Referat Qabul qildi : S. Polvonov Toshkent -2021


-rasm. Kompton tajribasining sxemasi


Download 1.15 Mb.
bet4/4
Sana05.01.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1080495
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Ro\'ziyev Shohruhmirzo1

8-rasm. Kompton tajribasining sxemasi
Tajriba sxemasi quyidagicha: molibden antikatodli - rentgen trubkaning nurlanishi grafit parchasida sochiladi. Sochilgan rentgen nuri qator sistema orqali o‘tib spektrografning kristalliga tushadi. Va bunda sochilish burchagi -ni o‘zgartirish mumkin.
Kompton tajribasi quydagi natijalarni beradi.
1. Sochilish spektrida to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan birlamchi nurlar bilan bir qatorda λ -to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgam ikkilamchi rentgen nurlari mavjud bo‘lar ekan. Bu to‘lqin uzunligidan bir-biridan farq qiladi va bu farq juda ham kam.
2. -to‘lqin uzunlik doimo to‘lqin uzunlikdan katta ,ya`ni yoki
bo‘ladi.
3. Sochilish burchagi θ ortishi bilan siljimagan komponentaning intensivligi kamayadi, aksincha siljigan komponentaning intensivligi esa oshadi.
4. Siljigan nurning to‘lqin uzunligi sochilish burchagi θ ga bog‘liq, biroq sochuvchi moddaning tabiatiga bog‘liq emas. Kompton effektini tavsiflovchi formula quyidagi ko‘rinishga ega.

Qizig‘i shundaki litiy elementidan qilingan tajribada sochilgan nurlanish spektrida faqat bitta maksimum, ya’ni faqat siljish komponentasi kuzatiladi. Og‘ir element misda qilingan tajriba esa siljigan komponentaning intensivligi siljimagan komponentaning intensivligidan deyarli katta emas.
Agar Kompton hodisasini Rentgen fotonlarining modda atomlari bilan to‘qnashishi prossesi deb hisoblansa, uning yuqorida qayd qilib o‘tilgan xususiyatlarining barchasini tushuntirish mumkin.
Hamma yengil atomlarning Kompton hodisasida o‘zini bir xil tutishi sochish prossesi fotonlarning elektronlar bilan to‘qnashishidan iborat ekanligidan xabar beradi. Haqiqatdan ham, yengil atomlarda elektronlar yadroga zaif bog‘langan va rentgen nurlarining ta`sirida elektronlar o‘z atomlaridan oson ajraladi. Shuning uchun birinchi taxminda Kompton prossesini fotonlarni erkin elektronlar bilan sochib yuborishi deb hisoblash mumkin. Tushayotgan fotonning impulsi, sochilgan fotonning impulsi va elektronning to‘qnashuvidan keyingi impulsi o‘rtasidagi munosabat (9–rasm) ko‘rsatilgan. Zarb impulsining va energiyaning saqlanish qonuni shartlariga bo‘ysunish kerak.

(9-rasm)
Fotonning erkin elektronlar bilan to‘qnashishi elastik zarb, qonuniga bo‘ysunadi deb hisoblaylik, u holda to‘qnashayotgan zarrachalarning energiyasi va impulsi o‘zgarmasligi kerak. To‘qnashish natijasida biz dastlab tinch turgan deb hisoblagan elektron ma`lum tezlikka, demak shunga mos energiya va impulsiga ega bo‘ladi, foton esa harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi (sochiladi) va o‘z energiyasini kamaytiradi (uning chastotasi kamayadi, ya`ni to‘lqin uzunligi ortadi). Shuning uchun elektronning kinetik energiyasi uning to‘qnashuvidan oldingi va keyingi energiyalarining ayirmasiga teng bo‘ladi.
(5-ifoda)
Bu yerda mo-tinch yotgan elektronning massasi (chunki sochuvchi moddadagi elektronning tezligidan juda kam).
(6-ifoda)
Bu formulada ga teng
Bu yerdan energiyaning saqlanish sharti
To‘lqin uzunliklari farqi
Agar larni o‘rniga qiymatini keltirib quysak ekanligini topamiz . .
Yorug‘likning sochilishida to‘lqin uzunligini o‘zgarishini, to‘lqin nazariyasi nuqtai nazaridan Dopller hodisasi yordamida izohlab berish mumkin edi. Rentgen nurlarini sochayotgan elektronlar bu nurlar ta`sirida atomlardan turli yo‘nalishlar bo‘yicha har xil tezliklar bilan uchib chiqadi. Shunday qilib sochilgan nurlarning to‘lqin uzunligi sochuvchi elektronlarning tezligi va harakat yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda o‘zgarishi kerak. Sochuvchi elektronlarning qanday harakat qilishini hisoblab chiqib, Kompton hodisasining klassik nazariyasini yaratish qiyin emas.
Rentgen nurlarini sochilishi natijasida ancha katta tezlikka ega bo‘lgan elektronlarning harakati bevosita tajribada kuzatish mumkin. Shu maqsadda Vilson kamerasi yordamida tekshirishlar qilingan bo‘lib, bu kamera sochilgan nurlarning yo‘nalishini ham Rentgen nurlarining sochilishida urib chiqarilgan elektronlarning (“tepki” elektronlarining) harakat yo‘nalishini ham ko‘rsatadi. Elektronlarning yo‘lida ham, sochilgan rentgen nurlarining yo‘lida ham ionlar paydo bo‘lib, bu ionlarda suv bug‘i kondensatsiyalanadi, natijada yo‘llar ko‘rinadigan bo‘lib qoladi.
Kompton effektining klassik nazariyasi nuqtai nazaridan Dopller effekti yordamida izohlash uchun zarur bo‘lgan elektron va sochilgan nurlarning bir-biriga nisbatan yo‘nalishlarini hisoblash mumkin ekanligini oldin aytib o‘tgan edik. Ikkinchi tomondan, elektron va fotonlar yo‘nalishlarini bunday taqsimotini elastik to‘qnashishlar nazariyasi bo‘yicha ham hisoblab topish mumkin. Bu ikki xil nuqtai nazar har xil natijalar beradi.
O‘tkazilgan tajribalar hodisaning kvant nazariyasi to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi, shuning uchun hodisaning Doppler effekti yordamida izohlanishi qoniqarsiz deb topish zarur bo‘ladi. Kompton tajribasida fotonlarning bir qismi atomlarning ichiga kirib borishi ular bilan ichki elektronlar to‘qnashuvi ro‘y berishi mumkin. Shunday qilib, Kompton hodisasi fotoeffektning asosiy qonunlari singari fotonlar haqidagi tasavvurni tasdiqlaydi. Amaliyotda Kompton effekti.
1.Tibbiyotda Kompton effekti yordamida ko‘z kasalliklarini aniqlash muammolari tahlil qilindi.
2.Qon kasalliklari diagnostikasida Kompton effektining istiqbollari ko‘rsatib berilgan.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda
Mikrozarralar olamida kvant qonunlari o‘rinlidir. Kompton efektini yaratilishi Kvant fizikasiga yo‘l ochib berdi. Zarralarning sochilishi .harakatlanib ketayotgan moddaning elektromagnit to‘lqinlar nurlatishi shu jumlasidandir. Kompton prossesini fotonlarni erkin elektronlar bilan sochib yuborishi deb hisoblash mumkin.Va bu jarayonlar uchun energiya va impulsning saqlanish qonuni o‘rinlidir. Kompton tajribasida fotonlarning bir qismi atomlarning ichiga kirib borishi ular bilan ichki elektronlar to‘qnashuvi ro‘y berishi mumkin. Shunday qilib, Kompton hodisasi fotoeffektning asosiy qonunlari singari fotonlar haqidagi tasavvurni tasdiqlaydi. Ya’ni yorug‘lik kvantlari bo‘lgan fotonlar mavjud ekan, ularning tezligi ga teng ekan .Ular tinch holatda bo‘la olmaydi, tinch holatdagi masasi nolga teng. . Yer sirtining 1m2yuzasiga da o‘rtacha quyoshdan energiya kelib tushar ekan .

Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Г.С. Ландсберг “Оптика” Тошкент- “Укитувчи”-1981 й.
2. Ф.А. Королев “Физика курси” Тошкент-1978 й.
3. Sh.Sh. Usmanova “Kompton effektining amaliy qo‘llanilishi” Buxoro-2016 y.
4. M.Usmanov “Fizika “ Toshkent 2017 y.
5.G.Ahmedova ,O.B.Mamatqulov,I Xolbayev “Atom fizikasi” Toshkent -2013
Internet saytlari.
www.arxiv.uz
www.ziyonet.uz



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling