Referat Mulohaza va xulosa chiqarish Reja


Download 173.5 Kb.
bet8/15
Sana08.11.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1754998
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat-fayllar.org

p


q







q





p





chin

chin



chin



chin

yolg‘on

n

yolg‘o

n

yolg‘o

chin

n

yolg‘o

n

yolg‘o

yolg‘on



chin



Murakkab mulohazalarning chin bo‘lish shartlarini bilish, fikrlarning chin yoki xatoligini aniqlash bilan birga, bu mulohazalar asosida to‘g‘ri xulosa chiqarishga hamda xulosa chiqarishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlashga imkon beradi.Mulohazalarning inkor qilinishi. Mulohazalarni inkor qilish muhim mantiqiy amallardan bo‘lib, u orqali yangi mulohazalar (inkor mulohazadan tasdiq mulohaza va tasdiq mulohazadan inkor mulohaza) xosil qilinadi.Ikki mulohaza bir-biriga zid bo‘lib, ulardan biri albatta chin, boshqasi yolg‘on bo‘lsa, bu mulohazalar bir-birini inkor qiluvchi mulohazalar bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza chin bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza (p) yolg‘on bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza (↰ p) chin bo‘ladi5. (↰ - inkor belgisi )Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi. Mantiqiy ergashish tushunchasi. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.Xulosa chiqarish – bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqaruvchi tafakkur shaklidir. Xulosa chiqarish asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tish jarayonidan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalardan iborat bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.Masalan, “Ibn Sino “Donishnoma” asarini yozgan” va “Pifagor matematik bo‘lgan” degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. CHunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.
Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, ”Do‘stlarim sport bilan shug‘ullanadilar” degan mulohazadan “Do‘stlarim sport masteri” deb, xulosa chiqarib bo‘lmaydi.Demak, xulosa chiqarishning tuzilishi uch elementdan iborat: xulosa asoslari, xulosa va mantiqiy ergashish (xulosa asoslarining o‘zaro mantiqiy aloqadorligi va xulosa asoslari bilan xulosaning mantiqiy aloqadorligi).Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra zaruriy va ehtimoliy; xulosa asoslarining soniga ko‘ra bir asosli (bevosita) va ko‘p asosli (bavosita); fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra deduktiv, induktiv, analogiya kabi turlarga bo‘linadi.Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.Deduktiv xulosa chiqarish. Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati - unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:I. Aylantirish (lot.–obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi.6 Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Bu usul bilan quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:


S – P

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling