Ekvivalentlik munosabatidagi mulohazalar hamma vaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, “A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi” va “A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni” mulohazalari o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil sub’ektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan mulohazalardir. Mulohazalarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlar bilishda va xulosa chiqarishda katta ahamiyatga ega Murakkab mulohazalar, ularning turlari va chin bo‘lish shartlari. Mulohazalarni inkor qilish. Mulohaza tarkibidagi mantiqiy ega va/yoki mantiqiy kesimni ifodalovchi terminlar soni birdan ortiq bo‘lsa, murakkab mulohaza deb ataladi. Murakkab mulohazalar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq oddiy mulohazalarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchisining mazmuniga ko‘ra murakkab mulohazalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: birlashtiruvchi (kon’yunktiv), ayiruvchi (diz’yunktiv), shartli (implikativ), ekvivalent.
Birlashtiruvchi) mulohazalar ikki va undan ortiq oddiy mulohazalarning «va», «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida birikishidan hosil bo‘ladi. Masalan, 1.Ustozining bergan topshiriqlarini bajardi va a’lo baho oldi. 2. YAxshi niyat va yaxshi so‘z insonni saodatga etaklaydi. 3. Mantiq ham amaliy, ham nazariy fandir.O‘zbek tilida birlashtiruvchi mulohazalar «ammo», «lekin», «biroq» kabi bog‘lovchilar va bog‘lovchilarsiz ohang vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog‘lamalar kon’yunksiya belgisi “˄” (&) orqali ifodalanadi. Formulasi: Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalarni “r” va “q” shartli belgilari bilan belgilasak, ular orasiga kon’yunksiya belgisini “˄” (&) qo‘ysak, unda bu mulohaza r ˄ q (p & q) formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar chin yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy mulohazalar chin bo‘lsa, birlashtiruvchi mulohaza ham chin bo‘ladi. Boshqa hamma holatlarda esa yolg‘on bo‘ladi2. Masalan, “YOlg‘on gapirish va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir” mulohazasidagi birinchi oddiy gap “YOlg‘on gapirish jinoyatdir” chin bo‘lmaganligi uchun bu mulohaza chin bo‘lmaydi.Kon’yunktiv mulohazaning chinlik tablitsasi
Do'stlaringiz bilan baham: |