Referat sirtqi bolim fakulteti «boshqarish hisobiga kirish»


Direkt-kosting hisob usuli


Download 0.59 Mb.
bet7/7
Sana17.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1204707
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshqaruv hisobiga kirish Referat Xalbayev Kuvandik

Direkt-kosting hisob usuli - korxona xarajatlarini ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog'liq holda doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'lishdan iborat. Dastlabki bosqichda tannarxga faqat o'zgaruvchan xarajatlar kiritilar edi, doimiy xarajatlar esa korxonaning moliyaviy natijalariga hisobdan chiqarilar edi. Direct-Costing-System (bevosita xarajatlar hisobi tizimijning nomi ham shundan kelib chiqqan, keyinroq "Direkt-kosting" tizimi shunday hisob tizimiga aylandiki, unda tannarx faqat bevosita ozgaruvchan xarajatlar qismida hisob qilinadiganbo'ldi. Mazkur nomdagi bir qator shartliliklar ana shundan kelib chiqqan. Amaliyotda "Direkt-kosting" tizimini turli variantlarda qo'llash imkoniyati mavjud. Bevosita xarajatlar bo‘yicha kalkulatsiyalashni ko‘zda tutuvchi klassik
"Direkt- kosting" tizimida xarajatlami kalkulatsiyalash o'zgaruvchan xarajatlar bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va toliq quvvati bo‘yicha foydalanish xarajatlarini kalkulatsiyalash jarayoniga barcha o'zgaruvchan xarajatlar hamda umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi kiradi. Bulaming barchasi ishlab chiqarish quwatidan foydalanish koeffitsientiga muvofiq aniqlanadi.
Standart-kost hisob usuli – bu xarajatlar hisobi va tannarxni aniqlash tizimi bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxi avvaldan puxta, obdon hisoblab chiqilgan normativ xarajatlar yordamida baholanadi, keyin esa haqiqiy qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi. Normativ va haqiqiy xarajatlar o‘rtasidagi farq chetlanish deb ataladi. Xarajatlarni samarali boshqarishning muhim vositalaridan biri chetlanishlar tahlili deb yuritiladi.
ABC (“Activity-Based Costing”) Xarajatlarning funksional hisob usuli –
SCA (“Strategic Cost Analiysis”) Xarajatlarni strategik tahlil qilish usuli - xarajatlarni strategic tahlil qilish tizimi boshqaruv hisobining muhim elementi sifatida 90-yillarda paydo bo'ldi. Mazkur hisob tizimining asosiy tarkibiy qismi va markaziy ob’ekti.

  • Iste’mol qiymatini shakllantirish zanjiri hisoblanadi.

Iste’mol qiymatini shakllantirish zanjiri usulida har bir tarkibiy bo'linma oldiga iste’mol qiymatini hozirgi darajada saqlagan holda xarajatlarni kamaytirish yoki xarajatlarni ko‘paytirmagan holda iste’mol qiymati (daromad)ni oshirish imkoniyatini qidirish vazifasi qo‘yiladi.
Zanjirning har bir xalqasi ishlab chiqarish jarayonida zarurligi, shuningdek, iste’mol qilinadigan resurslar nuqtai-nazaridan tahlil qilinadi, shundan so‘ng aniq muomalani bajarish qiymatini tavsiflovchi o'lcham
-Cost Driver (kost-drayver) aniqlanadi. Kost-drayver va qiymatni shakllantirish zanjirini qayta qurish natijasida raqobatchilar ustidan barqaror mavqega ega bo’lishga harakat qilinadi. Bundan tashqari boshqaruv hisobi korxonani keskin raqobat sharoitida marketing maqsadlariga bo'ysunishiga olib keladi. An’anaviy boshqaruv hisobida yagona kost-drayver bo'lib mahsulot hajmi hisoblansa, xarajatlami strategik tahlil (SCA) qilish usulida ikkita: tarkibiy va operatsion kost-drayverlar ko'rib chiqiladi. Tarkibiy kost-drayveming beshta mezoni mavjua:
-ishlab chiqarisbning ko‘lami (ishlab chiqarishga, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI) va marketingga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi); -ta’sir doirasi (vertikal integratsiya darajasi);
-tajriba (kutilayotgan muomalalarni amalga oshirishning awalgi iqtisodiy tajribasi natijasi qanday bo‘lgan?);
-texnologiyalar va ularning xususiyatlari;
-murakkablik mahsulot (ish, xizmatlar) nomenklaturasining kengligi). Operatsion kost-drayverlar korxonaning tarkibiy siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashishi bilan tavsiflanadi. U ham o‘z navbatida quyidagi bolaklarga bo‘linadi:
-xodimlarni jalb etish — korxonaning umumiy maqsadiga erishisb uchun xodimlar qay darajada bu ishga jalb etilgan;
-umumiy sifat nazorati (TQM - Total Quality Management);
-quwatlardan toliq foydalanish darajasi;
-mahsulotlaming konstruktsiyasi;
-mol yuboruvchi va xaridorlar bilan aloqalar.
Agar mahsulot tannarxi an’anaviy baho shakllanishining asosi qilib olinsa, korxonaning mahsulot hajmi va chakana bahosi bazasida
-"Aniq mo’ljalli tannarx" nomli bizga notanish bo‘lgan yangi kategoriya tug‘iladi.
Shunday qilib, xarajatlami strategik boshqarishga ishlab chiqarish hajmini nazorat qilish, xarajatlami iqtisod qilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, sotish va reklama xarajatlarini minimal-lashtirish orqali erishiladi.
Misol. Kom paniya videotexnika ishlab chiqarish jarayonida videomagnitofonlarni takomillashtirib, o‘z- o‘zini tozalab boruvchi qalpoqchalar bilan jihozlashi uchun 10 dollar qo‘shimcha mablag sarflaydi. Bu an’anaviy boshqaruv hisobi nazariyasi bo‘yicha ortiqcha xarajatdir. Agar xaridor qalpoqchani o‘zi sotib olsa, bu unga yiliga 20 dollarga tushadi. Videomagnitofon 5 yil xizmat qilsa, demak xaridor 100 dollar qo‘shimcha mablag* sarflaydi. Ishlab chiqaruvchi shuni inobatga olib, iste’mol qiymatini shakllantirish zanjiri qoidasiga binoan (100 -10 = 90)
90 dollar iqtisod qilinadigan mablag‘ hisobidan bahoni 10 dollarga oshirishi mumkin. Demak, korporativ strategiya korxona erishishni maqsad qihb qo‘ygan strategik maqsadlar to‘plami bo‘lib, ularni amalga oshirish natijasida korxonada bajariladigan ishlar modelini tuzish, korporativ strategiyani ro‘yobga chiqarishda korxona biznes jarayonining qayta tashkil qilinishini ta’minlaydi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling