Referat mavzulari ro’yxati
Takrorlash uchun savollar
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza № 7 Mavzu: Texnologik jarayonlarda fizik-kimyoviy o’zgarishlar. Tashqi muhitni saqlash. Reja
Takrorlash uchun savollar:
1. Yog’ochning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor? 2. Yog’och pardozbop material sifatida qayerlarda ishlatiladi? 3. Parket nima va qanday tayyorlanadi? 4. Fanera qanday tayyorlanadi? 1. Organik issik izolyasiya materiallari kanday xom ashyodan olinadi? 2. Yog’och tolali plitalarni ishlab chiqarish texnologiyasini tushiuntirish? 3. Fibrolit nima? 4. Organik issiq izolyasiya materiallarini ishlatilishi va ularning kamchiliklarini ayting? Ma’ruza № 7 Mavzu: Texnologik jarayonlarda fizik-kimyoviy o’zgarishlar. Tashqi muhitni saqlash. Reja: 1. Yog‘och tolali plitalarni issiqlik texnik xossalari. 2. Donali parketlar turlari. Yog‘och tolali plitalarni issiqlik o‘tkazuvchanligi, boshqa materiallar singari, ularning g‘ovakligiga bog‘liq: g‘ovak oshishi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik kamayadi. Hajmiy og‘irligi 250 kg/m 3 bo‘lgan issiqlik izolyasion plitalar g‘ovakgi taxminan 80% ga yaqin. Qattiq plitalar g‘ovakgi izolyasion plitalarga ko‘ra, taxminan 2 marta kichik. 102 Mayda va shu bilan birga bir tekis taqsimlangan g‘ovakk bunday plitalardagi past issiqlik o‘tkazuvchanlikning asosiy sababchisidir. Yog‘och tolali izolyasion plitalar issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning namligiga bog‘liq. Qurilishda pardoz ishlari uchun xam foydalaniladi. Yog’och juda sifatli va ko’rkam materialdir. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda yog’och zaxiralari juda kamdir. Shuning uchun chet el davlatlardan yog’och materiallari olib kelinadi. Pardozbop materiallar yog’ochdan turli xil dizayn ko’rinishidagi buyumlar tayyorlanadi. Ular binoga chiroy va ko’rkamlik baxsh etadi. Ularga: parket pollar ham kiradi. Parket pollar ham har xil bo’ladi: parket doskalar, mozaikali parketlar, parketli shitlar va donali parketlar. Ular dub, buk, yasen, klenlardan olinadi. Parket doskalar 1200:300 mmgacha uzunlikda va 145:202 mm eniga, qalinligi 25:18 mm dan ishlab chiqariladi. Ustki qismi qattiq yog’och bilan qoplanadi. Yuzasi laklanib tekislanadi. Ular asosan yog’och qoldiklaridan qilinadi. Parket doskalar pollar kabi yog’och balkali plitalarga yoki temirbeton yopmalarga yotqiziladi. Ular yaxshi tovush izolyasiyasida xizmat qiladi. Mozaikali parketlar hozirgi paytda keng tarqalgan yopma poldir. Bu xil parketlar ishlab chiqarish oddiyligi va iqtisodiy samaradorligi, turli xil bezaklari bilan pol uchun xizmat qiladi. Ular tushalganda kvadrat shaklida bo’ladi. 400x400 mm, 480x480 mm, 600x600 mm. Ular ikki xil ko’rinishda bo’ladi: 1. Ustki qismida kraft-qog’oz yopishtirilgan holda, ular tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanadigan yoki parket pol tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanmaydigan qilib tushaladi. Mozaikali parket pol asosi yaxshi to’kilgan va bir xil o’lchamda bo’lishni talab qiladi. U sement qumli tushamaga suv va kley aralashmasi bilan yopishtiriladi. Ularning o’lchamlari yog’och materialdan chiqqan ortiqcha yog’ochlardan turli me’morlarga pol kurinishini har xil turlarda, kompozitsiyasini boyitishga yordam beradi. Shuning uchun o’lchami katta bo’lmagan parketlar har xil ko’rinishdagi archa shaklida, shashka shaklida va xar xil ranglarda foydalanilishi mumkin. Parket shitlar parket doskalar kabi turli xil o’lchamda ishlab chiqariladi. Bu tur parketlar mehnatni ko’p talab etganligi va iqtisodga tejamliligi bo’lganligi sababli qurilishlarda kamroq ishlatiladi. Shitlar yuza qismi va asosdan iborat. Ustki qismi ortiqcha yog’ochdan qilinadi, asosi esa fanerlar yoki yog’och plitalardan qilinadi. Konstruksiyasiga qarab ular har xil reykalardan tashkil topgan va asosi perpendikulyar reykalardan qilingan tiplarda bo’ladi. Parket shitlar ramkali va reykali asoslari qalinligi 30-40mm, chunki ularga yaxshi forma etkazilganda qulay bo’lishi uchun yog’och plitalardan tashkil topgan asosli 20- 30 mmli bo’ladi. Ular sementli qum ustida yaxshi yotqiziladi. Reykalarning qalinligi asosi ikki reykali shitlar uchun 40 mm bo’lishi kerak. Ularning ustki qismi qimmatbaho yog’ochdan bezatiladi. Donali parketlar yuqori sifatli va qimmatbaxo yog’ochdan qilingan materialdir. U to’g’ri burchakli o’lchamlari, uzunligi 150: 500 mmgacha, eni 30: 90 mm, qalinligi 15: 18mm bo’ladi. Ularning ustki qismi shunday chiqarilganki, ular yotqizilgandan keyin tozalanadi va tekislanadi. Toza pol ostidagi asos betonli, yog’ochli va boshqa xillar bo’lishi mumkin. Yog’ochli asosga parketlar mix bilan qoqiladi va boshqa xil asosga ega, kley yoki mastika bilan yopishtiriladi. Donali parket qurilish talablariga buncha yaxshi javob bermaydi. Qurilishda yog’och materialdan ya’ni yunib tayyorlangan pardoz uchun ishlatilgan buyumlar ham foydalaniladi. Bularga: metall va yog’ochdan yasalgan 103 zinapoyalarga va balkonlarga tutkichlar, pol uchun plintuslar, deraza va oynalarga nalichniklar, tushama devor va potoloklarga, deraza osti doskalar. Yunib tayyorlangan detallar yumshoq barglilar olxa, beryoza, osinalardan qilinadi. Bu materialar uzugligiga kengayadigan qilib chiqariladi. Ularni lestvennitsa, el, pixta va tersisdan kilinishiga yo’l qo’yilmaydi. Ikki xil profillilar tavsiya qilinadi, 74 mm.li va 54 mm.li. Plintuslar 4 xil bo’ladi. Ikkita bo’yicha uzaytirilgan (54mm) va va ikkita qisqa (38, 25 mm). Deraza va eshik romlariga tutkichlar qilinadi. Ular asosan qarag’aydan qilinadi. Ular 2 xilda: keng 74 mm gacha va ingichka 34 mm gacha qilinadi. Ular maxsus aralashmalarga tuyintiriladi, laklanadi va buyaladi. Ular turli yog’ochlardan balki qoldiq reykalardan qilinadi. Deraza osti doskalari sosna va eldan tayyorlanadi. Ular 2 xilda chiqariladi. Uzunligi 700x1600 mm gacha, qalinligi 34 mm va uzunligi 1900:2800 mm gacha, qalinligi 42 mm. Deraza osti doskalari yopishtirilgan bruslardan tayyorlanadi. Oldindan yunib tayyorlangan detallar - tutkichlar, plintuslar, nalichniklar va deraza osti doskalar ikki marta buyaladi. Fanerlar yupqa yog’och qatlamlari tolalarini bir-biriga tik qo’yib yelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bu qatlamlar yuqori sifatli, tanasi to’g’ri bo’lgan qattiq, zirk daraxti, terak hamda qarag’aydan ishlanadi. Maxsus dastgohlarning keng va juda o’tkir pichog’i yordamida aylanib turuvchi xaridan yupqa qatlam faner shponi ishlanadi. Fanerning o’lchamlari 72,5x183sm, qalinligi 0,15: 1,2 sm bo’ladi. Faner tayyorlashda ishlatiladigan yelim xossalariga qarab u suvga chidamsiz va suga chidamli xillarga bo’linadi. Suvga chidamlisi qayin daraxtining shponidan tayyorlanadi, bunday fanerning shponlari maxsus sintetik smolalardan olingan yelimlar bilan yopishtiriladi va 7, 9, 11 qatlam bo’ladi. Oq qayin yog’ochdan ishlangan shponlarni pakelit yelimlari bilan yopishtirib fanerlar olinadi. Ular BFS, BFV-1, BFV-2 markalarga bo’linadi. Organik issik izolyasiya materiallariga tolali plitalar (DVP) fibrolit, torf plitalar, qamish plitalar va ko’pchitilgan plastmassalar kiradi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling