Referat tayyorladi: N. Ortiqova Toshkent-2023 Radioeshittirish
Download 29.68 Kb.
|
1 2
Bog'liqОАВ
Televideniya
Televideniya — fan, texnika va madaniyatning ko‘rinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bog‘liq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat o‘zi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni ko‘rish istagi bilan hamisha band bo‘lib kelgan. Bu istak ko‘p halqlarning afsona va ertaklarida o‘z aksini topgan. Masalan, Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini ko‘zguda ko‘rib oshiq bo‘lib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika «sehrli ko‘zgu» («oynai jahon») ga aylangan 20 asrda ro‘yobga chiqdi. Televideniya tasvir elementlarini ketma-ket uzatish (19-asr oxirida portugal olimi A di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. 20-asr 30 yillariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan (ularni ishlab chikishni nemis muhandisi P. G. Nipkov 1884 y. boshlab bergan). 30 yillar o‘rtalaridan boshlab dastlabki elektron televideniya tizimi paydo bo‘ldi. Inson ko‘zi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi bo‘g‘im hisoblangani uchun televizion tizimlar ko‘zning ko‘rish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, ya'ni Televideniya ko‘z xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar o‘rnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar ob'ektiv orqali biror ob'ektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorug‘lik intensivligiga monand elektr signallari olinadi. Televideniya taraqqiyotida ichki fotoeffektni ochgan (1873) U. Smit (AQSh) ning, tashki fotoeffektning asosiy qonuniyatlarini belgilab bergan (1888) A. G. Stoletovnij, radioalokani ixtiro qilgan (1895) A. S. Yaoiovning, «katod teleskop» tizimini ishlab chiqqan (1907) va shu tizim bo‘yicha labarotariya sharoitida birinchi marta elektron televizion uzatishni amalga oshirgan (1911) B. L. Rozingning xizmatlari katta. 1928 y. da o‘zbekistonlik ixtirochilar B. P. Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar elektronnur yordamida xarakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan «radiotelefot»ni yaratdilar. Televideniya elektron tizimlari amalda 1920—40 y. larda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalanishga asoslangan. Bunga B. K. Zvorikin va F. Farnsuort (AQSh), K. Svintov (Buyuk Britaniya), A. A. Chernishev, S. I. Kataev, A. P. Konstantinov, B. L. Rozing, P. V. Timofeev, P. V. Shmakov (SSSR) va b. olimlar katta hissa qo‘shishgan. Televizion tasvirlar 3 jarayonda uzatiladi: 1-uzatuvchi ob'ekt chiqargan yoki qaytargan yorug‘likni elektr signallariga aylantirish; 2elektr signallarini aloqa kanallari bo‘yicha uzatish va qabul qilish; 3elektr signallarini ob'ektning optik tasvirini hosil kiluvchi yorug‘lik impul'slariga aylantirish. Uzatishda tasvir elementlarini elektr signallariga, qabul qilishda uzatilgan signallarni tasvir elementlariga ketma-ket aylantirish jarayoniga tasvirlarni tiklash deyiladi. Tasvirlarni analiz va sintez qilish jarayonlari sinxron hamda sinfaz bo‘lishi kerak. Televizion ko‘rsatuv tizimida chiziqlisatr yoyilma qabul qilingan; bunda hosil qilinadigan tasvir kadri gorizontalsatr strukturaga ega bo‘ladi. Tiklashning sinfazligini saklash uchun har qaysi satr va kadr oxirida sinxronlovchi impul's uzatiladi. Shu bilan televizion stya o‘z ta'sir zonasidagi barcha televizorlardagi tiklanishlarni boshqaradi. Televideniyada optik tasvirlarni hosil qilish va tiklash jarayonlari texnik jihatdan asosan vakuumli elektronnurli trubka yordamida amalga oshiriladi. Uzatuvchi trubkalar ichida ichki fotoeffektli vidikon va tashki fotoeffektli superortikon, qabul qiluvchi trubkalardan esa turli kineskoplar keng tarqalgan. Oqqora Televideniyada yorug‘lik signali (videosignal) uzatuvchi trubkadan chiqishda kuchaytiriladi va elektr signaligaaylantiriladi. Bunda radiokanal yoki kabel' kanali aloka kanali bo‘lib xizmat qiladi. Qabul qiluvchi qurilmada qabul qilingan signallar bir nurli kineskopda yorug‘lik nurlariga aylantiriladi; bunda kineskop ekrani oq nur nurlatadigan lyuminofor bilan qoplangan. Rangli Televideniyam tabiatdagi barcha ranglarni ma'lum nisbatda olingan 3 ta asosiy rang — qizil, yashil va ko‘k ranglardan optik jihatdan tiklash mumkin bo‘lgani uchun televizion uzatish kamerasi yoritilganlik signalini va asosiy ranglar signallarini yaratishi uchun bir emas, balki 3 ta trubkadan iborat bo‘ladi. Uzatishda (telemarkazda) ana shu barcha signallar kodlanadi, qabul qilishda (televizion priyomnikda) dekodlanadi. 80y. lar o‘rtalaridan boshlab raqamli Televideniya tizimi ustida ishlar olib borildi va amalda joriy qilindi. Bu tizimda elektr impul'slarning kod (raqam) li kombinasiyalari ketma-ketligidan foydalaniladi. Kabelli Televideniya tizimidan ham foydalanilmoqda. Unda atmosfera va b. xalaqitlar bo‘lmaydi. Kabellar (yorug‘lik o‘tkazgichlar) asosan yer ostidan o‘tkaziladi. Televideniya tizimlar quyidagi asosiy belgilari bo‘yicha tasniflanadi: sifat belgisi bo‘yicha — oqqora (monoxromli), rangli, stereomonoxromli va stereorangli; signallarni qanday shaklga keltirishi (videoinformasiya) bo‘yicha — analog va diskretli (raqamli); aloqa kanali spektrining chastotasi bo‘yicha — keng polosali va tor polosali. Televideniya inson turmushida muhim o‘rinni egalladi; televizion eshittirish sifatida keng tarqaldi. Televizion apparaturalar fan, tibbiyot, xalq xo‘jaligining turli tarmoklarida turli masalalarni hal qilishda keng ishlatiladi. Tasvirni uzoq masofaga olib ko‘rsatish tajribalari 20-a. 30y. larida boshlandi. SSSR da 1931 i. 1 okt. dan qo‘zg‘almas tasvirlarning kam qatorli televizion ko‘rsatuvlari muntazam olib borildi. Harakatlanuvchi tasvirlarning birinchi ko‘rsatuvlari 1932 y. amalga oshirildi, 1934 y. ovozli Televideniya paydo bo‘ldi. 30y. larning oxirida kam qatorli mexanik Televideniyadan elektron Televideniyaga o‘tilishi Televideniya taraqqiyotida yangi bosqich bo‘ldi. 1962 y. da SSSR da kosmik Televideniya yaratildi. Yaqin kosmosga televizion xizmatni talab etadigan yer sun'iy yo‘ldoshlari va orbital styalar uchirildi. T. Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan tomonini o‘rganishga imkon yaratdi, Oy, Merkuriy, Venera, Mars va Yupiter sayyoralarining fototelevizion suratlari olindi va b. Elektron Televideniya ko‘rsatuvlari tajriba tarikasida 1938 y. Moskva va Leningradda namoyish qilindi. 1939 y. dan esa muntazam ko‘rsatuvlar boshlandi. Muntazam teleko‘rsatuvlar Buyuk Britaniya va Germaniyada 1936 y., AQSh da 1941 y., Yevropa mamlakatlarida 20-a. 50yillarida, rivojlanayotgan mamlakatlarida 60y. larda boshlandi. Hoz. dunyoda Televideniya kjsak darajada rivoj topdi va insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Barcha rivojlangan mamlakatlar o‘z Televideniya siga ega, AQSh va 3 ta umummilliy teletarmoq — «EyBiSi», «SiBiEs» va «EnBiSi» faoliyat ko‘rsatmoqda. Angliyada «BiBiSi», Fransiyada TF, Rossiyada 1kanal, RTR, NTV, TNT va b. telestudiyalar mavjud. Toshkent telemarkazining tajriba sinov ko‘rsatuvlari 1956 y. 5 noyabrdan boshlandi. 1957 y. da O‘zbekiston Radioeshittirish va Televideniya qo‘mitasi tashkil etiddi, qo‘mita 1992 y. 7 yanvarda O‘zbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga, O‘zbekiston Prezidentining 1996 y. 7 maydagi farmoni bilan esa O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi («O‘zteleradio») ga aylantirildi. «O‘zteleradio» ommaviy axborot vositalarining muassasasi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquklariga ega bo‘ldi. «Uzteleradio»ning Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda hududiy (mintaqaviy) bo‘limlari mavjud. O‘z TV da 4 ta kanal bor. Ularda har kuni 52 soat («Uzbekistan» — 18 soat, «Yoshlar» — 16 soat, «Toshkent» — 7 soat, «Sport» — 11 soat) ko‘rsatuv efirga uzatiladi. Viloyatlar teleko‘rsatuvlari bir kechakunduzda 15,5 soatni tashkil etadi (2004). «O‘zteleradio» jahondagi ko‘pgina yirik telekompaniyalar bilan, jumladan, Amerikaning CNN, Germaniyaning DW, Yaponiyaning NHK, TBS, FUJI, Koreyaning KV5, Turkiyaning TRT, Rossiyaning yetakchi telekompaniyalari bilan keng tarmokli aloqalarga ega. O‘zbekiston TV ning «Axborot» dasturi SCOLA (AQSh) konsorsiumi hamkorligida internet orqali uzatib boriladi. Televideniya paydo bo‘lishi bilan ommaviy axborot vositalari tizimida sifat o‘zgarishi yuz berdi — insoniyat ijtimoiy hayot voqealarini bevosita ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ijtimoiy ong bilan ijtimoiy borliq o‘rtasida eng kiska va qulay yo‘l barpo etildi, i neon ongiga va histuyg‘usiga ta'sir etishning ishonchli vositasi vujudga keldi. Televideniya garchi so‘zni bosma ravishda ko‘paytirmasdan ijtimoiy hayotni ovoz va tasvir vositasida aks ettirsada, u matbuotning, ommaviy axborot vositalarining bir turi hisoblanadi va uning krnunkridalari asosida ish ko‘radi. Televideniya matbuotning ijtimoiy informasiya yigish va tarqatish vazifasining 3 qirrasi bo‘lmish tasvir, tahlil va ta'sir funksiyalarini to‘la bajaradi, ya'ni u hayotdagi voqea va hodisalarni tasvirlaydi, ularni taxlil qiladi, hayotga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Matbuotning umuminsoniylik, xalqchillik, milliylik, haqqoniylik va b. tamoyillari ham Televideniya faoliyati uchun bosh qonun hisoblanadi. Matbuotning ijodiy an'analariga amal qilish va yangi omillar yaratish, jamoatchilik fikrini ifodalash va b. qonuniyatlari ham Televideniya uchun bevosita taalluklidir. Matbuot materiallarining o‘zagini tashkil etuvchi publisistika ham Televideniya faoliyatida keng qo‘llanadi va uning o‘ziga xos xususiyatlari bilan birlashgan holda telepublisistikani tashkil etadi. Televideniyada publisistikaning har 3 — informasion, taxdiliy va badiiy ko‘rinishlari keng xizmat kiladi. Televideniya faoliyati telejurnalistika krnuniyatlari asosida olib boriladi. Telejurnalistika — jurnalistika qonunqoidalarining Televideniya imkoniyatlari bilan birlashmasidan iborat. Telejurnalistika janrlari ham matbuot janrlari bilan Televideniya xususiyatining qo‘shilishidan kelib chikadi. Matbuotning informasion, tahliliy va badiiypublisistik janrlari Televideniya xususiyatlari bilan mushtarak holda telexabar, telereportaj, telelavha, telesuhbat, telehisobot, telesharh, teleocherk, telefel'eton va b. xillarga aylanadi. Ma'lum mavzuga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvlar yig‘indisi telejurnal deb ataladi. Shu bilan birgalikda Televideniya ommaviy axborot vositalarining o‘ziga xos, alohida bir turidir. U o‘z funksiyasini bajarishda publisistika bilan bir qatorda og‘zaki nutq san'ati, adabiyot, teatr san'ati, kino, musika san'ati kabilardan ham keng foydalanadi. Shuning uchun ham Televideniya boshqa ommaviy axborot vositalari orasida yuqori o‘rinda turadi. Teleko‘rsatuvlarda san'atning bu xildagi turlaridan keng foydalanish natijasida adabiyot va san'at turlari bilan mushtarak bo‘lgan telenovella, teleminiatyura, telefil'm, telespektakl', telekompozisiya va b. janrlar ham qo‘llaniladi. O‘zbekiston Televideniyasi teledasturlarining rangbarangligi respublikaning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, madaniyma'naviy hayotining barcha sohalarini qamrab olish va qiziqarli aks ettirish imkoniyatini beradi. GAZETA GAZETA (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar to‘g‘risida materiallar e'lon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targ‘ibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga bo‘lgan ehgiyojini, ma'naviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy hayot ob'ekti bo‘lib qolmay, balki moddiy i. ch. ob'ekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan birga Gazeta tovar — moddiy mahsulot ham hisoblanadi. Gazeta hajmi 2 sahifadan 100 sahifagacha va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. Gazeta ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va ilmiy hayotga oid dolzarb axborotni hozirjavoblik bilan turli adabiy shakl (janr)larda ommaga yetkazadi va shu yo‘l bilan o‘z o‘quvchilarida kundalik turmush voqealariga nisbatan ma'lum munosabat va tasavvur paydo bo‘lishiga, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy g‘oya va e'tiqodlar shakllanishiga ta'sir ko‘rsatadi, jamoatchilik fikrining mahsuli va ifodachisi sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqiy demokratik jamiyatda Gazeta faoliyati tegishli qonunchilik asosida kechadi. U o‘zi tarqatayotgan axborotning xolis va haqqoniyligi uchun qonun oldida javobgar hisoblanadi, xalq ma'naviy qudratini yuksaltirishga, omma ijtimoiy ongini rivojlantirishga ko‘maklashadi, hokimiyat bilan jamiyat o‘rtasida xolis vositachi vazifasini o‘taydi. Jamiyat va xalq nomidan boshqaruv idoralarining faoliyatini nazorat ostiga oladi. Demokratik jamiyatda kafolatlangan siyosiy erkinliklar, jumladan matbuot erkinligi G. faoliyatining samarali bo‘lishi uchun qulay imkoniyat yaratadi. Avtoritarizm va totalitar tuzum sharoitida esa Gazeta bunday imkoniyatdan amalda mahrumdir. Gazetada turli janr va uslublardan, ayniqsa axborot va b. publisistik janrlardan foydalaniladi. Ularda axborot agentliklarining rasmiy xabarlari, hisobotlar, reportajlar voqealarni hozirjavob tarzda yoritishga xizmat qiladi; sharu,, suhbat (interv'yu), taqriz va b. vositasida voqealar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar izohlab beriladi; maqola, obzorlar va sharxlarda voqelik tahlil qilinadi; bulardan tashqari G. da lavha, ocherk, pamflet, fel'eton kabi publisistik janrlardan ham foydalaniladi; shuningdek unda gazetxon-larning xatlari, nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlar, chizma va fotosuratlar bosiladi. Gazetani bezatish o‘ziga xos bo‘lib, bu avvalo Gazeta mazmunini gazetxonga qiziqarli va ommabop tarzda yetkazish, muhim xabar va fikrlarga ularning e'tiborini jalb etishga qaratiladi. Gazeta faoliyati bosh muharrir, bo‘limlar mudirlari, turli yo‘nalishdagi muxbirlar (reportyor, sharhlovchi va b.) dan iborat tahririyat tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi. Ko‘pgina Gazeta larning maxsus muxbirlari, mamlakatning ichida vaxorijiy davlatlarda o‘z muxbirlari bo‘ladi. Gazetalar faks, «Internet» tizimi, telefon va teleks vositalari orqali dunyoning turli chekkalaridan zud ax-borotlarni olib turadi. Gazetaning ibtidoiy turi dastlab Rim-da — mil. av. 1-a. da (varaka va byulletieklar shaklida), Xitoyda 7-a. da («Di bao» — «Poytaxt axboroti» nomi b-n) chiqqan. Hoz. gazetalarning dastlabki turlari 16—17-a. larda Yevropada paydo bo‘lgan. Ular xususiy shaxslar, ak-sariyat matbaachilar, noshirlar, pochta xodimlari tomonidan nashr qilingan. Ilk Gazetalar haftada va 15 kunda bir marta chop etilib, kam nusxada bo‘lgan. Ularda asosan saroy yangiliklari, ti-jorat xabarlari bosilgan. 16-a. da Venesiyada yozma axborotlar uchun «gazetta» degan chaqa pul to‘lashgan (nomi ham shundan). 1631 y. da Parijda qirol Lyudovik XIII (1586—1653) ning shaxsiy shifokori va yilnomachisi Teofrast Renodo parijlik kitobfurushlar — Lui Vandom va Jan Marpen bilan birgalikda «La Gazzette» nomli vaqtli bosma nashrni tashkil etadi. Hoz. ma'nodagi «gazeta» termini mana shu nashr tashkil qilingach, so‘zlashuvda raem bo‘la boshlagan, degan fikr mavjud. Gazetachilik 18-a. dan e'tiboran, ayniqsa Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSh mamlakatlarida taraqqiy qila boshladi va bu mamlakatlarda ko‘plab ijtimoiysiyosiy yo‘nalishdagi kundalik Gazetalar paydo bo‘ldi. Mazkur davrda tarmoq, ya'ni soha Gazeta lari ham tarkib topdi. Umumsiyosiy nashrlar qatoriga iqtisodiyot, tijorat, ilm-fan, adabiyot, sport va b.sohalarga ixtisoslashgan maxsus Gazetalar qo‘shildi. Gazetalar chiqarish bilan xususiy noshirlardan tashqari turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar, firma va kompaniyalar ham shug‘ullana boshladi. Shu tariqa Gazetalar turli siyosiy qarashlar, mafkuralar jarchisiga aylana bordi, uning paydo bo‘lishi va ravnaq topishida ijtimoiy hayotning faollashuvi, ommada ijtimoiy axborotga ehtiyojning ortishi, savdo, sanoat va maorifning yuksalishi, bosmaxona anjomlari va qog‘oz i. ch. ning rivojlanishi, axborot to‘plash, uni qayta ishlash va tarqatish muassasalari tarmog‘ining kengayishi va b. omillar muhim ahamiyat kasb etdi. Demokratik qadriyatlarning, siyosiy erkinliklarning umumjahon miqyosida e'tirof qilinishi va jamiyat hayotiga singishi tufayli Gazetalar yo‘nalishi va mazmunida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Demokratik rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatlarda Gazetalar o‘zlarini shaxs va jamiyat manfaatlarining himoyachisi sifatida namoyon etmoqdalar. Gazetachilik taraqqiyoti O‘zbekistonda ham o‘z tarixiga ega. Bu yerda 19-a. ning 70-y. laridan «Turkestanskie vedomosti» G. sining chiqa boshlashi Turkistonda davriy matbuotning ibtidosi bo‘ldi. Unda o‘lka tarixi, madaniyati, geogr. si, etnografiyasi, sanoati va b. ga oid maqolalar bosilgan. Shu bilan bir vaqtda o‘zbek tilida «Turkiston viloyaining gazeti» ham nashr etila boshladi. 1917 y. gacha Turkistonda bu ikki Gazetadan tashqari, turli vaktlarda o‘zbekcha va ruscha (ba'zan qirg‘iz va tojik tillarida) 100 dan ortiq Gazetalar chiqqan. Ular asosan savdo, sanoat markazlari — Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Qo‘qon, Andijon, Farg‘ona va b. shaharlarda nashr etilgan. Bular vazifasi, davriyligi va b. xususiyatlari jihatidan turlicha edi. 20-a. boshida hoz. O‘zbekiston hududida taraqqiyparvar o‘zbek ma'rifatchilari tomonidan nashr qilingan T«arakkiy», «Xurshid», «Shuhrat» (1906—07), «Buxoroyi Sharif», «Samarkand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona»( 1912—15), «Najot», «Farg‘ona nidosi», «Turk eli», «Xurriyat», «El bayrog‘i» (1917—18) kabi Gazetalar milliy gazetachilik tarixida munosib o‘rin egallaydi. Ularda milliy taraqqiyot muammolari o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa «Taraqqiy» birinchi bor erkinlik, tenglik g‘oyalarini ilgari surdi, jadidlarning qarashlariga moslashib, istiqlolning ma'naviy zamini masalasiga katta e'tibor berdi. Shuning uchun ham O‘zR Oliy Kengashi «Taraqqiy» G. sining 1-soni chiqqan 27 iyun' (1906) sanasini o‘zbek jurnalistlarining kasb bayrami — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi (1993). O‘zbekistonda sho‘ro tuzumi davrida o‘zbek va b. mahalliy tillarda, shuningdek rus tilida yangi yo‘nalishdagi Gazetalar tizimi tarkib topdi. Bularning barchasi («Sovet O‘zbekistoni», «Pravda Vostoka», «Haqiqati O‘zbekiston», «Qishloq haqiqati», «O‘qituvchilar gazetasi», «Yosh leninchi» va b.) kommunistik mafkura na-zorati ostida nashr etilgan, totalitar tuzum maqsadlariga xizmat qilib, kompartiya xohish-irodasini ifoda etgan. Ularning sahifalarida xalq tarixini soxtalashtiruvchi, milliy qadriyatlarni yerga uruvchi, mamlakatdagi yakka hokimlik siyosatini keng qo‘llabquvvatlovchi, dahriylikni targ‘ib etuvchi maqolalar ko‘plab bosilgan. O‘zbekistan mustaqillikka erishgach (1991), G. larga mafkuraviy yakkahokimlik barham topdi. Shundan so‘ng mavjud Gazetalar o‘z siyosiy yo‘nalishini, mazmun-mohiyatini tubdan o‘zgartirdi. Ayrimlarining nomi ham o‘zgardi: «Sovet O‘zbekistoni» — «O‘zbekiston ovozi», «Haqiqati O‘zbekiston» — «Ovozi tojik», «Qishloq haqiqati» — «Qishloq hayoti», «O‘qituvchilar gazetasi» — «Ma'rifat», «Yosh leninchi» — «Turkiston», «Lenin uchquni» — «Tong yulduzi» nomi bilan chiqa boshladi. O‘zR ning yuridik va jismoniy shaxslari «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun (1997)ga binoan Gazetalar ta'sis etish huquqiga ega bo‘ldi. O‘zbekistonda tur va xil jihatdan farqlanuvchi keng tarmoqli Gazetalar tizimi tarkib topdi. Ayni paytda O‘zR da 507 nomda (shundan 77 tasi respublika, 162 tasi viloyat, 176 tasi tuman, 45 tasi ko‘p nusxali) Gazetalar nashr etiladi. Bularning bir galgi o‘rtacha umumiy adadi qariyb 2,1 mln. nusxadan iborat (2001). Gazetalar o‘zbek, rus, qozoq, tojik, qoraqalpoq, koreys, ingliz va b. tillarda chiqadi. O‘zbekistonning yetakchi Gazetasi — «Xalk so‘zi» va «Narodnoe slovo» O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Respublika Vazirlar Mahkamasining nashridir. Bu G. lar haftasiga 5 marta chop etiladi. O‘zbekistondagi oshkoralik va demokratiya muhitida yuzaga kelgan yangi partiyalar ham o‘z Gazeta larini nashr eta boshladilar (q. «O‘zbekiston ovozi», «Milliy tiklanish», «Adolat», «Fidokor»). Bundan tashqari turli hukumat idoralari, xalq harakatlari, uyushmalar, jamg‘armalar muassisligida nashr etilayotgan Gazetalar («Birlik—Edinstvo», «Xurriyat», «O‘zbekistan adabiyoti va san'ati», «Mulkdor», «Mening mulkim» — «Chastnaya sobstvennost'», «Sog‘lom avlod», «Savdogar» va b.) ham chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘plab reklama-tijorat, xususiy Gazetalar paydo bo‘ldi. «Darakchi», «Tasvir», «Biznesvestnik Vostoka», «EKO», «Sado», «7×7», «Zakovat», «Vostochnie vesti», «Qizilqum» kabi Gazetalar shular jumlasidandir. Ularning bir galgi adadi 30 mingdan 250 minggacha nusxani, hajmlari 48—64 sahifani («Biznes-vestnik Vostoka», «Solikdar va bojxona xabarnomasi») tashkil qiladi Download 29.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling