Реферат «Соха иқтисодиёти ва менежменти»


Download 47.06 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi47.06 Kb.
#136693
TuriРеферат
Bog'liq
Korxona ishlab chiqarish harajatlari va foydasi11


ЎЗБЕКСИТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ИСЛОМ КАРИМОВ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ОЛМАЛИҚ ФИЛИАЛИ

________________________________________________________” КАФЕДРАСИ



Руйхатга олинди

_________________



«_____» ____________2020 йил

_______________ Мўминов В.

РЕФЕРАТ


«Соха иқтисодиёти ва менежменти» фанидан

Таълим йўналиши: ТМЖ 3С-18

Бажарди: Қамбаров Файзулла

Қабул қилди: Хасанова Х.Х.
Олмалиқ – 2020 й.
Korxonaning ishlab chiqarish va bozor munosabatlari
Reja:


  1. Kirish

  2. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati.

  3. Xarajatlar klassifikatsiyasi.

  4. Bozor munosabatlari

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir.

Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqtni ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Keling endi xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni ko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tova ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollarini amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u savdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol va boshqa hollarni e’tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrga asoslangan.

Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. U resurslarning chegaralanganligi, noyobligidan va ulardan al’ternativ foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog`oz va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tshuniladi. Bundan ma’lum ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan biron-bir resursni iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarni chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o`zida biror bir narsadan vos kechishni anglatadi. Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar — korxona tomonidan resurslarni yetkazib beruvchilarga to`lov, shuning deb ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga oshirish uchun xuddi shu korxona tomonidan qo`llanishini ta’minlovchi ichki xarajatlardir. Yuqorida berilgan tarifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga bo`linishini ko`rishimiz mumkin. Tashqi xarajatlarga o`z mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ya’ni ish haqi, yoqilg`i, xom ashyo va shu kabilarga tshuniladi. Ichki xarajatlar bu xususiy korxona egasi yoki magazin egasi o`ziga ish haqi to`lamaydi yoki o`z pulini savdoga qo`ygan bo`lsa, bankga qo`ygan taqdirdagi protsentini olmaydi. Ammo firma egasi normal foyda oladi. Aks holda bu ish bilan shug`ullanmas edi. Normal foyda xarajatlarni bir elementini tashkil etadi. Undan tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki va tashqi shuningdek normal foydani chegirib tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan buxgalteriya foydasi, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Xarajatlar klassifikatsiyasi.
Korxonalarni yalpi xarajatlari (IH) doimiy (DX) va o`zgaruvchan (OX) xarajatlardan iborat bo`ladi.

Doimiy xarajatlar — bu ijara to`lovi, qorovullik xizmati to`lovi, boshqaruvchi va muxandislar maoshi va shu kabilardan iborat bo`ladi va ishlab chiqarish xajmiga bog`liq bo`lmaydi.

O`zgaruvchan xarajatlar — doimiyga kirmagan boshqa hamma xarajatlar, ya’ni xom ashyo, materiallar, yoqilg`I, elektr energiya, ish haqi va shunga o`xshashlardan iboratdir. Korxona faoliyatini tashkil etish va oqilona boshqarish mahsulot birligiga qilingan xarajatlar (O`IH) bilish muhimdir. O`rtacha xarajatlar, umumiy xarajatlar miqdorini korxona ishlab chiqargan mahsulot hajmiga bo`lish orqali hisoblanadi. Xuddi shu yo`sinda o`rtacha doimiy (O`DX) va o`rtacha o`zgaruvchan (O`O`X) xarajatlar farqlanadi.

Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish uning miqdorini muttasil oshirib borishdan iboratdir, ushbu xol esa chegaraviy xarajatlar tshunchasini qo`llashga sabab bo`ladi.

Chegaraviy xarajatlar (ChX) deganda hisoblangan va aslida ishlab chiqarish hajmiga nisbatan har bir qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar.

Yuqorida qayd qilingan endiki doimiy xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog`liq bo`lmaydi, aksincha o`zgaruvchan xarajatlar esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog`liqdir, ammo bu bog`liqlik bir xilda emasdir. Birinchi bosqichda o`zgaruvchan xarajatlar kamayib boradi, chunki ishlab chiqarish ko`lami oshib boradi. Ma’lum davrdan boshlab o`zgaruvchan xarajatlar birligini (masalan mehnat) belgilangan resursga (yer, kapital) qo`shib borish kamayib boruvchi qo`shimcha yoki chegaraviy mahsulotni beradi. Bu hol iqtisodiyotda “kamayuvchi samara qonuni” degan nomni olgan. Masalan, stanokda xizmat ko`rsatuvchi ishchilarning soni ortib borsa unda ularning qanchalik ko`proq ishlab chiqarishga jalb etilishiga mos ishlab chiqarish hajmi sekin o`sib boradi. Demak, korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori qo`llanilayotgan resurslarni miqdoriga bog`liq. Ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan resurslarning miqdorini ayrim hollarga nisbatan tez o`zgartirish mumkin, boshqa hollarda esa u uzoq davrni talab etadi. Binobarin, iqtisodiy tahlil jarayonida qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarni farqlash zarurdir. Iqtisodiy nuqtai nazaridan ular o`rtasidagi farq ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartira olishidadir. Qisqa muddatli davrda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tshurish mumkin. Shunga ham e’tibor berish kerakki, ushbu davrlarni chegarasi har xil tarmoqlarda turlichadir. Qisqa va uzoq davrini farqlash firmani foydasini ko`paytirish strategiyasi va taktikasini aniqlashda muhimdir.

Firmaga qisqa muddatli davrda qaror qabul qilishida mahsulot birligi xarajatlarni ta’siri muhimdir. Mahsulot birligiga xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish o`sib borgan sari pasayadi, chunki ularni absolyut miqdori o`zgarmasdir. O`zgaruvchan xarajatlar boshlang`ich davrda, ishlab chiqarish ko`lamlarini ortishi sababli kamayib boradi. Undan so`ng esa ko`lam samarasini ustidan “kamayuvchi samara” qonuni ustun kelishi natijasida mahsulot birligi o`zgaruvchan xarajatlar o`sib boradi. Masalan, konditer fabrikada dastgohlarni uch smena ishlatish, ularni ishlash samarasini pasayishiga olib keladi, chunki uchinchi smenada ishlash dastgohlarni profilaktika qilishga imkon bermaydi, natijada dastgohlarni unumsiz to`xtashlari ko`payadi va u ishlab chiqarish natijalariga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bunda yalpi xarajatlar (O`IH) egri chizig`i uni tashkil etuvchi O`DX va O`O`X har biriga nisbatan tezroq pasayib boradi.

Birinchi grafikdan shuni ko`rish mumkinki agar chegaraviy xarajatlar (ChX) o`rtacha xarajatlar (OIH) kam bo`lsa unda o`rtacha xarajatlar kamayadi, bu chegaraviy xarajatlar oxirgi o`sishidir va hamma oldingilaridan kam bo`lguncha davom etadi. O`IH va ChX egri chiziqlari kesishgan nuqtasi o`rtacha xarajatlarni eng kam miqdori yoki minimumini ko`rsatmoqda. S nuqtani o`ng tomonida O`IH o`rtacha yalpi xarajatlarga tengdir. Ushbu nuqta zararsizlik nuqtasi deyiladi.

Agarda bozor narxi S nuqtadan pasaysa unda korxonalar ushbu tarmoqni tashlab boshqa tarmoqqa o`tib ketadilar. Bu nuqtada faqat yangi mahsulotni ishlab chiqarishga o`tgan korxonalar davom ettirishi mumkin bo`ladi yoki korxona o`tkazgan tahlil ushbu tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisqa muddatda talabni ko`tarilishi natijasida baxoni ko`tarilishini tasdiqlasa korxona o`z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo`ladi.

N nuqtadagi firmani axvoli birmuncha og`irroq bo`ladi, chunki bu nuqtada sotish narxi o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarga teng bo`ladi (O`O`X). Korxona o`z xarajatlarini qoplay olmaydi. Bunday vaziyatda korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishni to`xtatishi lozim bo`ladi. Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartirish mumkin. Firma bu davrda ishlab chiqarish maydonini yangi qurilish hisobiga kengaytirish, sexlarda yangi dastgohlarni o`rnatish, yangi ishchilarni ishlab chiqarish jarayoniga tortishi mumkin, demak uzoq muddatli davrda hamma xarajatlar o`zgaruvchan xarajatlar sifatida maydonga chiqadi. Firmani kengaytirish davrida yalpi xarajatlar o`zgaradi. Boshida ko`lam (mashtab) samarasi hisobiga kamayadi. Undan keyin ishlab chiqarish ko`lam samarasi ta’siri tamom bo`lgandan keyin u eng kam miqdoriga yetadi. Shundan so`ng yalpi xarajatlarni ortishi jarayoni boshlanadi.

Quydagi rasmda S1—D1, S2—D2, S3—D3 ordinatalar va undan keyingilari firmani quvvatlarini oshirish davridagi yalpi xarajatlarini ko`rsatadi. Rasmdan shuni ko`rish mumkinki yalpi xarajatlarni eng kam darajasi 3-variantda undan keyin esa o`sish ro`y bermoqda. Ishlab chiqarish quvvatlarini ortishi sharoitida yalpi xarajatlarni dinamikasini S1, S2, S3, S4, S5 egri chiziqlar aks ettiradi va ular ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni har bir bosqichiga to`g`ri keladi.

Shu bilan birga ushbu egri chiziqlar — bu korxonani tanlash egri chiziqlaridir. Bozorda sharoit o`zgardi — quvvatlarni oshirish yoki kamaytirish to`g`risida firma yangi qarorni qabul qilishi lozim bo`ladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini muttasil kamaytirib boorish, korxonani foydaliligini oshirishning asosiy vositasi bo`lib hisoblanadi. Chunki korxonaning xarajatlari qanchalik kam bo`lsa foyda miqdori shunchalik ko`p bo`ladi. Bizning mamlakatimizda buhgalteriya hisobida “xarajatlar” tushunchasini o`rniga “tannarx” tushunchasi ishlatib kelingan. Tannarx mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini yig`indisidan iborat. Uni asl va meyoriy xarajatlar asosida hisoblanadi. Bu tushunchalar o`rtasida farq mavjud.

Maxsulot tannarxiga:


  1. xom ashyo va materiallar.

  2. yoqilg`i va moylash materiallari.

  3. elektr energiya xarajatlari.

d) asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish amortizatsiya ajratmasi.

e) ish haqi.

f) ijtimoiy sug`urta ajratmalari.

g) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari (sex, brigade boshliqlarining ish haqi).

h) umumiy xo`jalik xarajatlari (korxona boshqaruv xodimlari) ish haqlari kiradi.

Mahsulot tannarxi tarkibi har bir sanoat tarmoqlarida o`ziga xos xususiyatga ega. Masalan, neft sanoatida mehnatga haq to`lash va asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizatsiyasi uchun nisbatan ko`p xarajat qilinadi, yengil, oziq-ovqat sanoatida xom ashyo va materiallar salmog`i 85—90% ga yetadi.

Qishloq xo`jalik mahsulotlari tannarxi tarkibi sanoatnikidan ancha farq qilib, urg`lik, o`g`it, yem-xashak qiymati, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Shu xo`jalikning o`zida yetishtirilgan urug`lik, yem-xashak va boshqa mahsulotlar o`z tannarxiga ko`ra boxolanadi. Sotib olingan urug`lik, yem-xashak, mineral o`g`itlar, yoqilg`i va boshqa mahsulotlarni olib kelishga ketgan harajatlarni ham hisobga olgan holda baxolanadi. Qurilishlarda tayyorlangan mahsulot tannarxini aniqlash o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib bunda, xarajatlarning eng ko`p qismi qurilish materillari hisobiga tog`ri keladi, bu mahsulot tannarxini aniqlashda qilingan sarf-xarajatlar qiymatini bitkazilgan binoning kv/m miqdoriga taqsimlanadi.

Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib boorish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa shunga mos foyda miqdori oshib boradi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu fan-texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va yangi texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan-texnika taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prensipial yangi texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy nematlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Xarajatlarni pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda yo`qotishlarni kamaytirish yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshiishga olib keladi.
Baho korxona foydasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning shakllanishi bilan talab va taklif nazariyasi mavzusida tanishgan edingiz.

Narx — (baho) tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo`lishi mumkin, bu esa bozordagi o`sha tovarga bo`lgan talab va uning taklifiga bog`liq bo`ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaligi sifati va boshqa tovarlar o`rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid quvvatiga xam bog`liq bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy muammolaridan biri — nima ishlab chiqarish kerakligini xal etadilar. Baho tovar taklifi, axolini to`lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarini oshib yoki kamayib ketishi to`g`risida korxona egalariga axborot beradi.

Baxoning ya’na bir vazifasi qiymat o`lchovidir bunda qilingan xarajatlar va olingan natija (mahsuot yoki xizmatlar) biron bir narx yordamida hisob kitob qilinadi.

Rag`batlantirish vazifasi — foyda, tovar bahosi bilan uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar o`rtasidagi farqqa teng bo`ladi. Muayyan baho sharoitida ko`proq foyda olish uchun xarajatlarni kamaytirish zarur. Shu sababli, korxonalar tejamli ish tutib xarajatni pasaytirishga xarakat qiladi. Buning uchun, ishlar chiqaruvchilar resurslardan ratsional foydalanishi ilg`or texnika va texnologiyani, mehnatni ilmiy tashkil qilishni, ishlab chiqarishga joriy qilishga majbur bo`ldilar. Baho yana bir taqsimlash vazifasini bajaradi. Ma’lumki korxonalarning olgan daromadi tovarning narxiga bog`liq. Muayyan xarajatlar qilingan sharoitda baxoni qiymatga nisbatan pastga va yuqoriga o`zgarishi foydaning ishlab chiqaruvchilar o`rtasuda har xil taqsimlanishga olib keladi. Buning natijasida bir xil ishlab chiqaruvchilarni daromadlari o`sadi, boshqalar esa tovar sotishdan zarar ko`radilar. Baholar tovar pul muomalasi shakli va realizatsiya qilinadigan mahsulot turiga muvofiq farqlandi, ammo bahoning har xil turlari bir-biri bilan o`zaro bog`liq va yagona tizimini tashkil etadi. Bularga: a) ulgurji baholar bilan firmalar o`z mahsulotlarini katta hajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotadilar. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni va zarur foydani olishni ta’minlab berishi zarur. b) tovarlar aholiga chakana baholar yordamida sotiladi. Bu baholarga davlat savdosi, ite’mol kooerasiyasi, kolxoz bozori, komission savdo baholari kiradi. Chakana baho darajasiga aholining real daromadlari bog`liq bo`ladi. v) xarid baholari qishloq xo`jalik mahsulotlarini davlat tamonidan sotib olishda ishlatiladi. g) dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida qo`llaniladi. Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o`zining vazifalari orqali ta’sir etadi. Korxonalarning ish faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha ko`rsatkichlar mavjud. Ulardan birinchisi sotilgan mahsulot hajmi yoki korxonani yalpi maxsulotidir.Firma tomonidan bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatllarni puldagi ifodasiga uning yalpi maxsuloti deyiladi. Masalan, korxona bir yilda 20 ming dona mahsulot ishlab chiqaradi va uni har birligini 300 so`mdan sotdi, unda korxona mahsulotini sotish hajmi yoki mahsulot 6 million so`mni tashkil etadi. (20 ming*300 so`m=6 mln. so`m).

Korxona faoliyatini aks ettiruvchi asosiy ko`rsatkichlardan yana biri bu firmani yalpi foydasi. Korxonani yalpi mahsulotidan uning ishlab chiqarishga sarf etilgan xarajatlari chegirib tashlanadi. Bizning misolimizda, agar biz korxonaning xarajatlari 3mln. so`mni tashkil etadi. (6 mln.—3 mln. so`m=3 mln so`m).

Korxonani yalpi foydasidan u soliq to`lashi lozim va hamma to`lovlarni to`lab bo`lgandan so`ng qolgan qismi korxonani sof foydasini tashkil etadi. Agar biz ushbu to`lovlar 1 mln. so`mni tashkil etdi deydigan bo`lsak, unda korxonani sof foydasi 3-1=2 mln so`mga teng bo`ladi. Ana shu sof foydani korxona mustaqil ishlatadi. U ishchilarni va xodimlarni moddiy rag`batlantirishga, ishlab chiqarishga, ijtimoiy sohaga va sug`urta fondlariga sarf etiladi.

Sof foydani ishlatish yo`llarini tanlashga davlat sog`liqlari, soliq imtiyozlari, shuningdek iqtisodiy choralar bilan ta’sir ko`rsatadi. Foydani taqsimlash asosida butun jamiyat manfaatlarini, mehnat jamoalarining manfaatlari bilan muvofiqlashtirish, ularda o`z faoliyatini takomillashtirishdan, foydaning yaratilishi va undan ishlab chiqarishni kengaytirish, ijtimoiy rivojlantirish, ishchilarni moddiy rag`batlantirish uchun foydalanishdan manfaatdorlikni vujudga keltirishga ketadi.

O`zbekistonda bozor manfaatlariga o`tilishi korxona va davlat o`rtasida o`zaro aloqalarning iqtisodiy asosini tubdan o`zgartirdi. O`zbekistonda soliqlar to`g`risidagi qonunga muvofiq hamma turdagi korxonalar uchun foydadan yagona soliq joriy etildi. Bunda to`lanadigan soliqning eng yuqori miqdori 50 % belgilangan.

Davlatning amalgam oshirayotgan soliq siyosati, rivojlanishi zarur bo`lgan tarmoq korxonalariga ma’lum imtiyozlar ham ko`zda tutilgan. Shuningdek yangi texnika — texnologiyani o`zlashtirishga, ilmiy tadqiqot ishlarini amalgam oshirishga, tabiatni muhofaza qilish ishlariga sarf etiladigan mablag`larga ham imtiyozli soliq belgilangan. Korxonalarga foydadan olinadigan soliqdan tashqari yana, oborot solig`i, mahsulot sotish solig`i, eksport—import solig`i, tashqariga olib-chiqib ketiladigan xom-ashyo resurslarga solinadigan soliq turlari joriy etilgan. Korxonadan olingan foydani mutloq miqdori emas, uning foydaliligi darajasi yoki rentabilligi qiziqtiradi.

Rentabellik — xo`jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi ko`rsatkichlardan biri bo`lib, u ma’lum vaqt (yil, oy, kvartal) davomida ishlab chiqarish faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko`rsatadi.

Korxona rentabelligi olingan foydani qilingan sarflarga taqqoslash orqali aniqlanadi va u foizlarda ifodalanadi. Korxona umumiy xo`jalik faoliyati rentabelligini biror turdagi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi (p) quydagicha aniqlanadi:

foyda


P`= —————*100

joriy sarflar


Xuddi shunga o`xshash ayrim mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi (p) hisoblash mumkin, u quydagicha hisoblanadi:
Mahsulot sotishdan olingan foyda

P`=———————————————*100%

Mahsulotga xarajatlar
Undan tashqari mahsulotni sotish rentabelligi hisoblanadi, u quydagicha hisoblanadi:
mahsulotni sotishdan olingan foyda

P`=————————————————*100%

Mahsulotga xarajatlar
Undan tashqari mahsulotni sotish rentabelligi hisoblanadi, u quydagicha hisoblanadi:
Foyda

P`=——————*100%

sotish xajmi
Rentabellik darajasini o`sishiga quyidagi omillar ta’sir ko`rsatadi; ishlab chiqarish unumdorligini oshishi, materiallar, yoqilg`i, xom-ashyo, asosiy fondlarni iqtisod qilish, korxona fondlarini aylanishini tezlashtirish, ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatish va boshqaruvga sarflarni kamaytirish va h.k.

Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi

Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro'y bergan yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tiizumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini eslaylik.

O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklarjga, yer-suv, o'r-mon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar markazga, Lining manfaatlariga bo'ysun-dirilgan edi. O'zbekiston rahbariyati, xalqi o'z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilina-yotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o'zining milliy valyiitasiga, valyuta jamg'armasiga ega emasdi.

Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miq-yosida eng oxirgi o'rinlardan biri meros bo'lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o'laroq, O'zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo'l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzurndan o'tkirijtimoiy, ekologik muammolar meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho'rlanishi, havo bo'shlig'i va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv jfloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kclib qolgan edi.

"Bugun o'sha davr to'grisitadi haqiqatni xolisona aytadigan bo'lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo'lsak, shumi ochiq aytish kerakki, u paytda O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga-markazda butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi" (Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: "O'zbekiston", 1999, 6-bet).

Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulm, mutelikdan ozod etdi, o'z yeri, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralariga tola egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O'zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o'z iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zibelgilash erkinligi qo'lga kiritildi.



Bоzor iqtisodiyotiga o'tish yo'li. Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, O'zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo'liga tushib oldi. O'zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an'analarga asoslangan o'z yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildi. Bu yo'lning asosiy qoidalari Prezident Islom Karimovning «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli asarida, ma'ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo'lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi.

O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakl-lantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:

• kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

• ko'p ukladli iqtisodiyotni yaratish;.

• xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash;

• korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;

• iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlar qilish va raqobat-bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;

• jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish;

• kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.

Islohotlaring huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omiHaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Shuning uchun islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e'tiborberildi.

Iqtisodiy sohaga tegishli bo'lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo'nalishlarga bo'lish mumkin.

1. Mulkchilik munosabatlari va ko'p ukladli iqtisodiyotni shakl-lantiruvchi qonunlar. Bu yo'nalish doirasida mulkchilik to'g'risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida, ijara to'g'risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.

2. Xo'jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya'ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo'jaligi, dehqon xo'jaligi, shirkat xo'jaligi to'g'risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug'urta, birjalar va birja faoliyati to'g'risida, qimmatli qog'ozlar va fond birjasi to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o'rtasidagi, korxonalar o'rtasidagi munosabatlarni yo'lga qo'yuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo'lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo'jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo'jalik sudi tuzildi.

3. O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida, chet el investitsiyalari to'g'risida, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.



Xususiylashtirish. 1991—yil 18-noyabrda qabul qilingan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risidagi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo'yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonalarini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo'jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu jarayon «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi.

Kichik xususiylashtirish 1994— yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo'lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i fuqarolarning xususiy mulki bo'lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002—yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.

Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga dav-latning o'zi tashabbuskor bo'ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994— yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shular-ning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi.

1994—yil 21-yanvarda e'lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994—yil 16-martda e'lon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo'na-lishlari to'g'risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo'ldi. O'lta va yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyat-lariga, ijara korxonalariga aylantira boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000-2005— yillarda jami 4660 ta davlat korxona va obyektiv xususiy mulkdorlarga sotildi.

2004— yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aksiyalarga ega bo'ldi va ulardan daromad olmoqda.

Kichik biznes. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quwatlash uchun tadbirkorlikni rivojlan-tirish fondi, kichikbiznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quwatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. Faqat 1999— yili kichik biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln AQSH dollaridan ortiq kredit mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog'i 1991— yilda 1,5 foizni, 1999— yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2005— yilda 38,2 foizga yetdi. 2005— yilda faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 310 mingtaga yetdi. Faqat 2004— yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o'rinlari yaratildi. 2004— yil 1-oktabrida mazkur sektorda ish bilan band bo'lganlar soni 6,4 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo'l-ganlarning 65 foizini tashkil etdi.



Agrar islohotlar. Agrar islohotlarga ustuvorlik beriidi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo'jaligida YalM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo'jaligidagi davlat tasarrufidagi mulkxususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda.

Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo'shimcha ravishda 550 ming gektar sug'oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.

Qishloqda xo'jalik yiiritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor beriidi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo'jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo'jalik yiiritishda o'zlarini toia-to'kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999- yilda 898 ta, 2000— yilda 856 ta qishloq xo'jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002— yilning 1 yanvari holatiga ko'ra, ruspublika bo'yicha 1900 taga yetdi, ularda I mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi. Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo'jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o'riri beriidi.

Qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklari salmoqli o'rin egallamoqda. 2004— yilda fermer xo'jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo'jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go'sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o'rinni egaflab qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.

Qishioqda shaxsiy yordamchi xo'jaliklar dehqon xo'jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo'jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig'iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2003—yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo'jaligi faoliyat yuritdi. Respublikada yetishtirilgan go'shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo'jaliklari tomonidan tayyorlandi.

2003— yilda respublikamiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22.2 foizi shirkal xo'jaliklariga, 14,9 loizi fermer xo'jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo'jaliklarida yetishtirildi. 2005 - yilda esa fermer xo'jaliklarida 1 minilliondan ziyod kishi hand bo'ldi, paxtanng 66%i, g'allaning 55%i fermer xo'jaliklarida yetishlirildi. 2006 yil birinchi yarmida 210 ta ixtisoslashitiriilgah meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkat xo'jaliklari nogizida 39 ming fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Paxtachilik va g'allahilikda esa 447 shirkal fermer xo'jaliklariga aylantirildi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o'zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o'z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda. 

Narxni erkinlashtirish. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bujarayon ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg'armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar vastipcndiyalar muntazam ravishda oshirib borildi.

Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujud-ga keltirish bilan bevosita bog'liq. 1992— yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o'tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo'yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.



Bozor infratuzilmashi. Iqtisodiy islohotlarning muhim yo'naIishlandan bin bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo'ldi.

Shu boisdan, respublikamizda bozor munosabatlarini shakllan,-tirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo'g'inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar raajmuasi yaratildi. Awalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiiuvchi transport, aloqa, suv va energetika ta'minoti, yo'l va ombor xo'jaligi tuzilmalari yaratildi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko'plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmaiari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi.

Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan, iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo'lgan axborotlar, xabarlar va ma'lumotlarni to'plovchi, umum-lashtiruvchi vositalar, firmaiar vujudga keldi.

Xo'jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizniat qiluvchi infratuzilma - yangi banktizimi, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg'armalari yaratildi.

Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002— yilda 37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o'rnatgan.

Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug'urta», «O'zbekinvest» kabi yirik sug'urta kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ko'plab xususiy sug'urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo'shma sug'urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko'rsatmoqda.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o'zgarayotgan payt-da malakasiz kishilargina emas, ma'lum ixtisosga ega bo'lgan xodim-larga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko'payishiga yo'l qo'ymaslik tadbirlari ko'rildi. Respublika bo'yicha 225 dan ortiq mehnat birjasini o'z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro'yxatga olish, ularning kasbini o'zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo'yicha nafaqa to'lash yo'lga qo'yildi. Yangi ish o'rinlarini tashkil etishga e'tibor berildi. 1993— yilda respublikada 185,1 ming yangi ish o'rinlari tashkil etilgan bo'lsa, 1998— yilda bu ko'rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko'p ish o'rinlari yaratildi. 2000— yilda faqat kichik va xususiy biznes rivoji hisobiga 192,5 ming yangi ish o'rinlari yaratilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2004— yilda 425 mingdan oshdi. 2006— yil 1-yanvarda iqtisodiyot sohasida band bo'lganlarning 77 foizi nodavlat sektor hissasiga to'g'ri keldi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. Ko'p ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro'yobga chiqdi. 2004— yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xo'jaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari, qo'shma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari ulushi 90,2 foizga yetdi. Davlat ta-sarrufidagi korxonalar ulushi esa 9,2 foizga tushdi. 


 Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. 1.Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: “O`zbekiston”, 1995.

  2. 2.Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yo`limiz. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida so`zlangan nutq. “Xalq so`zi”, 2002 yil, 15-fevral.

  3. 3.Karimov I.A. Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.: “O`zbekiston”, 1996.

  4. 4.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O`zbekiston”, 1997.

  5. 5.Karimov I.A. O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. T.: “O`zbekiston”, 1993.

  6. 6.Amaliy iqtisodiyot (o`quv qo`llanmasi). Tarjimonlar I.Fozilov va boshqalar. T.: “Sharq”, 1996.

  7. 7.Butikov I. Qimmatli qog`ozlar bozori. T.: “Konsauditinform”, 2001.

  8. 8.Doklad o chelovecheskom razvitii. T. “O`zbekiston”,1993.

  9. 9.Kurs ekonomiki(uchebnik). M.: “Infra-M”, 2000.

10.Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T.: “O`zbekiston”, 1999

ARXIV.UZ

REFERAT.UZZ
Download 47.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling