Referati bajardi: M. Mo’ydinov Tekshirdi: A. To’ychiyev Andijon- 2023-y. Budjetlararo munosabatlar Reja
Download 113.86 Kb.
|
Mo\'ydinov byudjet tizimi referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budjet transferti
Budjet ssudalari – quyi budjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun yuqori budjetdan qaytarib berish sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘laridir.
Budjet subvensiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari. Budjet transferti - budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari. O‘zaro hisob-kitoblar - mablag‘larni yuqori budjetdan quyi budjetga, shuningdek quyi budjetdan yuqori budjetga yunaltirish. Shuni ta’kidlash lozimki, yuqori budjetdan dotatsiya va ssudalar yuqori budjetning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Shu sababli, daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirish muhimdir. Budjet ijrosining qanday bajarilishi xarajatlarni qoplash manbalarining to‘g‘ri belgilanishiga uzviy bog‘likdir. Budjetlararo munosabatlarning shakllanishida daromadlar va xarajatlar rejasining taqsimlanishi hamda rejaga kiritiladigan o‘zgarishlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu taqsimot obyektiv omillarga asosan tashkil topishi kerak. Budjet ijrosi davomida mahalliy budjetlar ijrosi hududlar bo‘yicha keskin farqlanishi kuzatiladi, bu esa o‘z navbatida o‘zaro hisob-kitoblar yuritilishini taqazo qiladi. Daromadlar va xarajatlar rejasiga o‘zgartirishlar kiritish natijasida budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha yuzaga keladigan qarzdorliklarni o‘z vaqtida muvofiqlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi, chunki o‘zaro hisob-kitobdan qarzning vaqtida berilmasligi o‘z-o‘zidan haqi bor budjetda tegishli xarajatlarni o‘z vaqtida amalga oshirilmasligiga ta’sir etadi. «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunga va tegishli me’yoriy yo‘riqnomalarga asosan, budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklarni muvofiqlashtirish yuqori budjetning quyi budjetga o‘zaro hisob-kitobdan qarzi yuzaga kelsa va quyi budjet ssuda bo‘yicha qarzdor bo‘lsa ushbu qarzlar hisob-kitob qilinishi mumkin. Agarda quyi budjet ssuda yoki o‘zaro hisob-kitob bo‘yicha qarzdor bo‘lsa, ushbu budjet dotatsiya oluvchi budjet bo‘lgan holatda, qarzini dotatsiya hisobidan kamaytirish mumkin. Yil oxirida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzdorliklarga yul ko‘yilmaydi, ya’ni kelgusi yil 1-yanvar holatiga budjetlar o‘rtasidagi qarzdorlik to‘liq yopiladi. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, daromadlar va xarajatlar rejasini to‘g‘ri taqsimlash, rejaga kiritilayotgan har qanday o‘zgartirishlarni obyektiv bo‘lishini ta’minlash, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha yuzaga keladigan qarzdorliklarni o‘z vaqtida tugatish budjet ijrosini sifatli bajarilishiga olib keladi. Budjetlararo aloqalar quyidagi tamoyillar asosida yo‘lga qo‘yiladi. o‘zaro javobgarlik; barcha budjetlarni to‘ldirishning yagona usulini qo‘llash; hududlar daromadini tenglashtirish; budjetlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni maksimal darajada qisqartirish; mahalliy budjetlarni hukumat qarori asosida to‘ldirib borish; mahalliy hokimiyatlarni o‘zlarining budjetlar daromadini oshirishiga qiziqishini kuchaytirish; budjetlararo munosabatlar oshkoraligini ta’minlash. Download 113.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling