Referat Qabul qildi : S. Polvonov Toshkent -2021
Kompton hodisasining mohiyati va uning qonunlari
Download 1.15 Mb.
|
Ro\'ziyev Shohruhmirzo1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komptonning tajriba qurilmasi sxemasi To‘lqin uzunligi bo‘lgan monoxramatik rentgen nuri M
1.2 Kompton hodisasining mohiyati va uning qonunlari.
Rentgen nurlarining modda tomonidan sochilishini o`rganish natijasida Kompton 1923-yilda muhim hodisa kashf etdi. Bu hodisa bizning fotonlar haqidagi tasavvurlarimizni ancha chuqurlashtirdi. Kompton hodisasi shundan iboratki, Rentgen nurlarini yengil atomlar sochib yuborganida bu nurlarning to`lqin uzunliklari o`zgaradi. Keyinchalik bu nurlarning og`ir atomlar sochib yuborganda ham yuz berishi aniqlandi , biroq bu holda hodisa murakkabroq bo`lib chiqdi. Kompton tajribasining sxemasi (6–rasmda) ko`rsatilgan6-rasm Komptonning tajriba qurilmasi sxemasi To‘lqin uzunligi bo‘lgan monoxramatik rentgen nuri M manbadan chiqib grafitdan tayyorlangan H nishonga tomon yo’naladi, undan turli yo‘nalishlarga sochiladi. Burchagi yo‘nalishida sochilgan nur K kristall sirtiga yo‘naladi va undan qaytib detektor D orqali uning intensivligi hamda to‘lqin uzunligi o‘lchanadi.To`lqin nuqtai nazaridan rentgen nurlarini sochilishi modda elektronlarining majburiy tebranishlariga aloqador bo`lib, sochilgan yorug`likning chastotasi tushayotgan yorug`likning chastotasiga teng bo`lishi kerak.Kompton o`tkazgan puxta o`lchashlar shuni ko`rsatadiki, sochilgan rentgen nurlari orasida to`lqin uzunligi o`zgarmagan nurlardan tashqari to`lqin uzunligi kattaroq bo`lgan nurlar ham bo`lar ekan. Kompton tajribasining sxemasi(7-rasm) Rentgen nurlarining D1 ,D2 diafragmalar yordamida ajratilgan ensiz dastasini atomlari yengil bo`lgan modda (ko`mir, paraffin va boshqalar) sochib yuboradi. Sochilgan yorug`lik Rentgen spektrografi yordamida fotografiya yo`li bilan yoki ionizatsiya kamerasi yordamida o`rganiladi. Birlamchi dasta tarkibida to`lqin uzunligi ga teng bo`lgan monoxramatik rentgen nurlarigina bo`lsin. U holda sochilgan nurlar tarkibida bilan bir qatorda undan kattaroq to`lqin uzunligi ham bo`lar ekan. To`lqin uzunligini kuzatganda o`zgarishi sochilayotgan Rentgen nurlarining to`lqin uzunligiga va sochayotgan jismning materialiga bog`liq emas, lekin sochilish yo`nalishiga bog`liq. Agar birlamchi dastaning yo`nalishi bilan sochilgan yorug`lik yo`nalishi orasidagi burchakni deb belgilasak, to`lqin uzunligi o`zgarishining burchakka bog`lanishini quyidagicha ifodalash mumkin: bu yerda k=0,0241 tajribadan aniqlangan doimiy bo`lib, to`g`ri burchak ostida sochilgan vaqtda to`lqin o`zgarishining kattaligini ko`rsatadi. Shuni aytib o`tish kerakki, yuqorida tilga olingan qonunlar uncha katta bo`lmagan (ya`ni uncha qattiq bo`lmagan) nurlar va og`irliklari kichik bo`lgan (masalan, vodorod, uglerod,bor,alyuminiy) bo`lib, tarkibida atom yadrosiga qiyosan zaif bog`langan elektronlari bo`lgan moddalar uchungina to`g`ri bo`ladi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling