Referat sinxron raqamli iyerarxiya (sdh) Reja: Kirish Asosiy qism


Download 271.57 Kb.
bet1/9
Sana28.02.2023
Hajmi271.57 Kb.
#1236642
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SDH









Toshkent - 2022

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA DASTURIY INJINIRING KAFEDRASI KATTA O’QITUVCHISI ISAKOV MUXRIDDIN MARIFJON O’G’LINING RADIOELEKTRON TIZIMLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI TINGLOVCHISI BO’LISH UCHUN TAYYORLAGAN
REFERAT

SINXRON RAQAMLI IYERARXIYA (SDH)


Reja:



  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Sinxron raqamli iyerarxiyali (SDH) tolali optik aloqa tizimlari.

  2. Sinxron raqamli iyerarxiya tizimlarining tuzilish xususiyatlari.

  3. SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli iyerarxiya oqimlarining shakllanishi.

  1. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  2. Xulosa


Kirish
Telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan raqamli uzatish tizimlari(RUT) ma’lum iyerarxiya asosida tashkil qilinadi, u quyidagi asosiy talablarni qanoatlantirishi kerak:
analog, diskret va raqamli signallarning barcha turlarini RUTning kanallari va taktlari orqali uzatilishini;
signallarga iyerarxiyaning turli bosqichlarida ishlov berish va ularni uzatish tezligining tegishli karraliligini;
uzatilayotgan raqamli oqimlarni eng oddiy holda birlashtirish, bo‘laklarga bo‘lish, ajratib olish va tranzitlashning mumkinligini;
RUT ning parametrlarini mavjud bo‘lgan va kelajakda bo‘ladigan yo‘naltiruvchi tizimlarning tavsiflarini hisobga olgan holda tanlanishini;
Bir turdagi ma’lumotlarning signallari uzatilayotganda RUT ning o‘tkazish qobilyatidan eng yaxshi holda foydalanish kerakligini. RUT iyerarxiyasining shakllanishi komponentlar deb ataluvchi past tartibli raqamli oqimlarni yagona raqamli oqimga birlashishi asosida amalga oshadi, buni guruhli yoki agregat raqamli oqim deyiladi.
Hozirgi paytda RUT iyerarxiyasining ikki turi qabul qilingan:
-plezioxron raqamli iyerarxiya (PRI) yoki Plesiochronous Digital Hierarchy (PDH);
-sinxron raqamli iyerarxiya (SRI) yoki Synchronous Digital Hierarchy (SDH).
RUT ni tashkil qilishning iyerarxiya prinsipi kanal hosil qiluvchi uskunani bir xillashtirishga, tegishli uskunani ishlab chiqarish, tadbiq qilish va undan texnik jihatdan foydalanish jarayonlarini soddalashtirishga va umuman telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga imkon beradi. RUT tashkil qilinayotganda boshlang‘ich signal sifatida tezligi 64 kbit/s ga teng asosiy raqamli kanal-ARK (yoki DSO-Digital Signal of Level O)ning signalidan foydalaniladi.



Download 271.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling