Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

4-AMALIY MASHG‘ULOT 
 
Mavzu: Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarining turlari. 
Nazariy qism 
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari
Tayanch iboralar: ko‘pchitilgan perlit, eruvchan shisha, plastik (betonit) tuproq, 
sintetik smola, neft bitumi, kraxmal, g‘isht tosh, plita, qobiq va segment. 
 
Ko‘pchitilgan perlit mayda g‘ovaksimon donali oq rangdagi sochiluvchan 
issiqlik izolyasiya materialidir. ko‘pchitilgan perlitni vulqon shishasi deb nomlanuvchi 
magmatik tog‘ jinsini maydalash, saralash va kuydirish yo‘li bilan olinadi. Bunday 
jinslarga perlit, obsidian, vitrofir (shishavand porfir), vitrobazalt (shishavand bazalt), 
pexshteyn va boshqalar kiradi. Ularning asosiy turi perlit hisoblanadi. Perlitning 
petrografik xususiyati bu shishavand tuzilishi va sharsimon bo‘laklarga bo‘linish 
xususiyatidir, sharsimon bo‘laklar yuzasi marvaridni eslatadi, shuning uchun bu tog‘ 
jinsiga perlit deb nom berilgan ( pearls- inglizchasiga marvarid).
Turlari va hususiyatlari. Ko‘pchitilgan perlitni issiqlik izolyasion 
maqsadlarda sochiluvchan ko‘rinishda ham, turli mahsulotlar shaklida ham ishlatish 
mumkin. Perlitdan sochiluvchi materiallar – perlit qumi va perlit shag‘ali tayyorlanadi.
Perlit qumi ahamiyatiga ko‘ra, turli dona tarkibiga ega bo‘lishi mumkin. Issiqlik 
izolyasion betonlar va suvoq qorishmalar uchun qum, mahsulot qoliplashtirish uchun 
ishlatiluvchi, qumdan yirikroq va og‘irroq bo‘ladi. Bevosita to‘kma issiqlik izolyasiya 
uchun ishlatiluvchi qum mayda va yengil bo‘lishi kerak. 


145 
Perlit nima? Bu vulkanik tog 'jinsi, aniqrog'i - vulqon kelib chiqqan stakan. 
Uning boshqa shunga o'xshash tabiiy materiallardan farqi shundaki, ma'lum bir 
haroratgacha qizdirilganda, unda 2-6% suv bilan bog'langanligi sababli uning hajmini 
boshlang'ich qiymatdan 4 baravargacha 20 martaga ko'paytirish mumkin.
+
Perlit 870 darajaga qadar qizdirilganda, u popkorn singari portlaydi. Buning sababi, 
bog'langan suvning bug'lanishi paytida yumshoq sirlangan zarralarda millionlab 
mayda pufakchalar paydo bo'lishi. Shunday qilib, fotosurati quyida keltirilgan perlit 
tabiiy kimyoviy inert deb tasniflanadigan va pH qiymati 7 ga teng bo'lgan maxsus 
shakli ekanligi haqida bahslashish mumkin. 
Ko‘pchitilgan perlit qumi 75-250 bo‘lgan markalarga mos kelishi va 0,035-0,6 
kkal/m•soat•grad chegarasida issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga ega bo‘lishi 
lozim. Issiqlik loyiha ma’lumotlari bo‘yicha, issiqlik o‘tkazuvchanlik λ ning hajmiy 
og‘irlik γ
0
bog‘likligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
λ=0,03+0,07 γ
0
/100 
Perlit qumi tovushni yaxshi yutadi. Uning tovush yutish koeffitsienti 100-1110 
gs. gacha intervaldagi tovush chastotasida 0,1-0,95 chegarada tebranadi, chastota 
oshishi bilan oshadi. 
Issiqlik izolyasiya maqsadlar uchun qo‘llaniluvchi ko‘pchitilgan Perlit qumi 
hajmiy og‘irligi va donalari o‘lchamlari quyidagi jadvalda keltirilgan. 
10-Jadval 
Qo‘llanish sohalari 
Hajmiy og‘irligi
kg/m
3
ko‘p emas 
Elaklar teshigi o‘lchami, mm
2,4 
1,2 
0,6 
To‘kma issiqlik 
izolyasiyasi uchun
150 
3 gacha 
5-10 
25-55 
Issiqlik 
izolyasiyasi 
mahsulotlari 
tayyorlash 
200 
5 gacha 
10-30 
30-65 
Yengil betonlar va 
suvoq qorishmalar 
uchun 
to‘ldiruvchilar 
250 
15 gacha 
10-45 
30-65 


146 
Perlit qumini asosan undan mahsulotlar tayyorlash uchun yarim fabrikat sifatida 
qabul qilish kerak. Yengil betonlar uchun to‘ldiruvchi sifatidagi qumni donalar 
o‘lchami bo‘yicha mayda- 1,2 mm gacha va yirik -1,2-5 mm gacha bo‘linadi. 
Ko‘pchitilgan perlit qumidan tayyorlangan issiqlik izolyasion mahsulotlar ikki 
guruhga bo‘linadi: turli bog‘lovchi moddalarni qo‘llash bilan kuydirilmaydigan 
mahsulotlar va kuydirilgan, ya’ni keramik mahsulotlar.
Qoliplangan perlit mahsulotlarini tayyorlash uchun bog‘lovchi moddalar 
sifatida quyidagilar xizmat qiladi: eruvchan shisha, plastik (betonit) tuproq, sintetik 
smola, neft bitumi, kraxmal va boshqa moddalar. Keng tarqalgan bog‘lovchi bu – 
portladsementdir. Bog‘lovchi modda turi mahsulotning hajmiy ogirligi, ishlatish 
harorati va boshqa hususiyatlarni aniqlaydi. 
Ko‘pchitilgan perlitdan g‘isht tosh, plita, qobiq va segmentlar tayyorlash 
mumkin. Perlit qumi issiqlik izolyasiya qorishmalar va betonlarda to‘ldiruvchi bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Perlit qorishmalari ishlatilishi bo‘yicha issiqlik izolyasiya, yong‘indan 
himoyalovchi va tovush yutuvchilarga bo‘linadi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling