Реферат мавзулари
Download 165.41 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq11-маъруза (2)
11-MA’RUZA Mavzu.Yuqori solishtirma elektr qarshilikka ega bo‘lgan quymalar. O‘rash va elektromontaj simlari. Kabel va simlarning markalanishi. Yuqori qarshilikli o‘tkazgich materiallar. Issiqbardosh ko‘mir aralashmali materiallar Manganin – 84-86% mis, 2-3% nikel va 12-13% marganes qotishmasi. Och-pushti rangli qotishma zichligi 8400kg/m 3, erish temperaturasi 960*C. IKK = 1,8 10 1/*S manganinning solishtirma elektr qarshiligini 1,5-2mk om.m. gacha oshirish uchun tarkibiga 60 67% marganes, 16-30% nikel qo‘shilib, mis miqdori kamaytiriladi. Elektr qarshiligi temperaturaga deyarli bog‘liq emas. Mis bilan kontaktida issiqlikdan e.yu.k. juda oz xosil bo‘ladi. (0,9-1mkv/S) manganindan diametri 0,02-6mm bo‘lgan sim, qalinligi 0,08mm gacha, kengligi 270mm bo‘lgan lenta o‘tkazgichlar yasaladi. Konstantan – 58 – 80% mic, 32-40% nikel, 1-2% marganes qotishmasi.. Sarg‘ish – kumush rangli zichligi 8900kg/m 3 erish temperaturasi 1260*S IKK=1,4 10 -7 1*C bo‘lgan metall. Konstantanning elektr qarshiligi temperatura o‘zgarishi bilan o‘zgarmaydi 0,03-5mm diametrli simlar, 0,1mm qalinlikdagi lenta o‘tkazgichlar yasaladi issiqbardosh materillarga nikel, xrom, va boshqa komponentlarning qotishmalari kiradi. Yuqoro temperaturalarda katta zichlikda bu materiallar sirtiga o‘xshash oksid plyonkalar bilan qoplanib qoladi, shu sababli ular issiqbardosh bo‘lib qoladi. Bu materiallar sim va lentalar shaklida reostat, qarshiliklar, elektr isitgich priborlarni yasashda ishlatiladi. Issiqbardosh o‘tkazgich materiallar haqida ma’lumotlar X–xrom H– nikel Yu- alyuminiy T– titan x 20 n 80 bo‘lsa 20%–xrom, 80% nikel bo‘ladi. 1000-1400*C temperaturalarda pishirilgan presslangan metall kukunlari metallokeramika deb ataladi. Pishirish paytida tez eruvchi kukun materiallar erib, keyin eruvchi metall zarrachalari oralig‘idagi bo‘shliqlarni to‘lg‘azib bir butun metallokeramik material hosil bo‘ladi. Ba’zan metall kukunlari bilan no- metallar masalan: grafit aralashtiriladi. Bunday aralashmalardan hosil qilingan metallografit shchyotkalar elektrodvigatellar kontaktlarida ishlatiladi. Metallokeramik kontaktlar mis kukunlari va grafitdan yasalib, ular nihoyatda turg‘un bo‘ladi. Elektrografit materiallar 100-300 MPa bosimda presslanadi, 1200- 1300*C temperaturada pishiriladi, koks yordamida sementitlanadi. Qo‘shimcha ravishda bu materiallar 2400-2800*C temperaturalarda termik ishlov beriladi. Ba’zan bu materiallar 80- 200*C temperaturalarda qalayi yoki qo‘rg‘oshin atmosferasida shimdirilib elektr o‘tkazuvchanligi oshiriladi elektr shchyotkalari ko‘pincha 10-15mkm qalinlikda mic qatlami bilan qoplanadi. Shular asosida shchyotkalar bir necha turda bo‘ladi. Grafit shchyotkalar natural grafitdan yasaladi. Shovqin qilmasdan ishlaydi, yumshoq bo‘ladi, 25-30m/s tezlikda ishlatiladi. Ko‘mir grafit shchyotkalar – grafit koks bog‘lovchi smolalardan tuzilib qattiqligi, mexanik mustahkamligi yuqori bo‘ladi, aylanish tezligi 10-30m/s bo‘lganda ishlatiladi. =100 . 300mk.om.m. Metollografit shchyotkalar mic, qalayi, kumush aralashmalaridan hosil qilinadi. Mic kamroq bo‘lsa = 5-28mk.om.m. bo‘lib, 30-40m/s tezlikda ishlatiladi. Elektrografit shchyotkalar– grafit, koks bog‘lavchisimonlardan iborat bo‘ladi. Grafitlash 2500*C da amalga oshiriladi. 40-90m/s tezlikda ishlatilib =12-75mk. om.m. Bu shchyotkalar juda sekin oksidlanadi, yonmaydi, erimaydi-3800*C gacha erimaydi. Elektrovoz-trolleybuslarda mic grafit materiallar keng qo‘llaniladi. Ularning solishtirma elektr qarshiligi juda kichik = 0,02-0,05mk.om.m. bo‘ladi. T–titan x20n80 bo‘lsa,nikelbo‘ladi. 1000-1400*C da pishirilgan presslangan kukunlar metollokeramika deb ataladi, pishirish paytida tez eruvchi kukun materiallar erib, qiyin eruvchi metall zarrachalar oralig‘idagi bo‘shliqlarni to‘lg‘azib bir butun metallokeramik material hosil bo‘ladi. Ba’zan metall kukunlari bilan nometallar masalan: grafit aralashtiriladi. Bunday aralashmalardan hosil qilingan metallografit shchyotkalar elektrodvigatel kontaktlarda ishlatiladi, metallokeramik kontaktlar mic kukunlari va grafitlardan yasalib, ular nihoyatda turg‘un bo‘ladi. Katta toklarni ulab-uzishda (300-100,000A) ishlatiladi. Elektrografit materiallar 100-300 MPa bosimda presslanadi. 1200-1300*C temperaturalarda pishiraladi, koks yordamida sementlanadi. Qo‘shimcha ravishda bu materiallar 2400-2800*C temperaturalarda termik ishlov beriladi,ba’zan bu materiallar 80 va200*C temperaturalarda kaliy yoki qo‘rg‘oshin atmosferasida shimdirilib elektr o‘tkazuvchanligi oshiriladi, elektr shchyotkalari ko‘pincha 10- 15mkm qalinlikda mic qatlami bilan qoplanadi. Shular asosida shchyotkalar bir necha turda bo‘ladi.. Elektrogrofit shetkalar grafit koks bog‘lovchi smolalardan iborat bo‘ladi. Grafitlash 2500*C da amalga oshiriladi 40-90m/s tezlikda ishlatiladi. Bu shchyotkalar juda sekin oksidlanadi yonmaydi, erimaydi- 3800*C gacha erimaydi. Elektrovoz, trolleybuslarda mis grafit materiallar keng qo‘llaniladi. Ularning solishtirma elektr qarshiligi juda kichik =0,02-0,05mk.om.m.bo‘ladi. Cho‘lg‘am va montaj simlari va ularning klassifikatsiyasi. O‘tkazgich- sim- kabel materiallar Elektr mashina, apparat, priborlar cho‘lg‘amida ishlatiladigan simlar cho‘lg‘am simlari deyiladi. Bu simlarning asosiy elementlari -ularning izolyatsiyasidir. Izolyatsiya emal plyonkali, tolali va emal tolali bo‘lishi mumkin. Emal izolyatsiya simi kichik diametrli 0,003-070 mm simlaridir. Ularni kichik hajmiga ko‘p cho‘lg‘am qilib joylashtirish orqali va apparat quvvatini oshirish mumkin. PEV–1 , PEV–2, PEM-1, MEM–2 A klass simlari emal izolyatsiyali bo‘lib, 105*C ishchi temperaturaga mo‘ljallangan mexanik mustahkam polivinelasetal smolasi bilan usti izolyatsiyalanadi, shu sababli PEV–1 PEV–2 simlar neft – yog‘ mahsulotlari ta’siriga chidamli bo‘ladi. Ye klass simlar –120*C temperaturaga mo‘ljallangan termoplastik emal- lak bilan qoplanadi. Bu izolyatsiya 160*C da yumshaydi va simlarni ishlatish oblastini chegaralaydi. PETV simi 130*C temperaturalarga chidamli bo‘lib, poliefir laki yordamida emallangan, cho‘zilishga mexanik egiluvchanlikka ega klassdagi PET- 155 simi 155 gradus selsiy temperaturaga chidaydi. Poliefemid asosidagi emal- lak bilan izolyatsiyalanadi. Emal–lak izolyatsiyaga ega bo‘lgan PET – 200 simi 180-200 *C temperaturaga chidaydi. Stekloemal qatlami bila izolyatsiyalangan simlar PEJB markazi bo‘lib, ular 300*C temperaturalarda ham ishlay oladi (P-provod, M- mednыy, T-teplostoykiy, L-ludyaщiysya, A-alyuminiyli, N- nikelli). 0,1-0,12 mm qalinlikdagi kabel qog‘oz bilan izolyatsiyalangan, yog‘ shimdirilgan izolyatsiya elektr mustahkamligi 80 MV/m bo‘lib, trancformator cho‘lg‘amlarida ishlatiladi. Qog‘ozli izolyatsiyalangan simlar emal-lak shimdirilib elektr mustahkamligi oshiriladi. Mic, alyuminiy simlar dumaloq va to‘rtburchakli ko‘ndalang kesimga ega bo‘lib, ular paxta, shoyi, lavsan, kapron, tolalar bilan bir va ikki qavatli izolyatsiyalarga ega bo‘ladilar, bu izolyatsiya qalin bo‘lsa-da elektr mustahkamligi mexanik xarakteristikalari yahshi hisoblanadi. Ko‘pincha emallangan tolali izolyatsiyalar ishlatiladi. Kremniy organik emal qoplansa issiqbardoshlik va elektr mustaxkamlik yanada ortadi. Elektr apparatlari priborlar ichidagi simlar montaj simlari deyiladi. Ular qalaylangan mic simlar bo‘ladi.Bir tolali va ko‘p tolali bo‘lishi mumkin. Kesim yuzasi 0,05 – 2,5 mm kv. Gcha, kabellarniki esa 0,35-2,5 cm kv gacha bo‘lib, tolalar birdan 52 gacha bo‘lishi mumkin. 200-250 gradus temperaturada ishlaydigan montaj simlar nikellangan mis simlar bo‘ladi. Ularning izolyatsiyasi ftoroplast lentadan va steklotolalar bilan kombitnitsiyalashgan bo‘ladi. Montaj simlarining ishchi temperatirasi –70 dan + 70 gradusgacha namga chidamli polivinilxlorid plastikat bilan izolyatsiyalangan, bu simlarnng elastikligi yuqori bo‘ladi. Ikkilangan izolyatsiyali simlar ham bo‘lib, ular plastmassali va tolali izolyatsiyalardan iborat. 4KV kuchlanishga mo‘ljallangan simlar izolyatsiyasi ftoroplast -4 dan qilinadi. Uy- joy va korxonalarda montaj simlari sifatida bir tolali va ko‘p tolali rezina yumshoq plastmassa (polietilen) izolyatsiyali mic va alyuminiy simlar ishlatiladi. Butil kauchuk rezinali izolyatsiyaga ega simlar -40 dan +65gradusgacha plastmassa izolyatsiyali simlar -50dan +70gacga kremniy organik rezina bilan izolyatsiyalangan simlar -60 dan +180 gacha temperatura intervallarda ishlatiladi. Ko‘ndalang kesimiga qarab 380 v kuchlanish uchun rezina izolyatsiya qalinligi -0,6– 1,6mm 660V kuchlanishida 0,8–1,8mm bo‘ladi (PPV–v pomeщeniyax povыshennoy vlajnosti, APV – alyuminiy tolali poveshennoy vlajnosti APP–alyuminiyli, bir tolali plastikat izolyatsiyali). Download 165.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling