Referati aholi turmush darajasi va daromadlari Reja
Daromadlar tengsizligi darajasi
Download 106 Kb.
|
Aholining turmush darajasi va daromadlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-savol. Davlatning ijtimoiy siyosati Davlatning ijtimoiy siyosati
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorents egri chizig’idan foydalaniladi.
Daromad % CHizmaning yotiq chizig’ida aholi guruxlarining foizdagi ulushi 9tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga boluvchi) OYe chiziqda ifodalangan bolib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarining mos keluvchi foizni olishini korsatadi. Yani aholining 20% barcha daromadlarining 20% ni, aholining 40% daromadlarining 40% ni, aholining 60% daromadlarining 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, OYe chizigi daromadlarining taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi. Real xayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bolmaydi. Balki aholining malum guruxlari ortasidagi daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunda taqsimlanishini Lorents egri chizigi deb nomlanuvchi OYe egri chizigi orqali kuzatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar: Kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; Talim darajasidagi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; Tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; Ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni ornatishga layoqatli darajadagi farqlar (bozordagi hamkorlik darajasidan kelib chiqqan holda). Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasiga daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha azolari uchun ancha qolay moddiy hayot sharoitini taminlashga qaratiladi. 3-savol. Davlatning ijtimoiy siyosati Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yoli bilan shakllantirish va uni byudjet orqali turli guruhlari ortasidagi qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarini qayta taqsimlashdan ijtimoiy tolovlar bilan birga bozor narxlarini ozgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi. Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling