha - 0 granit - 0 2 ohaktosh - 11 35 g‘isht - 25 35 og‘ir beton - 4 15 gazbeton - 77 85 g‘ovakliplastmassa - 90 95 Agarda materialdagi g‘ovaklarning o‘lchami millimetrning yuzdan biridan (0,01 mm) oshmasa bunday materiallar mayda g‘ovakli deb ataladi. Materialning o‘lchami 0,1 mm dan 1-2 mm gacha bo‘lsa, bunday materiallar yirik g‘ovakli materiallar deyiladi. Haqiqiy va o‘rtacha zichliklar asosida hisoblab topilgan g‘ovaklik natijalari 5- jadvalga yoziladi. Materiallar g‘ovakligini aniqlash. Tartib № O‘rtacha zichlik, g/sm 3 Haqiqiy zichlik g/sm 3 G‘ovaklik, % 1 2 3 Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling