Referat o`zgarishlar mavzusida
Download 179.52 Kb.
|
REFERAT
36-moddadagi: “Har bir shaxs mulkdor bo`lishga haqli” degan jumla quyidagicha o`zgartirilyapti:
Har kim qonun bilan muhofaza qilinadigan mulkka, shu jumladan intellektual mulkka bo`lgan huquqqa ega. 37-moddaga mehnat huquqiga doir quyidagicha normalar qo`shilyapti: Har kim mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz va belgilangan mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoridan kam bo`lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga ega. Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori insonning o’zi va oilasi yashashi uchun yetarli bo’lishi kerak. Shu moddadagi : “Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunda ko’rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi” degan jumladan keyin quyidagicha yangi jumla qo’shilmoqda: Majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga ko’ra javobgarlikka sabab bo’ladi. 38-moddadagi “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to’lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi” degan jumla quyidagicha o’zgartirilmoqda: Har bir shaxs dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish va bayram kunlari, haq to’lanadigan har yilgi ta’tilga chiqish huquqiga ega . 39-moddadagi: “Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarning miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas” degan jumladagi “tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor” degan so’zlar “eng kam iste’mol xarajatlari” deb o’zgartirilmoqda. 40-moddaga sog’liqni saqlashga oid quyidagicha normalar qo’shilyapti: O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o’z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli. Davlat sog’liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish,sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug’urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo’yicha zarur choralar ko’radi. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat Orolbo’yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo’yicha zarur choralar ko’radi. Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling