Referat umumiy kimyo fanidan


Download 38.63 Kb.
bet2/2
Sana28.02.2023
Hajmi38.63 Kb.
#1236717
TuriReferat
1   2
Bog'liq
REFERAT

Oksidlar, tabiiy oksidlar (yun. oxys — nordon) — elementlarning kislorod bilan tabiiy kimyoviy birik-malari, minerallar sinfi. 300 tacha mineralni oʻz ichiga oladi. Tabiatda eng koʻp uchraydigan O.dan biri — suv (vodorod oksidi). Silikat angidrid (SiO2) koʻpgina togʻ jinslari tarkibiga kiradi. Eng keng tarqalgan O. hosil qiluvchi elementlar: Si, Fe, Mn, Al, kamroq miqsorida — Cu, U. O.ning aksariyati — ion aloqali birikmalar, ammo kremnezyom (Si), nemetall (As, Se, Te) va xalkofil (Si, Pb, Zn, Sn, Hg, Cd, In, Bi, Sb) elementlar minerallari kovalentli aloqalar bilan tavsiflanadi. Odatda, O. tarkibida gid-roksid va oksigidratlar (bir paytda O2~ va ON~) birlashmalari mavjud. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat oʻsha element atomlariga birikkan boʻladi, lekin oʻzaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar tarkibiga kislorod atomlari faqat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (mas, SnO2 — normal oksid, VaO2 — peroksid). Normal O. elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil boʻladi.
Download 38.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling