Bozor iqtisodiyoti sharoitida ortacha daromad ortacha sinf deb ataladigan tabaqalar daromadlari boyicha aniqlanadi. Bunday gurux istemol savati toplamiga uy, avtomashina, dal hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalar oqitishi imkoniyati, qimmatli qogozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori taminlangan yoki boy qatlaminig mavjud bolishini taqazo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bolgan juda oz miqdori kiradi.
Faravonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni taminlab bolmaydi. Bu daraja moddiy taminlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qishloqning boshlanishi) sifatida chiqadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bogliq.
Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, yani:
Mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari.
Turmush va bosh vaqtdan foydalanish shakllari;
Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtiroq etish;
Moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish shakllari;
Kishilarning kundalik hayotidagi hulq-atvori meyorlari va qoidalarи.
Kishilar hayoti faoliyati uchun zarur ne‘matlar to’plami mehnat sharoiti, ta‘lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarini o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining aholida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bogliq. Yani, aholi jon boshiga togri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga togri keluvchi istemol hajmi va boshqalar daromad manbalari hisoblanadi.
2-savol. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga togri keladigan ortacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu esa daromadlar ortasida tengsizlik mavjudligi bildiradi ortacha daromadlar ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |