Referat Reja: Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari. Psixologik tadqiqot o‘tkazish shakllari


So‘rovdag bir savol keyingisi bilan bog'lik xolda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagixolatlarga so'rov jarayonida aloxida e’tibor berish lozim


Download 80.04 Kb.
bet8/8
Sana22.01.2023
Hajmi80.04 Kb.
#1108768
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- mavzu

So‘rovdag bir savol keyingisi bilan bog'lik xolda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagixolatlarga so'rov jarayonida aloxida e’tibor berish lozim:
1. Bir savol va unga beriladigan javob keyingi savollarga beriladigan javoblarga ta’sir o'tkazmasligi kerak.
2. Muayyan savoldan keyingi savol umuman boshqa mavzularga o'tib ketgan bo'lmasligi, bir savoldan boshqasiga o'tishda mavzu keskin o'zgartirilmasligi lozim.
Z. Savollarning tashqi ifodalanishi sinaluvchilarni u bilan ishlashga jalb eta olishi kerak (simmetrik to'gri bo'lishi, yozuv yoki og'zaki murojaat orqali beriladigan savollar chiroyli va tushunarli bo'lishi zarur).
4. Sinaluvchilarning individual xususiyatlari va surovning uzunligi bir-biriga mos bo'lishi (masalan, ota-onalar bilan so'rov o'tkazishda 5-6 savoldan iborat kichik anketalardan foydalanish) zarur.
5. So'rov so'ngida sinaluvchiga nisbatan minnatdorchilik va tashakkur izxor etilishi - «Javoblaringiz uchun tashakkur» , «Yordamingiz uchun raxmat» kabi ifodalarning keltirilishi maqsadga muvofiqbo'ladi.
Sinaluvchiga beriladigan savollar bir-biridan alohida va ajralgan emas.
Proektiv metodlar. Proektiv metod - shaxsni o'rganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchilar tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin bo'ladi. Aynan sinaluvchining bergan talqinini taxlil etish orqali uning shaxsi xakida muayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi ichki kechinmalari, uy xayollari, orzulari, qo'rquv va xavotirlarini tashqariga chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda qo'llaniladigan odatdagi proektiv metodikalar quyidagilardan iborat: «Bola apper-sepsiya testi», «Oilaviy ustanovkalarning Jekson testi», «Dyucc ertaklari metodikasi» va xokazolar. Ushbu metodikalarni qo'llash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha kun vaqt talab etadi. Proektiv metod bilan o'tkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta maxorat talab qilinadi.
Test. Test - shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish darajasini o'lchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yig'indisi. Test metodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) qo'llaniladi. Ushbu metod Bir qator ustun tomonlar gazga: Tadqiqotni sinaluvchilarning katta guruxi bilan o'tkazish mumkin natijalarni xisoblash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Metodning asosiy kamchiligi shundaki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi xaqida ma’lumot berolmaydi.Test metodi. Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligini yoki yaroqsizligini, istedodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qoTlanadi. Test metodining qimmat tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik maTumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog‘liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Binevauning shogirdi A.Simoninsonning aqliy o‘sish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning is’tedod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni
hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaduvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydi. Psixologlar K.M. Gureviya, V.A.Krutuskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qiladilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrga oid testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayze, Anastaze, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlar (ular darslardan berilgan va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlar (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga moTjallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqish, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullradan iboratdir). shaxs “loyihasi” (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talabqilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi. Psixologiya fanida xozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy soxasiga xos sifatlar, motivatsion soxasiga tegishli xususiyatlar, individual tipologik xususiyatlari, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus testlarning to'plamlari mavjud.
Nazorat uchun savollar
1. Psixologik tadqiqotlarni o‘tkazish shakllarini izohlab bering.
2. B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini nechta guruhga ajratgan va ular qaysilar.
3. Determinizm tamoyilini izohlang.
4. Ong va faoliyat birligi tamoyilini izohlang.
5. Faoliyatda psixikani rivojlanishi tamoyilini izohlang.
6. Bolalar psixologiyasi fanining yordamchi metodlari haqida gapiring.
7. Bolalar psixologiyasi fanining tamoyillari va ularning asosiy mohiyati.
8. Bolalar psixologiyasi fanida sotsiometriya metodining ahamiyati.
Download 80.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling