Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
1-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Pardozbop g‘isht va toshlar. Nazariy qism Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari Tayanch iboralar: giltuproq,pishirish,qurilish keramikasi,pishiq g’isht, bezak plitkalar,cheripetsa, klinkerli g’isht,issiqlikni tejash,ekologiya,mustahkamlik,korroziyaga bardoshlilik. Sopol g‘isht juda qadim zamonlardan (5000 yil oldin) beri ishlatilib keladigan va hozirgi paytda xam eng yaxshi devorbop material hisoblanadi. Buning bir qator sabablari bor: Giltuproq zapaslarining ko’pligi (hamda joyda tarqalganligi) har xil yoqilg‘i ishlatish mumkin, kichkina va katta korxonalar qurib g‘isht chiqarish mumkin va x. k. Lekin g‘ishtning asosiy kamchiligi uning og‘irligi (o’rtacha zichligi katta) va o‘lchamlarining kichikligi. 160 Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ichi kovakli effektiv buyumlar chiqariladi. Devorbop sopol toshlarning bo‘shligi 55 % gacha bo‘lib o‘rtacha zichligi 1000-1050 kg/m 3 ni tashkil qiladi. Ikkinchi kamchiligi bartaraf qilish uchun zavodlarda g‘isht vap sopol toshlardan panellar tayyorlanadi va ular qurilishda beton panellar kabi montaj qilinadi. Shunday qilib g‘isht va toshlarni industrial qurilishda ishlatilish effektivligini oshirish mumkin. Devorbop g‘ishtli panellarda g‘isht tva toshlar sementli qorishma bilan yaxlit qilib teriladi. Ishlatilishiga ko‘ra panellar tashqi devor uchun va ichki devor uchun ishlatiladigan to‘rlarga bo‘linadi. Tuzilishiga ko‘ra bir qavatli, ikki va uch qavatli bo‘ladi. Sopol g‘isht va toshlardan tayyorlanadigan panellar quydagi asosiy shartlarga javob berish kerak. - tashqi devor panelining qalinligi 300 mm dan oshmasligi kerak . - o‘rtacha zichligi (panelning) 1200 kg/m 3 dan oshmasligi kerak. - mustaxkamligi 7,5 MPa (eng kamida). - issiqlik o‘tkazuvchanligi talab doirasida bo‘lishi kerak. Panellarni ishlab chiqarish texnologiyasi qo‘ydagi bosqichdan iborat: 1. Qorishmani tayyorlash. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling