Referat Qabul qildi : S. Polvonov Toshkent -2021


Download 1.15 Mb.
bet1/4
Sana05.01.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1080495
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Ro\'ziyev Shohruhmirzo1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNVERSTITETI
FIZIKA FAKULTETI
3-bosqich F-1903 guruh talabasi Ro‘ziyev Shohruhmirzoni “Atom fizikasi “ fanidan
Kompton effekti.” mavzusida yozgan


Referat
Qabul qildi :S.Polvonov
Toshkent -2021

MUNDARIJA


Kompton tajribasining sxemasi (6–rasmda) ko`rsatilgan 5
1.3. Kompton effekti haqida. 7
Xulosa 13
13
13
13
13
13
13
13
13
13
13
13
13
13
13
13
13
Foydalanilgan adabiyotlar. 13

1.1. Kompton effektining klassik nazariyasi . 3


1.2. Kompton hodisasining mohiyati va uning qonunlari. 5
1.3. Kompton effekti haqida. 7
Xulosa 13
Foydalanilgan adabiyotlar. 14

1.1.Kompton effektining klassik nazariyasi .
Kompton hodisasining klassik nazariyasi.
Tarqalayotgan yorug‘lik to‘lqinining elektr maydoni modda atomlari va molekulalari tarkibiga kiruvchi elektronlarni qo‘zg‘atib, u yoq bu yoqqa silkitib harakatga keltiradi.
Tebranayotgan elektronlar o‘z navbatida hamma tomonga nur tarqatuvchi ikkilamchi sferik to‘lqinlarning manbalari bo‘lib qoladi va natijada yorug‘likning kombinatsion sochilishi degan hodisa yuz beradi. Lekin, bir jinsli va shaffof (tiniq) muhitlarda yassi to‘lqin tevarak-atrofga sochilmasdan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi. Ikkilamchi barcha to‘lqinlarning natijaviy to‘lqini bitta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaluvchi to‘lqin hosil qilishlari uchun, ikkilamchi barcha manba elementlarini hajmi bir xil va ularning har biridagi atom-nurlatkichlarni soni ham bir xil bo‘lishi kerak. Bunday shartni bajarilishi uchun muhitni ideal bir jinsli va tiniq bo‘lishi talab qilinadi. Makroskopik nuqtai nazaridan yorug‘likni sochilishini ro‘y berishiga sabab muhitni nojins ekanligidir. Muhitni bir jinsliligi ozgina buzilgan bo‘lsa, u holda sochilgan nurlanishning ulushi ham tushayotgan parallel nurlarga yon tomonga o‘tib qaraganimizda ularni ko‘rmaymiz, chunki yorug‘lik deyarli yon tomonga sochilmaydi. Shunday qilib, sochilish muhitning bir jinsli bo‘lmagan sohasida ro‘y beradi, agar sohaning o‘lchami tushayotgan yorug‘lik to‘lqinining to‘lqin uzunligiga yaqin bo‘lsa, sochilish yanada kuchayadi.
Tajribalardan yaxshi ma`lumki hattoki har xil aralashmalardan juda ham yaxshi tozalangan qattiq, suyuq va gaz jismlarda ham yorug‘likning sochilishi yuz beradi. Albatta, sof jismlardagi yorug‘likning sochilishi kuchsiz, lekin shunga qaramay u prinsipial juda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hodisadir. Nima uchun sof deb hisoblangan moddalarda ham yorug‘lik sochilishi yuz beradi va ularda qanday qilib optikaviy nojinsliklar hosil bo‘ladi?
Ideal sof muhitning optik nojinsligini fizikaviy sabablarini 1908-yilda M.O.Smomuxovskiy ko‘rsatgan. Muhit molekulalarining tartibsiz issiqlik harakati tufayli unda zichlik fluktuatsiyasi ham sodir bo‘ladi.
Maksvellning elektrodinamik qonunlariga binoan rentgen nurlari – bu elektromagnit to‘lqinlaridir. Bu holda Kompton tajribasini quyidagicha yoritish mumkin. Chastotaga ega bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlarining elektr maydoni sochuvchi moddaning elektronlariga ta`sir etib, ularni shu chastotada tebratadi. Moddadagi elektronlar ozod elektronlar bo‘lgani uchun tebranish natijasida tezlanish oladi. Elektrodinamika qonuniga ko‘ra, tezlangan zaryad o‘zidan nur chiqarish lozim. Shuning uchun elektron tushayotgan nur chastotasidagi ikkilamchi rentgen nurlarini chiqaradi. Ularning chasotalari bir xil bo‘lgani uchun ikkilamchi nurning sochilish spektri birlamchi nurning sochilish spektrining ustiga tushadi. Boshqacha aytganda, sochilish spektrini siljigan komponentasi vujudga kelmaydi.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling