Referati bajardi: Bahriddinov Shoxrux Tekshirdi


Download 21.3 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi21.3 Kb.
#1741447
TuriReferat
Bog'liq
2 5334869588070906617


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI




Axborot tizimlari va texnalogiyalar yo'nalishi 916-21 guruh talabasining Ma'naviyatshunoslik fanidan bajargan
REFERATI
Bajardi: Bahriddinov Shoxrux

Tekshirdi:

Mavzu:Ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
REJA:
1. Ma'naviyat - botiniy qudrat.
2. Ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.
3. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlarning ta'riflanishi

Ma'naviyat - botiniy qudrat.


"Ma'naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi", -deb yozgan edi Prezident mustaqillikning dastlabki asarida bu g'oya yanada muayyan kasb etibarga intilmoqda ma'naviyat «insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon- irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuch» sifatida ta'riflandi. [2] Bu ta'rif juz'iy o'zgarishlar bilan Prezidentning alohida ma'naviyatga bag'ishlangan so'nggi kitobida ham keltirilgan va biz uni yuqoriroqda eslab o'tdik. Xo'sh, bu sehrli qudrat, bu botiniy kuch qanday bunyodga keladi? Ma'naviyat botiniy qudrat.Shaxs ma'naviyati.qudrati Ma'naviyat tushunchasining tarifi, Prezidentimiz yangi kitobida yana bir bor ta'kidlaganidek, oddiy lisoniy jumboq emas, "ma'no","ma'ni" so'zlarining bugungi biz tushungan mazmuni bilan yechilmaydi, Jaloliddin Rumiyning buyuk irfoniy asari behudaga "Masnaviyi ma'naviy" nomi bilan shuhrat taratgan emas. Bu yerdagi "ma'no" tushunchasi oliy bir mazmunni anglatmoqda, ulug' allomalarimiz uni "Haq asrori"deb ataganlar, zohiriy nazarlar uchun u "g'ayb", agar bugungi ilmiy ifodalarga ko'chirsak, biz zohir ko'zimiz bilan ko'rib turgan cheksiz zamon va makondacheksiz va hududsiz shakllar majmuini to'zg'itib yubormay, g'oyat 1bir murakkab tizimda ushlab turgan ichki uyg'unlik, inson ongi hech qachon to'liq anglab yeta olmaguvchi yaxlit mohiyatdir.Shaxs ma'naviyati ayni shu behudud manbadan quvvat oladi.

Ma'naviyatni shakllantiradigan Prezident I.A.Karimov mezonla asarida "ma'naviyatning yusofshi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan yana bir mezon" - islom dini haqida maxsus to'xtalib o'tishni zarur deb hisoblaydi. Mustaqillik davrida O’zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bevosita tashabbusi bilan barcha darajadagi ta’lim tizimida “Ma’naviyat asoslari” alohida va maxsus fan sifatida o’qitila boshlandi. Keyinchalik shu sohada kadr tayyorlash masalasi yo’lga qo’yilishi munosabati bilan oxirgi yillarda bu fan ham tarmoqlanib, “Ma’naviyatning diniy asoslari”, “Axloqning ma’naviy asoslari”, “San’atning ma’naviy asoslari”, “Oila ma’naviyati” “Milliy mustaqillik va ma’naviyat” kabi yangi-yangi kurslar maxsus yo’nalishning bakalavriat va magistrlik o’quv rejalariga kiritilmoqda.Shulardan biri, balki eng muhimi “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi” kursidir. “Nega eng muhimi?” degan savol tug’ilishi mumkin. Nazarimizda, suhbatni ushbu savolga javob qidirishdan boshlash
kerak bo’ladi.“Ma’naviyat asoslari” (Osnovы duxovnosti) – Ma’naviyat sohasining asosiy masalalarini nazariy tadqiq etuvchi yangi fan.Bugungi kunda, hanuz jahon ilmi darajasida tadqiqotlar o’tkazilmaganligini hisobga olib, "Milliy ma’naviyatimiz asoslari"deb atalishi asli mohiyatga muvofiqroq bo’lur edi. Ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi o’rni, uning ruhiyat, madaniyat, axloq kabi hodisalarga nisbati, Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlik darajalari (Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat), Shaxs ma’naviyatining asosiy jihatlari (imon, ilm, mas’uliyat, mehr), Milliy ma’naviyatimizning tarixiy takomili va boshqa masalalar bu fanning asosiy mavzusi (predmeti)ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda bu fanning qamrovi borgan sari kengayib, uning mavzu doirasiga kiruvchi qator masalalar alohida fan tarmoqlari sifatida o’rganilmoqda.Ahli bashar ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki aslida inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlarining o’ziga xos ma’naviy olami mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va makonda o’zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Lekin ma’naviyat hodisasini tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni rivojlantirishga urinishlar o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham sezilmoqda. Masalan, O’zbekistonda barcha oliy o’quv yurtlarida “Ma’naviyat asoslari” maxsus fan sifa-tida 1997 yildan o’qitila boshlagan bo’lsa, shundan beri bu mavzuda qator tadqiqotlar, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlandiva nashr etildi. Ularning har biri fan rivojiga ozmi-ko’pmi muayyan hissa qo’shganligini inkor etmagan holda, tan olish kerakki,ma’naviyat hodisasining mohiyatini teran ochib beruvchi, sohaning ko’pchilik xodimlarini har jihatdan qoniqtira olgan ta’riflar hanuz keng iste’molga kirmadi. Buning turli sabablari bor. Ammo, bizning nazarimizda, eng birinchi sabab shu kungacha millat ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar biror kitobda aniq belgilab olinmaganida edi. Ayni shu vazifa birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida birinchi marta aniq va mukammal amalga oshirildi.

Ma’naviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs ma’naviyati va millat ma’naviyati. Ma’naviyat ko’ngil ko’zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, ma’naviyatni tadqiq etish aslida Shaxs ma’naviyatini o’rganishdan boshlanmog’i zarurdek ko’rinadi.Darhaqiqat, har bir insonning ma’naviy dunyosi o’ziga xos hududsiz bir olam. Ammo har bir inson muayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida yashaydi, muayyan bir millatga mansub bo’ladi. Tabiiyki, har bir alohida inson o’sib-ulg’ayar ekan, unga atrofmuhitida yashayotgan insonlarning ta’siri bo’ladi. Insonning ma’naviy kamoloti ayni shu muhitning ta’siridan bosh-lanadi. Har bir shaxs, o’zi buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi, qat’i nazar, biror elat yo millatga mansub bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. birinchi Prezidentning g’oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson “o’zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi” 1 . Buning ma’nosi, shaxs ma’naviyati voqelikda millat ma’naviyatidan ayru, undan tashqarida bo’lmaydi.Shunday ekan, millat ma’naviyati haqida muayyan tasavvurga ega bo’lmay turib, alohida shaxs ma’naviyatini ham o’rganish imkondan tashqari. Agarchi, tarixan va nazariy jihatdan millat ma’naviyati, tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining majmuidan iborat bo’lsa-da, voqelikda har bir shaxs ma’naviyati millat ma’naviyatidan oziqlanadi, uning asosida kamol topadi.

Ma’naviyat – inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan (yo’nalishidan) biri, har bir insonning Haqqa, Borliqning mohiyatiga bo’lgan munosabati. Ma’naviyat – o’z mazmuniga ko’ra ko’p qirrali murakkab botiniy hodisa bo’lib, mohiyatan Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlikni anglatadi. Shu ma’noda uni Insonning, Xalqning, Jamiyatning, Davlatning kuch-qudrati, insonni ruhiypoklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan,iymon-irodasini,e’tiqodini vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuch, Haqiqat nurining inson qalbida aks etishi, yoki baqoning fanoda zuhuri, dunyoviy va uxraviy maqsadlarning uyg’unligi, insonning o’z mohiyati oldidagi mas’ulligi, o’zligini anglashi deb ham ta’riflash mumkin. Insonning Borliq abadiyatiga daxldorligi ayni uning ma’naviyati tufaylidir.Agar bir millat vakili o’z ajdodlarining ma’naviy merosidan butkul bebahra qolgan bo’lsa va muayyan sharoitda to’liq boshqa millat madaniyati ruhida tarbiya olsa, uni endi o’z millatining to’laqonli vakili deyish qiyin. Ammo eng yomon holat Sho’rolar davrida yuz berdi. Bu davrda sun’iy birlashtirilgan ulkan bir hududning barcha aholisi, millatidan qat’i nazar, kuchli va har taraflama taziyq ostida muayyan maqsadlarda maxsus ishlab chiqilgan yolg’on mafkura ruhida majburiy “tarbiya” qilindi. Bu zug’umga barcha ham birday bo’y bergani yo’q, ammo afsus bilan e’tirof qilishga to’g’ri keladiki, bunday vahshiyona va makkorona “ta’lim-tarbiya” tizimi juda ko’p insonlar ongida og’ir asoratlar qoldirdi. Eng achinarlisi, bugungi aksariyat ijtimoiy-gumanitar sohaga mansub ziyolilarimiz bunday mafkuraviy taziyqdan eng ko’p ziyon ko’rdilar. Mustaqillik tufayli biz



bugun endi ushbu noxush asoratlarni ongimizdan bartaraf qilishning qulay imkoniyatlarini qo’lga kiritdik. Ammo bor imkoniyatdan unumli foydalanish uchun ham inson o’z holatiga to’g’ri baho bera bilmog’i, o’z ustida jiddiy mehnat qilishga havsala qilmog’i kerak bo’ladi. Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg’izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’zlarini ham, o’zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o’zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o’zini boyita olgan emas.Yakka bir shaxs butkul o’zga bir ma’naviy muhitda tarbiya topib,unga to’liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa.Ammo bir xalq to’lig’icha o’zligidan kechib, o’zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo’q bo’ladi, o’z ma’naviy qiyofasini yo’qotgan millat yo’qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi,deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili esa o’sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog’liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi. Milliy ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avvalboshidanoq aniqko’rsatib va qayta-qayta ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo’yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug’ an’ana – ulug’ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o’z muqaddas mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maqsadini ko’zda tutadi.


Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling