Referat Mulohaza va xulosa chiqarish Reja
Download 173.5 Kb.
|
Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy mulohazaning kompleks taxlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari.
Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat Mulohaza va xulosa chiqarish Reja: Mulohaza, oddiy mulohazaning taxlili, tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari. Murakkab mulohazalar, ularning turlari va chin bo‘lish shartlari. Mulohazalarni inkor qilish Xulosa chiqarish, uning mantiqiy tavsifi, tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari. Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish. Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog‘liq xatolar. 1. Oddiy mulohazaning kompleks taxlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari. Klassik formal mantiqda mulohaza tafakkur shakllaridan biri sifatida tushunchadan keyin o‘rganiladi. Mantiqdan yozilgan xorij adabiyotlarining ba’zilarida esa tafakkur shakllarini o‘rganish mulohazadan boshlanadi. Mulohaza bilan bog‘liq masalalar doirasida tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Xulosa chiqarish alohida o‘rganiladi1. Tafakkurlash jarayonini bunday tartibda o‘rganish insonning bolaligidan boshlab mulohaza ko‘rinishida fikr yuritishi, uning tushunchalar olami keyin shakllanishi bilan asoslanadi. SHuningdek, faqat mulohazalargina “chin”, “yolg‘on” qiymatlariga ega bo‘ladi. Tushunchalarga esa bunday qiymatni berib bo‘lmaydi. Masalan, “yo‘lbars yirtqich xayvon” mulohazasini “chin” deb, baholaymiz. “Yo‘lbars” tushunchasini esa “chin” yoki “yolg‘on” deb ayta olmaymiz, chunki unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham. Demak, mulohaza chin yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lgan fikr yuritish shaklidir. Uning asosiy vazifasi narsa bilan uning xususiyati, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. CHinligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. YOlg‘onligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. CHinligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. YOlg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan mulohazalar – noaniq bo‘ladi.Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohazalar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo‘ladi va ular chin yoki yolg‘on qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.Masalan, “Til insonlar o‘rtasidagi muloqot vositasidir”, “Hiyonatkorlarning hech biri vijdonli emas” kabi gaplar mulohazani ifoda qiladi. Demak, mulohaza – predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega –fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi va fanda sub’ekt degan termin bilan ifodalanadi (simvolik belgisi - S). Mantiqiy kesim predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi va fanda predikat degan termin bilan ifodalanadi (simvolik belgisi - P). Mulohazaning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U sub’ekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada mulohaza hosil bo‘ladi. Mulohazaning simvolik ifodalanishi:S – P (tasdiq mulohaza), S – P emas (inkor mulohaza) Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi.Oddiy mulohaza tarkibidan yana bir mulohazani ajratib bo‘lmaydigan mulohazadir yoki bir sub’ekt va bir predikatdan tashkil topgan mulohazadir. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin bo‘lgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, “Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi”, degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. “Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi” - bu murakkab mulohazadir. Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, ya’ni miqdori va sifatiga ko‘ra tasniflanadi. 1- tamoyil. Miqdoriga ko‘ra oddiy mulohazalar yakka, umumiy va juz’iy bo‘ladi Oddiy mulohazalarni tasniflashning ikkinchi tamoyili bu ularning sifatidir, ya’ni tasdiq yoki inkor mazmunga ega bo‘lishidir. Mulohazaning sifatini mantiqiy bog‘lama belgilaydi. “Hamma ilonlar zaxarlidir” mulohazasining predikatida subekt haqidagi fikr tasdiqlanadi. Bunday mulohaza tasdiqlovchi deyiladi. “Hech bir riyo amal maqbul emas” mulohazasida subekt haqida nimadir inkor qilinadi. Bu inkor mulohaza deyiladi. Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ularni mantiqiy taxlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari) dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling