Referat o`zgarishlar mavzusida
Download 179.52 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-modda
27-moddadagi Shaxsiy hayot daxlsizligiga oid normalari kuchaytirilayapti: Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo’lishi,shaxsiy va oilaviy siri,o’z sha’ni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega.
Har kim o’z shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga ega. Har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekomunikatsiya qurilmalari orqali so’zlashuvlarni, pochta-telegraf jo’natmalarini hamda boshqa xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega .Ushbu huuquqning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning qaroriga asosan yo’l qo’yiladi. 28-moddadagi: “ O’zbekiston Respublika fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko’chish,O’zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega.Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir”degan norma quyidagcha tahrirga o’tkazilyapti: O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bo’lib turgan har bir shaxs respublika hududi bo’ylab erkin harakatlanish,turar va yashash joyini erkin tanlsh huquqiga ega ,bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Har kim respublikadan tashqariga chiqish huquqiga ega . O’zbekiston Respublikasi fuqarolari O’zbekistonga moneliksiz qaytish huquqiga ega. 29-moddada internetdan foydalanish har kimning huquqi deb e`lon qilinmoqda. Har kim internet jahon axborot tarmog`iga kirish va undan erkin foydalanish huquqiga ega. 30-moddada shaxsning o`ziga taaluqli hujjatlar va ma`lumotlarga oid huquqlari aniq yozilmoqda: Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o`z huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor bo`lgan qonunchilik hujjatlari, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta`minlashi shart. 32-moddaga mahalla idoralariga oid ta`rif kiritilyapti: Fuqarolarning mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan masalarni o`z manfaatlaridan, rivojlanishning o`ziga xos tarixiy xususiyatlardan, shuningdek milliy va ma`naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar hamda an`analardan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda va qonun doirasida hal etish huquqi hamda uni amalga oshira olish qobilyati fuqarolarning o`zini o`zi boshqarishi deb e`tirof etiladi. Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling