Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tafting (tugunli) usul.
- Igna bilan teshish usuli.
- V-SEMESTR Ma’ruza №1. Mavzu: Tabiiy tosh va sun’iy materiallar asosidagi pardozlash plitalari Reja
- Mahalliy tabiiy tosh materiallar
Matoli usul. Bu usul bilan ishlab chiqarishda gilam qoplamasi asosi va tuki bir
vaqtning o‘zida ishlab chiqariladi. Bu usul katta miqdordagi rang va tuslarni yaratib, turli strukturadagi kovrolin ishlab chiqarishga imkon beradi. Ko‘pincha 100% jun, jun va polipropilen aralashmasi yoki boshqa sintetik tolalar ishlatiladi. Tafting (tugunli) usul. Taftingning ishlash prinsipi sodda — tikuv mashinasi ishini eslatadi. Yuzlab ignalar ipni dastlabki to‘shama matodan o‘tkazadi, igna qaytayotganda tugun hosil bo‘ladi, keyin qo‘shimcha boMaklarga ajratilishi mumkin (tuk-velyur). Igna bilan teshish usuli. Iplar dastlabki asosga yotqiziladi, keyin unga igna bilan uriladi; so‘ngra qo‘shimcha asos birlashtiriladi (ko‘pincha rezina). Bu tuksiz qoplama, u juda zich va quyuq. Igna bilan teshib to‘qiladigan gilam va qoplamalar, odatda, 100% li polipropilendan yoki polipropilen aralashtirilgan holatda tayyorlanadi. Bunday kovrolin harakat jadalligi yuqori bo‘lgan xonalarda qo‘llaniladi, tovushni yaxshi yutishi sababli teatr va kinoteatrda qo‘llaniladi Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar: 1. Plitka materiallarning qanday turlari bor? 2. Quymapollar haqida tushuncha bering. 3. Pol pardozi uchun gilam qoplamalarini izohlang. 4. Gilam qoplamalarni ishlab chiqarishning qanday usullari mavjud. 74 V-SEMESTR Ma’ruza №1. Mavzu: Tabiiy tosh va sun’iy materiallar asosidagi pardozlash plitalari Reja: 1. Tabiiy tosh materiallar asosidagi pardozlash plitkalari. 2. Sun’iy materiallar asosidagi pardozlash plitkalari Mahalliy tabiiy tosh materiallar O‘zbekiston shaharlarida sanoat va uy-joy binolari qurish va ularga pardozlash qoplama materiallarini ko‘plab ishlatish, shuningdek temir yo‘l o‘tkazish kabi ishlar juda rivojlanib ketganligi tufayli oddiy g‘isht va sopol materiallar qurilish talablarini qondira olmay qoldi. Shuning uchun ham qurilishda ajoyib material-tabiiy toshlar qo‘llanila boshlandi. Qurilish uchun zarur bo‘lgan tabiiy tosh materiallarni qidiruv ishlari O‘zbekistonda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgacha topilgan qazilma boyliklar zahirasi qurilish talablarini bir necha o‘n yillargacha qondira oladi. Bekobod hududi yaqinidagi Mo‘g‘ultov tog‘lari qoyalarining va Farhod tog‘i qoyalarining hammasi qora va kul rang ohaktoshlardan iborat. Bu oxaktoshlar sement ishlab chiqaruvchi korxonalarni uzoq yil ta’minlay oladi. Ohangarondan to Angrengacha bo‘lgan yo‘lning shimoli-g‘arb tomonida ohaktosh zahiralari qoplanganligini ko‘rish mumkin. Bu erlarda ohaktosh qatlamining qalinligi 20 metrgacha etadi. Bu hudud atrofidagi sopol materiallarga xos sog‘ tuproq qatlamining qalinligi 10 metrgacha etadi. Bulardan tashqari, bu vodiylarda portlandsementga qo‘shiladigan tabiiy faol qo‘shilmalardan opokalar, vulqon tuflari va tabiiy pishgan tog‘ jinslari (gliej) ham bor. Shuningdek, bunday qo‘shilmalar parkent, qizilqiya, Angren hududida va Ohangaron vodiysida ko‘plab uchraydi. Beton va temir-beton qurilmalarni tayyorlashda ishlatiladigan mayda (qum) va yirik (shag‘al) to‘ldirgichlar O‘zbekistonda keng tarqalgan. Chirchiq daryosining Chinoz yaqinidagi o‘zanida, Sirdaryo o‘zanida, Farg‘ona vodiysi va boshqa erlarda shag‘al va qum zahiralarini ko‘plab uchratish mumkin. Beton uchun yuqorida aytilgan daryo qumlari qatorida qadimiy dengiz qirg‘oq qumlarini ham ishlatish mumkin. Bunday qum konlari Toshkent yaqinidagi hududlarda va Farg‘ona vodiysida ko‘p uchraydi. Sho‘rob va Sulyukta ko‘mir konlari atrofida 20-30 metr qalinlikka ega bo‘lgan oq qum qatlamlari er yuzasiga ko‘tarilib qolgan. Kon qidiruvchilarimiz juda katta kvars qum zahiralarini qizilqum sahrolarida ham topdilar. Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida, qoraqalpog‘istonning ba’zi hududlarida, Farg‘ona vodiysida shunday yerlar borki, ular barxan qumlari bilan qoplangan. Bulardan tashqari loyli slanets toshlari Zarafshon vodiysining chap qirg‘og‘idagi Zirabuloq qishlog‘iga yondosh Ziyovuddin tog‘larida, qoraqalpog‘istondagi Sulton- Uiz-Dog‘ tog‘larida va Farg‘ona vodiysining janubida ham ko‘p uchraydi. Er yuzasiga ko‘tarilib chiqqan tabiiy tosh materiallaridan bazalt, andezit va diabaz kabi jinslar respublikaning Toshkent, Turkiston, Nurota kabi hududlari atrofida ko‘p uchraydi. Bazalt chiqadigan Nevich koni Parkentdan 10-15 kilometr sharqi-janubda, Toshkent yaqinida joylashgan. qora rangdagi bazalt toshlari Nevich daryosining tog‘ oralig‘ida qatlam-qatlam bo‘lib yotibdi. 75 Toshkentdan 50-70 kilometr masofadagi qurama tog‘larida 100 metr qalinlikka ega bo‘lgan dolomit qatlamlari topilgan. Oq dolomit toshlari O‘zbekistonning janubida, /uzor tog‘larining g‘arbiy- janubidagi qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Chig‘anoq ohaktosh zahiralari O‘zbekistonning janubida, Surxondaryo viloyatida keng tarqalgan. Toshkent yaqinidagi ohaktosh qatlamlarining qalinligi 5-20 metrga etadi. Bu ohaktoshlardan Ohangaronda portlandsement olish uchun foydalanilmoqda. Buxoro shahri yaqinidagi ohaktosh qatlamlarining qalinligi 150 metrga etadi. O‘zbekistonda 30 dan ortiq marmar konlari bor. Samarqand viloyatidagi «/ozg‘on» marmari o‘zining zahira toifasiga, to‘planuvchanligiga va rangining turli- tumanligiga ko‘ra dunyo quruvchilariga yaxshi tanilgan. Bu marmar bilan Parij va Nyu-Yorkda tashkil etilgan butun dunyo ko‘rgazmasi pavilonlarining devorlari qoplangan. Moskvadagi ko‘plab saroylarning ichki qismini qoplashda va qisman Toshkentdagi Navoiy nomidagi opera va balet akademik teatri binosini bezatishda «/ozg‘on» marmari ishlatilgan. O‘zbekiston halqlariga marmar toshinipg go‘zalligi, uning qurilish va me’morchilikda ishlatilishi qadim zamonlardan ma’lumdir. Samarqand shahridagi Go‘ri Amir, Shoxi zinda, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim madrasasi, tarixiy me’moriy yodgorliklarda marmar toshlar qoplama plitalar, pol uchun bloklar, supachalar yasashda ko‘p qo‘llanilgan. O‘zbekistonning Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari tog‘larida juda ko‘p marmar konlari bor. Toshkent yaqinida ikkita marmar koni bo‘lib, bulardan biri – Mingbuloq konidir. Mingbuloq marmari yirik donali, och kul rang. Ikkinchisi Chotqol og‘larining g‘arbiy yon bag‘rida, So‘qoq va Zarkent qishloqlari o‘rtasida joylashgan. Bu marmar oq, sariq, och o‘t va kul rangdir. Tuproqning maxsus turi bo‘lgan sog‘ tuproq O‘zbekiston qurilishlarida ko‘p tarqalgan materialdir. U kimyoviy va mineralogik tarkibiga ko‘ra hamda kelib chiqishi bo‘yicha oddiy tuproqni eslatadi. Ammo sog‘ tuproq tarkibida faol gil (AI Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling