Referati dtpi 2022 Biznes faoliyatida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik asoslari Reja
Download 282.96 Kb.
|
1 2
Bog'liq282797-Biznes faoliyatida ma muriy va jinoiy javobgarlik asosla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javobgarlik turlari: 1. Мunosabat xususiyatiga kora: А) Vertikal munosabatlarda B) Gorizontal munosabatlarda 2. Javobgarlikning asosiga kora
- Shaxslar soniga bogʻliq ravishda
Javobgarlikning qonuniy asoslari :
1) O'zR Fuqarolik kodeksi (48, 24-bob) 2) Soliq kodeksi (4-bo'limi, 16-18 boblar) 3) O'zR MJTK (13-bob, 164-179-3,184-186-1 moddalar) 4) O'zR Jinoyat Kodeksi (12-боб, 172-192-moddalar) 5) Qonunlar (Raqobat to'g'risidagi qonunning 27-moddasi) Javobgarlik turlari: 1. Мunosabat xususiyatiga ko'ra: А) Vertikal munosabatlarda B) Gorizontal munosabatlarda 2. Javobgarlikning asosiga ko'ra: А) Qonun kelib chiqadigan B) Shartnomadan kelib chiqadigan 3. Javobgarlikning chegarasiga ko'ra: А) Solidar javobgarlik B) Subsidiar javobgarlik C) Мutlaq javobgarlik D) Cheklangan javobgarkik Shaxslar soniga bogʻliq ravishda: - Shartnomaviy javobgarlik majburiyatli shaxslar soniga bogʻliq ravishda ulushli, solidar va subsidiar boʻlishi mumkin. - Ulushli javobgarlik – har bir javobgar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan ulushda javobgarlik qiladi. Masalan, meros qabul qilgan merosxoʻrlar ularga meros boʻyicha oʻtgan mol-mulkning haqiqiy narxi (ulushi) miqdorida meros beruvchining qarzlari boʻyicha javob beradilar. - Ulushli javobgarlik -ulushli mulk haqidagi qoidalar agar bir necha subyektlar uchun javobgarlikning boshqa turi qonunda (boshqa huquqiy hujjat) yoki shartnomada nazarda tutilmaganda qoʻllaniladi. Agar bunda qonunchilik yoki shartnomada taraflar ulushi belgilanmagan boʻlsa, ular teng hisoblanadi, yaʼni har bir javobgar boshqa javobgarlar bilan birga bir xil miqdorda javobgarlik qiladi. Solidar javobgarlik - Solidar javobgarlik – ulushli javobgarlikka nisbatan ancha qatʼiy javobgarlik. - Bu oʻrinda daʼvogar barcha javobgarlarga biryoʻla hamda har biriga unga yetkazilgan zararning ham toʻliq hajmida, ham uning har qanday qismi boʻyicha talab qoʻyishga haqli; solidar javobgarlarning biridan toʻliq qoniqtirish olmagandan keyin, u xuddi shu qoidalarga koʻra olinmagan qismini boshqalardan talab qilishi mumkin, chunki ular uning oldida talablarini toʻliq qondirmagunga qadar javobgar boʻlib qoladi. - Solidar javobgarlik faqat qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita belgilangan hollarda, jumladan, bajarilmagan majburiyat ashyosini boʻlish imkoni boʻlmaganda qoʻllanilishi mumkin. - 329-modda. Subsidiar javobgarlik - Qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda javobgar boʻlgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qoʻyishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qoʻyishi kerak. - Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qoʻyilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, bu talab subsidiar javobgar boʻlgan shaxsga qoʻyilishi mumkin. Kreditor asosiy qarzdorga boʻlgan oʻz talabini qondirishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga oʻtkazish yoki mablagʻlarni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yoʻli bilan qondirilishi mumkin boʻlsa. - Subsidiar javobgar shaxs oʻziga kreditor tomonidan qoʻyilgan talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa - asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor oʻzining kreditorga qarshi eʼtirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega. Subsidiar javobgarlik – bu asosiy huquqbuzarning jabrlanuvchi oldidagi javobgarlikka nisbatan qoʻshimcha hisoblanadi. U javobgarlikni toʻldirishga xizmat qiladi va jabrlangan manfaatlari himoyalanishini kuchaytiradi. Bunda ushbu qoʻshimcha javobgarligi boʻlgan shaxs jabrlanganga mulkiy zararni yetkazganlar orasida boʻlishi shart emas, balki aksariyat hollarda biron bir huquqbuzarlikni umuman sodir etmaydi. - Subsidiar javobgarlik uni amalga oshirayotgan shaxs uchun asosiy javobgar jabrlanuvchining talablarini qondirishdan bosh tortgan yoki oxirgi oʻz talabiga oqilona muddatda undan javob olmagan holatda yuzaga keladi. Zararlarni qoplash Zararlarni qoplash – bu bir shaxsning buzilgan manfaatini huquqbuzarlikda aybdor boʻlgan boshqa shaxs mablagʻlari hisobiga tiklashdir. Zarar shartnomaviy majburiyatlar buzilishining salbiy oqibati sifatida real zarar va olinmagan daromaddan iborat. - Zarar quyidagilardan tashkil topadi: - birinchidan, bu zarar koʻrgan shaxsning huquqbuzarlik oqibatini bartaraf etish uchun amalga oshirgan yoki amalga oshirishi lozim boʻlgan sarf-xarajatlar; - ikkinchidan, zarar tarkibiga jabrlangan shaxsning yoʻqotilgan yoki shikastlangan mol-mulki bahosi kiritiladi; - uchinchidan, jabrlangan taraf huquqbuzarlik holati yuz bermaganda olishi mumkin boʻlgan olinmagan daromadlar ham kiradi. - Zararlarni qoplash - Olinmagan daromad (foyda) – bu taraf olishi kerak boʻlgan, ammo ikkinchi tarafning noqonuniy harakatlari tufayli ololmagan zararning bir turi. Olinmagan daromadni undirishda uni olish imkoniyati real boʻlganligidan kelib chiqish zarur. - Faqat bevosita zararlar qoplanishi, bilvosita zararlar esa qoplanmasligini eʼtiborga olish zarur. - Zararlarni qoplash haqidagi talab tegishli dalillar bilan isbotlanishi kerak. Qarzdordan zararlarni qoʻldan boy berilgan foyda shaklida undirishni talab etayotgan kreditor sudga u tomonidan daromad olinishi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilganligi va tegishli tayyorgarlik ishlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. - Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik nafaqat zararni qoplash, balki neustoyka shaklida ham yuzaga keladi. - Neustoyka – bu qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi neustoyka hisoblanadi. Penya – qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida toʻlaydigan va oʻtkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi. Jarima – qatʼiy summada belgilangan neustoyka (bir marta undiriladigan penya). Mutlaq javobgarlik (xususiy korxonaning javobgarligi misolida) Xususiy korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar boʻladi. (Xususiy korxona toʻgʻrisidagi Qonunning 3-moddasi). Cheklangan javobgarlik (MCHJ ishtirokchisining javobgarligi misolida) Masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar. (Qonunning 3-moddasi). Shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik. “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-32-moddalarida nazarda tutilgan. Download 282.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling