Referat Reja: O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi
Markaziy saylov komissiyasi bayonnomasidan
Download 46.25 Kb.
|
Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati referat
Markaziy saylov komissiyasi bayonnomasidan.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mam¬lakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, asoratdan qutuldi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining ha¬yotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Тarixdan bizga ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar vujudga kelib, ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ular¬ning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik, mustaqillik uchun kurashlari natijasida parchalanib ketgan. Bu tarixiy jarayon XX asrda ham takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo‘ldi, imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiyalardan biri bo‘lmish SSSRning parchalanishi ham ana shu tarixiy-qonuniy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham qonuniy- tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir. 1991- yil 31- avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr — milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston xalqi o‘z taqdirini o‘z qo‘liga oldi, siyosiy, ma’naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la huquqli, suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi. Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Res¬publikasini suveren davlat sifatida Тurkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar. Qadrli janob Prezident, mamlakatingizda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni va sobiq sovet Ittifoqi respublikalarini birlashtirib turgan Ittifoqning tugaganligini hisobga olib, Qo‘shma Shtatlar hukumati O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida taniganligini Sizga xabar qilishdan mamnunman. AQSH Prezidenti Jorj Bushning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovga yo‘llagan shaxsiy maktubidan. 1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan. Joriy yilning 20-iyun sanasida ushbu tarixiy hujjat qabul qilinganiga 30 yil to‘ladi. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati eng avvalo, mamlakatimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, erkin tafakkur asosida yashash, fikrlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kabi jihatlar bilan izohlanadi. Mustaqillik deklaratsiyasida mamlakatimiz hududida asrlar davomida shakllangan davlatchilik, fan-ta’lim va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tajriba va an’analari o‘z aksini topgan. Mazkur hujjatning murakkab sharoitlarda qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqillikka erishish sari tashlangan qat'iy va muhim qadami bo‘ldi. Shu ma’noda, Mustaqillik deklaratsiyasi nafaqat huquqiy, balki jamiyat va davlat hayoti hamda O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning bugungi munosib hayotini va ertangi taqdirini belgilab beruvchi siyosiy hujjatdir. Mustaqillikning o‘tgan davri mobaynida mamlakat ichki siyosiy tizimida davlat hokimiyati idoralari faoliyati demokratik tartib-qoida va an’analar asosida qayta tashkil qilindi. Xususan, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari tashkil topdi. Mamlakatda siyosiy plyuralizmga asoslangan ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllantirildi, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugun O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng va to‘la huquqli a’zosidir. Hozirda O‘zbekiston BMT, ShHT, MDH, EHXT va IHT kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyatidagi eng asosiy vazifasi – davlatimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdir. Bu borada O‘zbekiston izchil tinchlikparvar siyosatini yuritib kelmoqda. Bunday siyosat o‘zaro ochiq va konstruktiv muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillarini hamda mamlakatimiz atrofida “farovonlik kamari”ni yaratish va mustahkamlashni o‘zida aks ettiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston bilan keng va faol hamkorligi bunga misol bo‘la oladi. Tarixan mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining strategik muhim nuqtasida joylashgan. Bunday joylashuv asrlar davomida mamlakatimiz xalqida bag‘rikenglik, yuksak ma’naviy qadriyatlar, turli millat va elatlar taqdiriga befarq bo‘lmaslik, aksincha o‘zaro hamkorlikda rivojlanish modelini shakllantirgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda mustaqillikka erishdi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, yangilanishlar va o‘zgarishlarning tub mazmun-mohiyati mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan. Xususan, siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Download 46.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling