Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2-I -2021 guruh talabasi
Hakimov Quvonchbekning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan
REFERATI
Aholi turmush darajasi va daromadlari
Reja:
Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning korsatkichlari.
Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
Davlatning ijtimoiy siyosati.
1-savol. Aholi daromadlari va uning tarkibi.
Aholi turmush darajasi va uning korsatkichlari
Mehnatga qobiliyatli aholi ozining kasbi va hunar boyicha faoliyat korsatib ishlaydi. Bajargan ishga qarab unga haq tolanadi. Berilgan pul korinishidagi tolov uning daromadi boladi.
Aholi daromadlari malum vaqt oraligida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shaklidagi tushumlar miqdorini bildiradi.
Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi korsatkich daromad nomi bilan yuritiladi. Daromad bir vaqtning ozida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumning mablaglarining, natural korinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni bildiradi. Daromad umumiy tushuncha bolib, uning tarkibida aholi daromadlarni muhim orin tutadi.
Aholi daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qogozlar, kochmas mulk, qishloq xojalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar korsatishdan kelib tushadigan daromadlarni oz ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xojaliklarining oz istemollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat boladi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bolgan va real daromad tushunchalaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |