Referati 2021-2022-o’quv yili uchun Mavzu : Amir Temurning iqtisodiy qarashlari Reja : №1
Download 21.86 Kb.
|
iqtisodiyot nazariyasidan referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu : Amir Temurning iqtisodiy qarashlari Reja : №1 ,,Temur tuzuklari’’ haqida №2
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit ( tarmoqlar bo’yicha) fakulteti 1-kurs HBA guruh talabasi Sobirova Kamola Shuxratjon qizining
Referati 2021-2022-o’quv yili uchun Mavzu : Amir Temurning iqtisodiy qarashlari Reja : №1 ,,Temur tuzuklari’’ haqida №2 ,,Temur tuzuklari’’da boyon etilgan iqtisodiy fikrlar haqida ’’Bizning tariximizda Amir Temurdek ulug’ siymo bor ekan , uning qoldirgan merosi pandu o’g’itlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo’l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o’rganmasdan, ta’riflanmasdan, targ’ibot qilmasdan haqqimiz yoq,, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlab o’tganlar va albatta biz yoshlar bu so’zlarni har daqiqa yodimizda saqlaymiz. <<1>> Amir Temur shaxsni idrok etish –tarixini idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash- o’zligimizni anglash demakdir.Amir Temurni ulug’lash- tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustaxkamlash demakdir. Shaxsan men Sohibqiron bobomiz bizga meros qoldirgan ,,Tuzuklar’’ni o’qiganimda xuddiki uzimda qandaydir katta ruhiy kuch- quvvat olaman. Har bir satri bir umr el-yurt tashvishi bilan yashagan fidoyiy inson, ulkan davlar arbobining keng miqyosdagi o’y fikrlari, hayot va kurash tajribasi, mushohadasi, ba’zan esa dardli va iztirobli kechinmalari bilan sug’orilgan bu asrda qanday teran ma’no mujassam ekanini ma’rifatli, zuko kitobxon yaxshi anglaydi va bu asr ko’p sohalar haqida ham fikrlarga boy hisoblanadi va bu sohalarni biri iqtisodiot deb misol qilib olsak bo’ladi. Amir Temur davlatni iqtisodiy tomondan boshqarishda ham mukammal prinsiplarni qo’llagan. Amir Temurning davlatchilik <<2>> va diplomatiya, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug’laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dini diyonat va adolatni joyiga qo’yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish har bir masalada uzoqni ko’zlab , el-yurt manfaatini o’ylab ish tutish bilan bog’liq ibratli fazilatlar alohida ta’kidlash o’rinlidir. Ayna mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo’lgan ,,Temur tuzuklar’’ asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan, desak, haqiqatni aytgan bo’lamiz. Amir Temur bu asarida 2-kitob to’rtinchi tuzukida shunday deb ta’kidlagan ,,Davlatim ishlarini to’ra va tuzakka asoslangan holda boshqardim. To’ra va tuzakka tayanib saltanatda o’z martabamni va maqomimni mustahkam sakdab turdim. Amirlar, vazirlar, sipoh, raiyat, har bir o’z lavozami va martabasidan mamnun holda xizmatimda bo’lib, undan ortig’iga da’vogarlik qila olmadi’’. <<3>> Birinchi prezidentimiz ,,Shavkatli ajdodimizning o’lmas xizmatlari shundaki, u murakkab tarixiy sharoitda xalqning boshini qovushtira bildi. Istilochilarga qaqshatgich zarba berib, Turkiston zaminida ilk bor istiqbol bayrogini baland ko’tardi. Parokanda mamlakatlar , ellar , elatlar birlashtirib, markazlashgan qudratli saltanat tuzdi’’ –deb uning yurtimiz tarixida o’rni va xizmatlari katta baho berdi. Amir Temur Movarounnaharnigina emas butun Markaziy Osiy oni yagona bayroq ostida birlashtirdi va davlatni yirik saltanatga aylantirib professional davlat raxbari sifatida ushbu zaminda milliy davlatchilik asoslarini mustahkamladi. Amir Temur butun bashariyat tarixida katta iz qoldirgan davlat arbobidir. U o’z faoliyati davomida yurtimiz va dunyo xalqlari odobligi uchun quyidagi murakkab va ma’suliyatli vazifalarni ado etdi. O’rta osiyoda mo’g’ullarni tag- tomiri bilan yo’qotish <<4>> Tarqoqlik , ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan mamlakatni yagona davlatga birlashtirib va davlat boshqaruvida muhim islohatlarni amalga oshirish. Qonun ustuvor bo’lgan jamiyat asoslarini mustahkamlash Uning iqtisodiy , ijtimoiy –siyosiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash Movarounnahrni dunyonig eng gullagan saltanatga aylantirish Insoniyat tinchligi , farovonligi va adolatni ta’minlash Turli din , millat va elatlarning o’zaro ayirboshlashlariga imkon yaratish va shu orqali barchaning farovonligiga zamin yaratish. Uning xizmatlari tufayli yurtimizda jamiyatning barcha jabhalarida uyg’onish fasli boshlandi va uzbek madaniyati o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarildi Amir Temur harbiy boshkaruvni mo‘g‘ul uslubida olib borgan bo‘lsa ham, bu usulga katta o‘zgartirishlar kiritdi va mamuriy boshkaruvda <<5>> fors-arab usullaridan o‘z davlatining manfaatlariga moslab foydalandi. Uning boshqa davlat boshkaruv usullaridan farqi xam shundadir. To‘kqizinchidan, Chingizxon o‘z vatanini ozod qilib mustaqil va markazlashgan davlat tuzish rejasini tuzgan emas. Amir Temur esa Movarounnahrdagina emas, butun Markaziy Osiyoda yagona davlat tuzib bu yerda istiqomat qiladigan xalqlarning taraqqiy etishiga katta imkoniyatlar yaratdi.Uning davrida davlat va jamiyat, hamda fukarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga, barcha sohalardagi radikal o‘zgarishparga aynan davlat tomonidan olib borilgan siyosat bosh omil bo‘lib xizmat qildi. Mamuriy tizimda ham ixchamlikka va samaradorlikka, xazina mablag‘ini iqtisod qilishga katta etibor berilgan. Amir Temur davlatining iqtisodiy qudrati avvalo davlat yerlaridan kelgan daromadlar, mamlakat aholisining to‘lagan soliqlari, Buyuk Ipak yo‘lidan <<6>> tushgan bojlar, qaram mamlakatlardan kelgan xiroj, moli omon va boshka soliqlar, yurishlardan tushgan o‘ljalar, badavlat zamindor va tadbirkorlarning xayriya hadyalari va boshka manbalar evaziga kuchayib borgan. Shuningdek, Amir Temur davrida davlat mulkini avaylash va ehtiyot qilish, moliyaviy manbalardan tejamkorlik bilan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Bu masalada Amir Temur nafaqat o‘zi, balki o‘g‘illari, qo‘l ostidagi sultonlarning ham to‘g‘ri siyosat yuritishini talab qilgan va ularni qattiq nazorat ostiga olgan Bizningcha Amir Temur keyin jamiyat hayotida Qurultoylarning huquqiy rolining pasayishi inson huquqlarining toptalishiga, parokandalikka olib kelgan sabablardan biri edi. Sohibkiron Amir Temur bu siyosiy institutni kuchaytirish orqali inson farovonligiga erishishni muhim ekanligini anglagan va uni faollashtirish orqali kuchli davlatchilik asoslarini yaratishga intilgan. Uning diplomatiyasidagi yana bir o‘ziga xos xususiyat shuki, u elchi tanlash masalasiga alohida e‘tibor berdi va ularni millat va yurt ramzi deb tushundi. <<7>> Shunga monand Amir Temur saroyidagi diplomatiya korpusi mukammal tuzilgan bo‘lib, u muntazam ravishda faoliyat yuritgan va Amir Temur davlatida diplomatik munosabatlar shaxsan Amir Temur nomidan olib borilgan. Shunisi e‘tiborliki, xalkaro uchrashuvlar, rasmiy marosimlar aniq va san‘atkorona ishlab chikilgan qoidalar asosida olib borilgan. Bu qoidalarning yuksak me‘moriy-badiiy yechim, etika, estetika yutuqlari bilan boyitilganligi ham davlatchilikda muhim ahamiyat kasb etgan. So‘nggi so‘z o‘rnida shuni takidlash joizki,Amir Temur va Temuriylar davrida boshqaruvning har bir sohasi puxta ishlab chiqilgan va u davlatchilik nazariyasini o‘zida mujassam etadi. Bu siyosiy talimot bu davrdagi davlatchilik asoslarini kuchaytirishga, har bir jabhada Uyg‘onish pallasiga o‘tishda muhim ahamiyat kasb etgan. Bizningcha Amir Temurning davlatchilik talimotini yana-da chuqur tadqiq etish, davlat boshqaruvining har bir sohasini yirik tadkiqotlarda ko‘rib chiqish dolzarb masala bo‘lib bu tarixiy meros bugungi davlatchilkda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi deb o‘ylaymiz. <<8>> 8>7>6>5>4>3>2>1> Download 21.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling