Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

 
 


189 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI 
 
«Qurilish materiallari, materiallari va konstruksiyalari texnologiyalari» 
kafedrasi 
“Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari” 
 
fanidan tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun 
USLUBIY KO‘RSATMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jizzax – 2020 


190 
 
 
 
 
 


191 
Kirish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli 
Qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-
mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali 
mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. 
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi 
farmoyishi asosida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud 
holatni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida 
ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining o‘quv-
metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnika bazasi 
tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or 
xalqaro tajribani keng joriy etish, etakchi xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari 
bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar 
malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti. 
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks 
rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi. 
Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish 
dasturini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar 1,7 trillion 
so‘mdan ziyod bo‘lib, ulardan 1,2 trillion so‘mi o‘quv-laboratoriya binolari, sport 
zallari va talabalar turar joylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 
milliard so‘mdan ortiq mablag‘ esa o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar
bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo‘ljallangan, barcha ta’lim 
muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi. 
Bugungi kunda mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini 
oshirish hamda aholini hayot darajasini va farovonligini barqaror o‘sishiga imkon 
beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirishga, 
innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal 
rivojlanishi uchun zarur shart sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikani innovatsion va ilmiy texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat 
siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion 
rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi
shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi.
Respublikamiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, keng ko‘lamda qurilish 
industriyasini rivojlantirish va axolini turmush faoliyatini yaxshilash maqsadida
joylarda ko‘plab ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan qator Qarorlar chiqarildi. Xususan, 2019 yil 23-may kuni 
«Qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” PQ-4335 Qarori ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilindi.
Bog‘lovchi moddalar qurilishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Qurilish 
texnikasining rivoji yanada yaxshiroq bog‘lovchi moddalarni izlab topishni talab etib 
keldi. Yangi, nisbatan ancha takomillashgan bog‘lovchi moddalarning paydo bo‘lishi 
esa, o‘z navbatida, qurilish texnikasining taraqqiyotiga yordam berdi. 
Chunonchi, gidrotexnika inshootlarini qurish zaruriyati suvga chidamli 
bog‘lovchilarni izlab topishni talab etsa, yuksak mexanik xossalarga ega bo‘lgan 


192 
bog‘lovchi modda – portlandsementning ixtiro etilishi temir-beton konstruksiyalarning 
tez rivojlanishini ta’minladi. Zavodlarda tayyorlangan beton va temir-beton 
elementlardan keng foydalangan holda avj oldirilayotgan industrial qurilish 
portlandsementning yangi – «tez qotuvchi» turini ishlab chiqarish zaruriyatini 
tug‘dirdi. 
Hozirgi bog‘lovchi moddalar turi nihoyatda xilma-xildir. Biroq qaysidir 
bog‘lovchi moddalar birinchi marta ishlatilgan va ularni ishlatish vaqtida hozirgi 
zamon texnologiyasiga asos solingan edi. Ilk bor ishlatilgan bog‘lovchilar qanday 
moddalar bo‘lganini bilib olish uchun arxeologik va tarixiy xarakterdagi 
materiallardan 
tashqari 
mineral 
bog‘lovchi 
moddalar 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasining o‘zi bilan ham yaxshi tanish bo‘lish kerak. 
An’anaviy qurilish materiallarini ilmiy asosda sifatli ishlab chiqarish, ularni 
yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash, arzon, tejamkor, sifatli 
materiallar va texnologiyalar ishlab chiqish, korxonalarda yig‘ilib kelinayotgan
chiqindilardan yangidan-yangi va puxta materiallar olish, ularning tejamkor 
texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish 
usullarini mukammallashtirish, hamda bu jarayonda materiallardan samarali 
foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari safidan o‘rin egallaydi. 
Jumladan, qurilish sohasining asosiy materiallari bog‘lovchi moddalar sanalib, 
ularni bugungi kundagi o‘rni beqiyos. Ushbu tayyorlangan o‘quv ko’rsatma bugungi
kun quruvchilariga amaliy yordam ko‘rsata oladigan ko’rsatma sanaladi.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling