Referat Reja: Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari. Psixologik tadqiqot o‘tkazish shakllari


Download 80.04 Kb.
bet1/8
Sana22.01.2023
Hajmi80.04 Kb.
#1108768
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- mavzu



Termiz davlat universitetining
Pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
21-03-guruh sirtqi bo’lim talabasi
Xaitbayeva E’zozaning

Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanidan tayyorlagan


Referat

Reja:

1. Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari.
2. Psixologik tadqiqot o‘tkazish shakllari.
3. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlar.
4. Bolalar psixologiyasi fanining tamoyillari.
5. Bolalar psixologiyasining yordamchi metodlari.

1. Bola psixikasining o ‘rganish prinsiplari.
Bola psixikasini o’rganishda tadqiqotchi bir qator prinsiplar qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim buladi. Bu prinsiplar quyidagilardan iborat:
Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talkinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. masalan, mashgulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan xodisa xaqidagi ma’lumot bulib xisoblanadi. Lekin «bola e’tiborsiz» deb aytish xodisaning talqinidir. Xodisaning o' zi bilan uning talqinini aralashtirib
yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo'lsa ham, tarbiyachi so'zlariga katta e'tibor berayotgan bo'lishi mumkin.
Sababiylik prinsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlarni xosil bo'lishi sharoit va omillarni imkon kadar o'rganishni talab qiladi. Masalan, mashg'ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan bo'lsa, bu xodisaning iloji boricha kuchliroq sabablarini aniqlashga urinish kerak mashgulotda bola charchab qoldimi o'tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va xokazo.
Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi bola psixikasi shakllanishi jarayonini ko'chadagi biron narsa bola e’tiborini o'ziga tortdimi,
, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi ushbu prinsipga muvofiq oldindan:
a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak;
b) tadqiqotda o'rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;
v) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o'tkazilishini belgilash zarur.
1. Dialektik materializm ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, hayol kabi bilish jarayonlarida
Shuningdek, shaxsning xususiyatlari vakolatlarida, diqqat, his-tuyg‘u va harakter hislatlarida, qiziqish va ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarimsharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi hamda o‘zaro induksiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli yo‘sindagi muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitlarda tormozlanishini (qo‘zg‘alishini), muvaqqat bog‘lanishlarning yo‘qolayotgani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imkonini beradi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mehanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanzmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko‘ra har ikkala mexanzm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks ettirishda, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar sifatida ifodalanishidan iborat.
3. Psixikani tadqiq etish insonning butun (Ontogenezidagi) ongli faoliyatini -uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odamzotning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o‘yin, mehnat, o‘qishda), xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilari, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarini o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontegenezda uning his-tuyg‘ulari, harakateri, qobiliyati, tafakkuri, extiyojlari. e’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari. tilaklari, hoxishlari pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi.
4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘laroq va aniqroq aks ettrish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlar, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Tarixiy materializm ta’limoticha, insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan to‘zumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, e’tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
6. Insonning borliqni (voqelikni) aksettirish - faoljarayondir. ma’lumki, inson zotining rivojlanishi ob’ektiv borliqqa (voqelikka) va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o‘yini, ko‘zatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarolashuvi, iqtidorining takomillashuvi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.

Download 80.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling