Referat o`zgarishlar mavzusida


Download 179.52 Kb.
bet5/9
Sana22.04.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1378192
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
REFERAT

13-modda kengaytirilib , unga xususan quyidagi qoidalar qo’shilishi kutilyapti :
Insonga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi davlat oragani tomonidan ko’zlanadigan qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo’lishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug’dirmasligi kerak .
Insonning davlat organlari bilan o’zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo’lmaydigan barcha qarama- qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi
15-modda quyidagicha norma bilan to’ldirilyapti :
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega bo’lib, to’g’ridan –to’g’ri amal qiladi va O’zbekiston Respublikasining butun huhudida qo’llaniladi.
16-moddadagi :”Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi huquq vq manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas”degan qoida ketgaytirilmoqda:
Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklariga, O’zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo’limida nazarda tutilgan asosiy prinsiplarga va qoidalatga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
17-moddaning 1-qismi amaldagi tahriri bunday: “O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyektidir.Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi”.
Mazkur moddaning yuqoridagi 1-qismi o’rniga quyidagicha 1-va 2- qismlarni kiritish taklif etilyapti:
O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarining to’la huquqli subyektidir.Uning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi”.
O`zbekiston barcha davlatlar bilan do`stona va tinchliksevarlik tashqi siyosat olib boradi.
Amaldagi 17-moddaning quyidagicha ikkinchi qismi o`zgarmay qoladi va uchinchi qismga aylanadi: “Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta`minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
20-moddaga inson huquqlarining cheklanishini tiyib turishga oid quyidagicha norma qo`shilyapti:
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonun bilan va boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek jamoat xavfsizligini va tartibini ta`minlash uchun zarur bo`lgan doirada cheklanishi mumkin.
22-moddaga quyidagicha yangi qoidalar kiritilmoqda:
O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas.
Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to`g`risida g`amxo`rlik qiladi.

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling